Bugun, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon o'g'li Alimov hazratlari foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat etganlari haqida qayg'uli xabar bergan edik.
Muftiy hazratlarining janoza namozlari va ta'ziya marosimlari 2021 yil 16 avgust, dushanba kuni Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog'i “Eshoni Temirxon To'ra” (avvalgi “Orlot” masjidi) jome masjidida ado etiladi.
Janoza namozi vaqtini qo'shimcha xabar qilamiz.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 15 may kuni Mir Arab oliy madrasasida "Islom ma’rifati — axloqiy va ma’naviy barkamollik asosi" mavzusida respublika anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov, diniy ta’lim muassasalari, shuningdek, Buxoro davlat pedagogika instituti, Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti rahbar va professor o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Anjumanda bevosita va masofaviy tarzda qatnashgan notiqlar mavzu yuzasidan chiqishlar qilish barobarida muhim taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.
Mirarab.uz