Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2025   |   10 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:57
Bismillah
08 May, 2025, 10 Zulqa`da, 1446

Niyat -  qalbning  uyg'onishi

26.08.2021   2094   3 min.
Niyat -  qalbning  uyg'onishi

Inson qilayotgan ishlarining qanday natija berishi, avvalambor qalbidagi niyatiga bog'liq.  Yaxshi niyat qilgan bo'lsa, yaxshilikka, yomon niyat qilgan bo'lsa, o'sha maqsadga etadi. Niyatni xolis qilish uchun, kishining qalbi pok ma'naviy illatlardan xoli bo'lishi lozim. Inson qalbining pokligi uni ezguliklar sari etaklaydi. Inson xar doim xar soxada, xar bir pok va xalol ishda niyatini yaxshilashi lozim.

Allox buyurgan amalni U Zot roziligi uchun bajarishga qalbni forig' qilish niyatdir. Amallarning to'g'ri bajarilishi, mukammalligi, savobining to'kis bo'lishi niyat va ixlos bilan chambarchas bog'liq. Qilinayotgan amallar Alloh uchunmi yoki boshqa maqsadda qilinyaptimi, bandaning ibodatga munosabati, Parvardigoriga xurmati qanchalik baland ekani uning niyatidan ma'lum bo'ladi. Yaxshi niyat va ezgu amallar o'z egasini jannat sari etaklovchi amallardandir. Inson niyatini to'g'ri qilsa, nafsini turli yomonliklardan poklasa, albatta, u dunyo va oxiratda baxtlilar qatorida bo'ladi.  

Umar ibn Hattob (r.a) rivoyat qiladi: “Men Rasulullox (s.a.v): Albatta amallar niyatga bog'liq. Har bir kishining niyat qilgan narsasi bo'ladi”, deb aytganlarini eshitganman, dedilar. (Buxoriy, muslim rivoyati).

Solih salaflardan biri dedilar: “Men xar bir narsada niyatim bo'lishini juda xam yaxshi ko'raman. Hatto taom eyish, suv ichish, foydali ishlarni qilishda niyatim bo'lishini istayman. Bularning barchasida Allox taologa qurbatni qasd etish mumkin bo'ladi, zero tananing sog'lom, qalbining forig' bo'lish sabablarini keltirish dinning muhim talablaridan xisoblanadi. Kim taom tanavul qilishdan ibodatga kuvvat bo'lishini, o'ylanishdan dinining mustahkamlashini, ahli qalbini poklashni va o'zidan keyin Alloh taologa ibodat etadigan farzand ato etilishini niyat qilsa, barcha niyatlariga yarasha savob oladi. Qiladigan amalingizdan oldin niyatingizni to'g'ri va yaxshi qiling. Yaxshilikni niyat qiling! Uni amalga oshira olmasangiz xam, uni doimo bajarayotgan bo'lasiz. Agar amal bo'lmasa xam, niyat amal qilgan bo'ladi. Chindan xam bir kishi kechasi turib nafl namozini o'qishga niyat qildi, ammo uxlab qoldi, uning nomai a'moliga niyat qilgan amalining savobi yoziladi, garchi uni bajara olmasa xam ”.

Bu xikmatli dunyoda  xar bir inson, pokiza qalb sof aqidaga ega bo'lishi va xar bir qiladigan ishidan oldin niyatini yaxshi qilishi va shu niyati orqali ikki dunyo baxt-saodatiga erishishi muximdir.  

 

Odiljon  Narzullayev

Yangiyul tumani

“Imom  Sulton” jome masjidi  Imom xatibi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

"Huquqiy savodxonlik oyligi" doirasidagi tadbirlar

08.05.2025   2150   1 min.

Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida navbatdagi ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov tomonidan muassasa o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalariga "Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’milash va diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi"ning mazmun-mohiyatini ifoda etuvchi maxsus kurs mashg‘uloti o‘tib berildi.

Tadbir davomida Konsepsiyada mustahkamlangan vijdon erkinligi tamoyillari, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlashga qaratilgan qonunchilik asoslari va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari keng yoritildi. Diniy-ma’rifiy sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Manba: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati