Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Avgust, 2026   |   11 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:16
Quyosh
05:41
Peshin
12:25
Asr
17:11
Shom
19:13
Xufton
20:34
Bismillah
24 Avgust, 2026, 11 Rabi`ul avval, 1448

TANIQLI ULAMOLARNING NAVBATDAGI TAShRIF MANZILI – JIZZAH

13.08.2021   2647   4 min.
TANIQLI ULAMOLARNING NAVBATDAGI TAShRIF MANZILI – JIZZAH

?Bugun, 13 avgust kuni yurtimizdagi bir guruh taniqli ulamolarning Jizzax viloyatiga tashriflari boshlanadi.

Safar davomida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvlar, olis va chekka hududlardagi aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqotlar, taniqli ulamolar ishitirokida jome masjidlarda suhbatlar o'tkazilishi va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish kabi xayrli ishlarni amalga oshirish maqsad qilingan.

Shuningdek, viloyat ahlini yurtimizda bo'layotgan o'zgarishlar mazmun-mohiyati haqida xabardor qilish bilan bir qatorda, ularning dardu tashvishlariga ko'maklashish, fikr-mulohazalarini tinglash va diniy sohaga tegishli muammolarini joyida o'rganib, bartaraf etish ham ko'zda tutilgan.

Bugun Ulamolar quyidagi masjidlarga juma namozini ado etish va hudud mo'min-musulmonlarga ma'rifiy suhbat qilish uchun tashrif buyuradilar (masjidlarning xaritadagi joylashuvi bilan):

Sharof Rashidov tumanidagi ? “Qo'shchinor” masjidiga (https://goo.gl/maps/hzbbjr99LNZ2m9c47) O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o'rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov;

Sharof Rashidov tumanidagi ? “Jizzaxlik” masjidiga (https://goo.gl/maps/K8fk9ykqCqK9b6uD8) O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining o'rinbosari Ibrohim domla Inomov;

Sharof Rashidov tumanidagi ? “Yakkaqayrag'och” masjidiga (https://goo.gl/maps/2SLCbkexJWmjUWm4A) O'zbekiston musulmonlari idorasi raisining maslahatchisi Salohiddin domla Sharipov;

Jizzax shahridagi ? “Ravalliq” masjidiga (https://goo.gl/maps/HLinvHJBaTxaUSa28) O'zbekiston musulmonlari idorasi bo'lim boshlig'i Alijon domla Haydarov;

Jizzax shahridagi ? “Qaliya” masjidiga (https://goo.gl/maps/8QyBrJ9pTAyBjWgc8) O'zbekistondagi Tsivilizatsiya markazi mas'ul xodimi Abror Muxtor Aliy domla;

Jizzax shahridagi ? “Ho'ja Nuriddin” masjidiga (https://goo.gl/maps/E6kg5YHTNJxPaDyR9) Toshkent shahar Yunusobod tumani bosh imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfuddinov;

Sharof Rashidov tumanidagi ? “Imomtepa” masjidiga (https://goo.gl/maps/2XSSSdsXYh7qeF268) Toshkent shahar Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi Sobirjon domla Rustamov;

Jizzax shahridagi ? “Imom Buxoriy” masjidiga (https://goo.gl/maps/MM6ic8PxHSiVi2PQ7) Toshkent shahar Chilonzor tumani bosh imom-xatibi Ergashali domla Rustamov;

Jizzax shahridagi ? “O'ratepalik” masjidiga (https://goo.gl/maps/NFKhcW1YAfqULE4o7) Toshkent shahar, Yashnobod tumani bosh imom-xatibi Fazliddin domla Allayorov;

Sharof Rashidov tumanidagi ? “Toqchilik” masjidiga (https://goo.gl/maps/eSN754EmrS9brMFy8) Toshkent shahri “Siroj Solih” masjidi imom-xatibi Hasan Qodirov;

Sharof Rashidov tumanidagi ? “Qangli” masjidiga (https://goo.gl/maps/Lmw111YnBfxrtKny7) Toshkent shahar “Dorussalom” masjidi imom xatibi Muhammadrahim domla Abdurahimov;

Jizzax shahridagi ? “So'loqli” masjidiga (https://goo.gl/maps/hYx7feQBho7YsLE48) Toshkent shahar “Yakkasaroy” masjidi imom-xatibi Salohiddin domla Tashanov;

Sharof Rashidov tumanidagi ? “Nonisangil” masjidiga (https://goo.gl/maps/QiUeK14z2qB9ctMF7) Toshkent shahar “Islomota” masjidi imom xatibi Yo'ldoshali domla Karimov;

Jizzax shahridagi ? “Nijonlik” masjidiga (https://goo.gl/maps/jZvC5xzXdjuoVEAK9) Toshkent shahar “Omina” masjidi imom xatibi Yusuf domla Muhiddinov;

Sharof Rashidov tumanidagi ? “Hazrati Bilol” masjidiga (https://goo.gl/maps/fhNJaJsR3o1JbKsD8) Toshkent shahar “Al Hudaybiya” masjidi imom xatibi Murodulla domla Hunazarov;

Jizzax shahridagi ? “Hoji Usmon” masjidiga (https://goo.gl/maps/XMK47DVm9YvQeFMe6) Toshkent shahar “Burhoniddin Marg'inoniy” masjidi imom-xatibi Abdulhamid Tursunov.

