Abu Hurayra roziyallohuanhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh solallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kunida ahli-ayoliga kenglik qilsa, Alloh taolo unga yilning qolganini keng qiladi», dedilar».
Imom Bayhaqiy rivoyat qilgan.
Imom Hofiz Suyutiy bu hadisni sahih degan.
Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ashuro kuni ahli-ayoliga nafaqada kengchilik qilsa, Alloh unga yilning qolganini keng qiladi», - dedilar.
Imom Roziy rivoyat qilgan.
Iroqiy aytadi: «Bu hadisning bir qancha yo'llari bor bo'lib, uning ba'zilariga sahih deb qaror berilgan. Ba'zilariga esa, imom Muslimning shartiga ko'ra sahih deyilgan.
Ammo Ashuro kunida ro'za tutish va kengchilik yaratishdan boshqa amallarning asli yo'qdir.
Jumladan, Ashuro kuni kunduzi yoki kechasi bayram qilish, surma qo'yish, bo'yanish kabi ishlarni jumhur fuqaholar – Hanafiy, Molikiy, Shofe'iy va Hanbaliylar bid'at deganlar.
Bu ishlarning birortasi mustahab emasdir. Bu haqda keltirilgan rivoyatlar bid'atchilarning to'qib chiqargan bid'atlari bo'lib, ular bu amallarni o'zlarining bid'atlarini qo'llab-quvvatlash uchun to'qiganlar.
Lekin yuqorida zikr qilingan hadisga binoan, Ashuro kuni oilasiga kengchilik qilsa, bozorlik qilib, ro'zg'orini but qilib olsa, yilning qolgan oylari ham barakali bo'lishi umid qilinadi. Sufyon Savriy: «Biz buni tajriba qilib ko'rdik va ana shunday bo'lishini topdik» degan. Sufyon ibn Uyayna: «Biz buni ellik yoki oltmish yil tajriba qilib ko'rdik va faqatgina yaxshilik ko'rdik», degan. «Al-Muhit» kitobida shunday deyilgan: Jobir rahmatullohi alayh: «Men qirq yil tajriba qildim, bo'lmay qolmadi», degan.
DO'STLARINGIZGA HAM ULAShING!!!
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olimlar ishtirokida muzey ekspozitsiyasi uchun tayyorlangan ilmiy loyiha-tadqiqot ishlarining matnlari, ma’lumotlari, mediamahsulotlarini maxsus raqamli platformaga joylashtirish masalalariga bag‘ishlangan yakuniy maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Markazdagi yig‘ilishda ta’kidlanishicha, o‘tgan yili mahalliy va xalqaro anjumanlar doirasida ishlab chiqilgan 800 dan ziyod ilmiy loyihadan 330 tasi birinchi bosqich uchun ustuvor yo‘nalish sifatida ajratilgan va ularning asosiy qismi yakunlangan. Qolgan ishlar esa 60–70 foiz darajada amalga oshirilgan.
Olimlar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda Markaz rahbari, Ilmiy kengash raisi Firdavs Abduxoliqov Prezidentimizning Markazga navbatdagi tashriflari chog‘ida olib borilayotgan ishlar yuzasidan bergan ko‘rsatmalari haqida to‘xtaldi. Qayd etilishicha, davlatimiz rahbarining bergan navbatdagi ko‘rsatmalari bu yo‘nalishdagi ishlarga yana katta ruhiy quvvat beradi.
– Bu oldimizda katta mas’uliyat borligini yana bir bor isbotlaydi. Muzeydagi barcha bo‘limlarda amalga oshirilayotgan ishlar va umuman mahobatli binoning ko‘rinishi Prezidentimizning buyuk g‘oyalari asosida shakllantirilayotgan bo‘lib, har birimizni bir maqsad yo‘lida birlashtirdi. Markaz ekspozitsiyasida “Sivilizatsiyalar, shaxslar va kashfiyotlar” mavzusiga katta ahamiyat qaratgan holda shakllantirishga bor g‘ayratimizni yo‘naltirdik. Shu o‘rinda, har biringizning mehnatingizni qadrlaymiz. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi yoshlarimizni ma’naviy va aqliy jihatdan tarbiyalaydigan maskan bo‘ladi. Hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Islom sivilizatsiyasi markaziga kirgan odam chiqqach, bu millatga ta’zim qilishi kerak.
Yig‘ilishda tadqiqot matnlarini raqamlashtirish va elektron platformaga joylashtirish tashabbusi ilmiy natijalarni keng jamoatchilikka taqdim etish, muzey ekspozitsiyasi mazmunini boyitish hamda Markazning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilishiga ham to‘xtalib o‘tildi.
Olimlarga ilmiy matnlarni maxsus platformaga joylashtirishda texnik va uslubiy imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirish berildi, shuningdek, tadqiqot natijalarini eksponatlar, videoloyihalar va elektron mahsulotlar orqali taqdim etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida qayd etilganidek, ilmiy loyiha-tadqiqot matnlarini raqamli platformaga joylashtirish jarayoni nafaqat muzey ekspozitsiyasini mazmunan boyitishga, balki Markazning xalqaro nufuzini oshirishga ham xizmat qiladi. Bu tashabbus kelgusida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi merosini o‘rganish va ommalashtirish yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda.
Islom sivilizatsiyasi markazi
Axborot xizmati