Davlatimiz rahbarining kuni kecha matbuotimiz tarixida ilk bor “Yangi O'zbekiston” gazetasida katta suhbati e'lon qilindi. Unda yurtboshimiz gazeta bosh muharriri Salim Doniyorovning “Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida oldimizda turgan eng ustuvor vazifalar nimalardan iborat?” degan savoliga javob berish asnosida diniy-ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan xayrli ishlar haqida so'zlab, jumladan bunday dedilar:
“Islom dini rivoji yo'lida beqiyos xizmat qilgan buyuk muhaddis bobolarimizning diniy va ilmiy-ma'naviy merosini o'rganish va targ'ib etish maqsadida Samarqandda – Imom Buxoriy, Surxondaryoda – Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, – dedi Prezidentimiz – shuningdek, Toshkentda O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ish olib bormoqda.
Toshkent shahrida barpo etilayotgan O'zbekistondagi islom tsivilizatsiyasi markazi xalqimizning boy diniy-ma'naviy merosini chuqur o'rganish va dunyoga targ'ib etish, yosh avlodimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda beqiyos o'rin tutadigan ilm-ma'rifat markaziga aylanadi.
Yangi O'zbekiston nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda barcha sohalar qatori ma'naviy-ma'rifiy masalalarga oid tashabbuslarni ham dadil o'rtaga qo'ymoqda. Bu haqda so'z yuritganda, mamlakatimiz tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida “Ma'rifat va diniy bag'rikenglik” rezolyutsiyasini qabul qilish bo'yicha ilgari surilgan tashabbus xalqaro jamoatchilik tomonidan keng qo'llab-quvvatlandi. Yaqinda mazkur rezolyutsiya qabul qilinganini alohida ta'kidlash lozim”.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Joriy yilning 10 may kuni Andijon viloyati bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov boshchiligida Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Yunus Ali Oxund” jome masjidida viloyatning shahar va tumanlari bosh imom-xatiblari, otinoyilar va hojilar ishtirokida Qo‘rg‘ontepa tumani xamda Xonobod shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan masjid imom-xatiblarining faodiyat samaradorligini oshirish yuzasidan sayyor seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.
Dastavval seminar ishtirokchilari bo‘lgan shahar-tuman bosh imom-xatiblar, otinoyilar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan xonadonlarga kirib, aholi bilan yuzma-yuz ko‘rishib, ularga ma’naviy va moddiy yordamlar ko‘rsatildi. So‘ng esa shahar-tuman bosh imom-xatiblari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado etib, namozga kelgan jamoatga ma’rifiy suhbatlar qilib berdilar.
Seminar yig‘ilishida esa notiqlar tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumani xamda Xonobod shahridagi masjidlarning faoliyati haqida keng ma’lumotlar berilib, tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan imom-xatiblarning faoliyat samaradorligi oshirish bo‘yicha kerakli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, tumandagi Masjid imom-xatiblik faoliyatida namunali va faol mexnat qilayotgan imom-xatib viloyat bosh imom-xatibining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
Seminar yakunlangach esa, qozidomla boshchiligida masjid hududiga yaxshi niyatlar ila o‘n tup manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.
Andijon viloyat vakilligi Matbuot xizmati