Qolaversa (https://goo.gl/maps/XMK47DVm9YvQeFMe6), ushbu muloqot va tadbirlarda Prezident maslahatchisi Shoazim Minovarov, Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Sodiqjon Toshboyev va boshqa mutasaddilar ham ishtirok etishi reja qilingan.

 Alloh taolo viloyatimizga ulamolarimiz safarini xayrli va manfaatli qilsin!

Yaqinlaringizga ham ulashing

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mehr-saxovat va inson qadri — ezgulikka yo‘g‘rilgan xayrli tashabbus

14.08.2026   49889   3 min.
Mehr-saxovat va inson qadri — ezgulikka yo‘g‘rilgan xayrli tashabbus

Insonga mehr ko‘rsatish, muhtojning holidan xabar olish, bemorga tasalli berish va ehtiyojmandlarga ko‘mak qo‘lini cho‘zish xalqimiz ma’naviyatining azaliy fazilatlaridandir. Islom ta’limotida ham saxovat, mehr-oqibat va inson qadrini ulug‘lash eng ulug‘ amallardan biri sifatida e’tirof etilgan. Chunki bir insonning ko‘nglini ko‘tarish, uning qalbiga umid va ishonch bag‘ishlash jamiyatda mehr-muhabbat, hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlaydi.

Shu ezgu qadriyatlarni hayotga tatbiq etish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va yurtdoshlarimiz qalbida mehr-shafqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirish maqsadida 2026 yil 13 avgust kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy hamda xayr-saxovat tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur xayrli tadbirlarda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Nursultonxon domla Abdumannonov, viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov, VAQF xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati filiali rahbari Yoqubjon domla Mansurov, uning o‘rinbosari A.Sultonov, shahar va tuman bosh imom-xatiblari, «Haj–2026» ziyoratchilari, mahalla faollari va nuroniylar ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu xayrli aksiya doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va boquvchisidan ayrilgan 300 ta oila holidan xabar olindi. Ularning xonadonlariga tashrif buyurilib, turmush sharoitlari o‘rganildi, oilalarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Tashriflar davomida bemor va keksalarning holidan xabar olinib, ular bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Ularning haqqiga shifo, xonadonlariga fayzu baraka, yurtimizga tinchlik-xotirjamlik tilab duolar qilindi. Zero, muhtojning ko‘nglini ko‘tarish va uni yolg‘iz emasligini his ettirish ham insonparvarlikning yuksak ko‘rinishidir.

Shu bilan birga, hayotida turli ijtimoiy qiyinchiliklarga duch kelgan hamda yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolish xavfi mavjud bo‘lgan ayrim fuqarolar bilan yakka tartibda muloqotlar tashkil etildi. Suhbatlarda sof e’tiqod, oila muqaddasligi, farzand tarbiyasi, halol mehnat, Vatanga sadoqat, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat, shuningdek, turli buzg‘unchi g‘oyalarga nisbatan ma’naviy immunitetni mustahkamlash masalalari hayotiy misollar asosida tushuntirildi.

Tadbirlar doirasida Urgut tumanidagi jome masjidlarda peshin namozidan so‘ng ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar ham o‘tkazildi. Ularda mehr-oqibat, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, yoshlarni milliy va diniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, oila tinchligini asrash, jamiyatda o‘zaro hurmat va ahillik muhitini qaror toptirish kabi dolzarb mavzular atroflicha yoritildi.

Uchrashuvlar yakunida mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, Vatanimiz ravnaqi va yosh avlodning ilmli, odobli hamda vatanparvar insonlar bo‘lib voyaga yetishi haqida xayrli duolar qilindi.

Bugun yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda mehr-saxovat va o‘zaro g‘amxo‘rlik muhitini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Urgut tumanida o‘tkazilgan mazkur xayrli tadbirlar ham ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilib, aholi o‘rtasida hamjihatlik, bag‘rikenglik va insonparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

Mehr bor joyda ishonch, saxovat bor joyda baraka, inson qadri ulug‘langan jamiyatda esa tinchlik va farovonlik qaror topadi. Ana shunday ezgu amallar xalqimiz o‘rtasidagi birdamlik rishtalarini mustahkamlab, yurtimizning yanada obod va fayzli bo‘lishiga xizmat qiladi.

Samarqand viloyati vakilligi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari