Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Yanvar, 2026   |   17 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:28
Shom
17:13
Xufton
18:31
Bismillah
06 Yanvar, 2026, 17 Rajab, 1447

Zayniddin Zidan Jazoirdagi yong'inlarni o'chirishga 25 milliard so'mga yaqin xayriya qildi

23.08.2021   1315   1 min.
Zayniddin Zidan Jazoirdagi yong'inlarni o'chirishga 25 milliard so'mga yaqin xayriya qildi


Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi sobiq bosh murabbiyi, dunyoning eng mashhur musulmon futbolchilaridan biri Zayniddin Zidan Jazoirga mamlakatdagi oxirgi yong'inlardan keyin moliyaviy yordam ko'rsatdi, deb xabar beradi Shoot Africa.

Yong'inlar poytaxt Jazoir shahrining sharqida joylashgan Kabiliya mintaqasida sodir bo'lgan. Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Zidan zararni bartaraf etish uchun ikki million evro (hozirgi hisob bo'yicha 24 847 920 000 so'm) xayriya qilgan. Yong'in oqibatida kamida 65 kishi halok bo'lgan.

Ma'lumot uchun, Zidanning ota-onasi Kabiliyada yashagan, lekin urush boshlanganda Parijga ko'chib o'tgan. Biroz vaqt o'tgach, oila Marsel chekkasidagi La Kastellanga ko'chib o'tdi. U erda Jazoirning ko'plab mahalliy aholisi yashagan. Zidan futbolchilik faoliyatini shu erda boshlagan.

Zayniddin Zidan – mashhur futbolchi, Frantsiya terma jamoasining sobiq etakchisi, dunyoga mashhur sportchi va ayni paytda musulmon dindori sanaladi. Interv'yulardan birida jurnalistning u dindormi yoki yo'qligi haqidagi savoliga Zayniddin Zidandan hotirjam va to'g'ridan-to'g'ri: “Ha, men musulmonman. Men yaratgan yakkayu yagona Allohga ishonaman”, deya javob berdi.

O'MI Halqaro aloqalar bo'limi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Eron elchixonasi maslahatchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

06.01.2026   1118   1 min.
Eron elchixonasi maslahatchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun, 6 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Hasan Safarxoniyni qabul qildi.


Samimiy muloqot chog‘ida Homidjon domla Ishmatbekov yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Ikki xalqni yagona din va mushtarak qadriyatlar birlashtirib kelayotgani, so‘nggi yillarda o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.


Uchrashuvda ilmiy-ma’rifiy va madaniy yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish ikki tomon uchun ham samarali bo‘lishi alohida ta’kidlandi.


O‘z navbatida, Hasan Safarxoniy O‘zbekistondagi barqaror taraqqiyotni yuqori baholab, mamlakatning musulmon olamidagi nufuzi ortib borayotganini e’tirof etdi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada aloqalarni rivojlantirish, qo‘lyozmalarni qo‘shma tarzda tadqiq etish, Qur’oni karim ta’limi va tafsiri, haj va umra tadbirlarini tashkil etish hamda qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.


Uchrashuv yakunida mehmon samimiy qabul va esdalik sovg‘a uchun minnatdorlik bildirdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Eron elchixonasi maslahatchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi Eron elchixonasi maslahatchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi Eron elchixonasi maslahatchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari