Shariat qonunlariga to'la muvofiq kelish, bepul xizmat ko'rsatish, komissiyalarsiz Apple pay va Samsung pay orqali kontaktsiz to'lovlar Tayyab birinchi raqamli islomiy kartaning afzalliklari sirasiga kiradi.
Forbes.kz xabar berishicha, islom moliyasi tamoyillariga muvofiqligi Shariyah Review Bureau xalqaro shariat kengashi (Saudiya Arabistoni), shuningdek, Qozog'iston musulmonlari diniy idorasi tomonidan tasdiqlandi.
Mijozlarning kartalari bo'yicha qoldiqlar foiz daromadini olish uchun ishlatilmaydi, shuningdek, ularga hech qanday foizlar qo'shib hisoblanmaydi.
Apple Store yoki Play Market Tayyab mobil' ilovasini o'rnatib, bir daqiqada kartani chiqarish mumkin. Darhol Apple Pay va Samsung Pay hamyonidan foydalangan holda butun dunyo bo'ylab lahzali o'tkazmalar va kontaktsiz to'lovlarni amalga oshirish mumkin. Kerak bo'lganda etkazib berish bilan VISA plastik kartochkasiga buyurtma berish mumkin.
Pulni to'rt valyuta: qozog'iston tangasi, AQSh dollari, evro, rossiya rublida saqlash mumkin. Dunyodagi har qanday bankomatda naqd pulni echib olish mumkin.
Karta Bank RBK va VISA to'lov tizimi bilan hamkorlikda Tayyab birinchi qozoq islom fintexi tomonidan ishga tushirildi. Tayyab institutsional investorlaridan biri Dubai Fintech Ventures venchur fondi hisoblanadi.
"So'nggi jahon trendlariga mos keluvchi moliyaviy funktsiyalardan foydalanish qulayligi bilan bir qatorda biz foydalanuvchilarimizga islomiy hayot tarzini amalda qo'llash uchun qulay xizmat ko'rsatamiz. Misol uchun, faqat Tayyab ilovasi orqali siz eng yaqin masjid, namozxona yoki halol kafeni osongina topishingiz mumkin. Shuningdek, ilovada namoz va azon vaqti, qibla kompasi, zikr hisoblagichi, zakot hisoblagichi va yana ko'p narsalar mavjud", - deydi CEO Tayyab bosh direktori Doniyor Uspanov.
Kazino, shuningdek, har qanday qimor va lotereya biznesi muassalari, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan do'konlarda to'lashga mo'ljallanmaganligi Tayyab birinchi raqamli islomiy kartaning qo'shimcha o'ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi, ushbu cheklov mahsulotlarni sotish bo'yicha universal do'konlarga taalluqli emas. Karta barlar va tungi klublarning tovarlari va xizmatlari uchun to'lashga mo'ljallangan emas, bunda cheklov restoranlar va kafelarga tadbiq etilmaydi.
O'zbekiston musulmonlari diniy idorasi matbuot xizmati
Joriy yilning 21-22 oktyabr kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar diniy soha xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha «Muftiy sovrini – 2025» musobaqasi bo‘lib o‘tgani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bergan edik.
Bugun, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi markaziy «Imom Eshon Muhammad» jome masjidida ushbu musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Ye.Qutiboyev, Vazirlar Kengashi kotibiyat mudiri J.Yusupov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razov, «Muhammad ibn Ahmad al Beruniy» madrasasi direktori J.Abdirazzaqov, qoziyat, madrasa xodimlari va imom-xatiblar ishtirok etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Ye.Qutibayev, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi B.Razov musobaqa ishtirokchilarini g‘alaba bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti tomonidan g‘oliblarga esdalik sovg‘alar berildi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti.