Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Iyul, 2026   |   4 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:25
Quyosh
05:00
Peshin
12:34
Asr
17:39
Shom
19:57
Xufton
21:29
Bismillah
18 Iyul, 2026, 4 Safar, 1448

Tirnoq qanday olinadi?

25.08.2021   38541   5 min.
Tirnoq qanday olinadi?

Har bir amalning ma'lum bir qoidalari bo'lganidek, tirnoq olishning ham o'z tartibi bor. Inson tirnoqlarini olib yurishi lozim. Chunki tirnoq orasiga  har xil kir-iflosliklar kirib qolib inson sog'ligiga zarar etkazadi. Payg'ambarimiz sollallohu anhu o'n besh asr ilgari: Tirnoqlaringni olib yuringlar, Shayton barmoq uchi va tirnoqlaring orasiga o'z urug'ini qo'yadi”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati). Shaytonning urug'i – tirnoq uchidagi qorayib turgan kirlardir. Payg'ambarimiz alayhissalom shayton urug'i deb hozirgi tibbiyot tili bilan aytganda, zararli virus, bakteriyalarni aytganlar. Tirnoq olishimiz bilan sog'ligimiz uchun  zararli bakteriyalardan qutilamiz. Shu sabab Islom dini tirnoqlarni olib yurishga targ'ib qiladi.

Dinimizda tirnoq olish sunnat amallardan hisoblanadi. Bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy marhum Usmonxon Alimov hazratlari bunday yozganlar: “Tirnoq olish sunnat amallardan. Payg'ambarimiz sollollohu alayhi va sallam mo'ylabni qisqartirishga, tirnoq, qo'ltiq va kindik tagi tuklarni olishga buyurganlar.

“Tuhatul axbor” kitobida tirnoq olish tartiblari bunday bayon qilingan: “Tirnoq olish o'ng qo'l ko'rsatkich barmog'idan boshlab bosh jimjilog'igacha olinadi. So'ng chap qo'l jimjilog'idan boshlab bosh barmog'i tirnog'ini olib, oxirida o'ng qo'lning bosh barmog'i tirnog'i olinadi. Boshqacha ko'rsatilgan yo'llari ham bor,oyoq tirnoqlari o'ng oyoq jimjilog'idan boshlanib, chap oyoq jimjilog'ida tugatiladi”. Ya'ni, o'ng qo'lda boshlagan tirnoq olish yana o'ng qo'lga kelib tugaydi. Oyoq tirnoqlari esa o'ngdan boshlanib, chapida tugaydi.

“Avrod”ning sharhida: “Kunduzi yoki tunda xoh shanba, xoh yakshanba bo'lsin, tirnoq olinaveradi, yaxshi ish ortga surilmaydi. Kunlardan irim qilish-bid'atchining ishi” , deyilgan. Tirnoqni tish bilan olish mumkin emas. Tirnoq erga ko'miladi. Junub kishi g'usl qilmasdan oldin soch yoki tirnoq olishi makruh bo'ladi.

Dinimizda qo'ltiq va kindik osti tuklardan poklanishga targ'ib qiladi. U qo'ltiq va kindik osti tuklarini o'stirib yurishni nopoklik hisoblaydi. Inson qo'ltiq va kindik osti tuklarini olish bilan vujudiy poklanadi. Kindik osti tuklarni kindikdan boshlab olinadi. Bu joylarda tuk olinmasa,  u erda kir to'planib qo'lansa hid tarqatadi. Yoki teri kasalligini keltirib chiqaradi. Qo'ltiq va kindik osti tuklarini har 15 kunda olinadi. Ularni 40 kundan o'tkazib, olmay yurish makruhdir. Shu sababli Islom dini mo'ylovlarni qisqartirish, tinoqlarni olish, qo'ltiq va kindik osti mo'ylarni tozalash, xatna qildirish, misvok tutish kabi ishlarga targ'ib qiladi” ( Islom nuri gazetasi. 2012 yil 15-yanvar. 1-son. ). 

Tirnoq va soch tolalarini erga ko'mish fazilatli amal hisoblanadi. Bu haqda  Imom A'zam rahmatullohi alayh bunday hikoya qiladilar: “Makkaning yo'lida soch oladigan sartarosh mendan uchta xato topdi. Hatolardan biri soch oldirishda yuzimni qiblaga qarab turmaganim, ikkinchisi esa soch oldirarda o'ng tomonimni tutmaganim va uchinchisi esa sochimni olinganlarini erga ko'mishga harakat qilmay ketayotganim bo'ldi”.

Soch va tirnoqlarni erga ko'mish haqida ota-bobolarimizning qadimiy kitobi  “Chor kitob”da bunday deyiladi: “Olingan tirnoq va qirqilgan soch va hayz xirqasi va tushgan tish va fasod qoni va shunga o'xshaganlar odam a'zosining juz'iy qismlari bo'lgani uchun ( ko'milmog'i) dafn qilinmog'i talab etilur.

Bu haqda “ Chor kitob” da bunday she'r beriladi:

Yetti narsa bordur inson tanida,

Rasuldan merosdur ularni ko'mmoq.

Go'dak tug'ilganda o'ralgan parda,

Ul neki xatna ziyoda har choq.

Nifosdan ul lahza hayz hirqasi,

Sochu tish, tirnog'u qongacha mutloq”.

Qo'l tirnoqlari har haftada, oyoq tirnoqlari esa 12-15 kunlarda olinadi. Tirnoqlarni olib yurish inson pokligi va sog'ligi uchun foydali ishlardan hisoblanadi.

Ruhiddin Akbarov,

Qashqadaryo viloyatdagi vakillik xodimi

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro forumda Imom Buxoriy haqidagi muhim asar taqdimot qilindi

13.07.2026   15476   1 min.
Xalqaro forumda Imom Buxoriy haqidagi muhim asar taqdimot qilindi

#taqdimot #forum #kitob

Avval xabar qilinganidek, mamlakatimizda "Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li" mavzusidagi I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi bo‘lib o‘tdi.


Samarqand shahrida o‘tkazilgan ushbu nufuzli anjuman Imom Buxoriy rahimahulloh merosini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, islom ilmlari bo‘yicha tadqiqotlarni rivojlantirish, xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda yosh tadqiqotchilar uchun yangi ilmiy muloqot maydonlarini yaratishga xizmat qildi.


Forum doirasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili, "Imom Buxoriy" ordeni sohibi, Ulamolar kengashi a’zosi, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov muallifligida nashr etilgan "Imom Buxoriy – muhaddislar faxri" kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Asarda buyuk muhaddis Imom Buxoriy rahimahullohning hayoti, ilmiy merosi, yuksak axloqi hamda Islom tamadduni rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi sodda va ravon uslubda yoritilgan.


Kitob Imom Buxoriy rahimahullohning ilmga sadoqati, taqvosi va mashaqqatli ilmiy safarlarini o‘quvchiga yaqindan tanishtirib, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Xalqaro forumda Imom Buxoriy haqidagi muhim asar taqdimot qilindi Xalqaro forumda Imom Buxoriy haqidagi muhim asar taqdimot qilindi
O'zbekiston yangiliklari