Yaqinda oilamiz boshi olamdan o'tdi. Farzandlarim otasining qabriga rasmini yopishtirib qabr toshi qo'yishmoqchi. Shunday qilsa joiz-mi?
— Alloh rahmat qilsin. Farzandlaringiz otasiga rahm qilsa, bunday qilmasin. Avvalo bu sunnatga zid. Qolaversa, molning isrofi ham bor. Ikkisi ham shariatda man qilingan. Uning o'rniga otasi haqqiga to'xtovsiz borib turuvchi “sadaqai joriya”lardan birortasini qilsin. Ko'prik qurdirish, suv chiqarish, yo'llarni ta'mirlash, maktablarni tuzatib berish kabi ishlar sadaqai joriya hisoblanadi.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi Siti Ruhaini Juhayatinni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladik. Shubhasiz, O‘zbekiston-Indoneziya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud.
Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 23 iyunda o‘rnatilgan. O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi yangi elchisi Oybek Eshonov 2024 yilning 4 noyabr kuni Indoneziya Prezidenti Subianto Prabovoga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
"Dunyo" AA olgan surat