Koronavirusning “del'ta” shtammini yuqtirib olgan pokistonlik 106 yoshli fuqaro sog'aygandan keyin uyiga javob berildi, deb xabar bermoqda ARY News telekanali.
Mamlakat telekanallari tarqatgan xabarda aytilishicha, 106 yoshga kirgan Hasin Bibi Karachidagi kasalxonalarning birida davolangan va sog'aygandan keyin koronavirus yuqtirgan bemorlar davolanayotgan bo'limdan uyiga javob berilgan.
O'zA xabariga ko'ra, koronavirusning "del'ta" shtammi iyulning birinchi yarmida asosan Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgandi. Qolaversa, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JST) ham pandemiya tugashiga hali ancha borligi haqda ogahlantirib turibdi.
Koronavirusning mazkur varianti ilk bor 2020 yil oktyabr' oyida Hindistonda aniqlangan. Keyinchalik uning uchta turi paydo bo'lgani va qator mamlakatlarga tarqalgani haqda xabar tarqatildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bolalar bilan shunday gaplashar edilarki, ular o‘zlarini xuddi kattalardek his etishardi. Ammo ayrim odamlar bolalar bilan kulgili tovushlar chiqarib o‘ynashadi. Ba’zan ko‘chadagi bolalar bilan ham ularning jig‘iga tegib, o‘zlari qochib ketmaguncha hazillashadilar.
Hatto 10 yoshar bolani yuzlarini chimchilab xuddi go‘dakka o‘xshab kulishini kutamiz. Bunday erkalashlarda bola o‘zini kattalardek his qilmaydi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ibn Abbos bilan suhbatlashganda, unga nimalarni aytganlarini bilasizmi? U zot sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Ey bolakay! Men senga kalimalarni o‘rgataman. Allohni(ng buyrug‘u qaytariqlarini) muhofaza qilgin, shunda U Zot seni muhofaza qiladi. Allohni muhofaza qilsang, U Zotni ro‘parangda topasan.
So‘ramoqchi bo‘lsang, Allohdan so‘ra. Ko‘mak istamoqchi bo‘lsang, Allohdan ista. Bilki, agar butun ummat (mahluqotlar) senga biror manfaat berish uchun jamlansa ham, Alloh senga yozgan narsadan boshqasini bera olmaydi. Agar ularning hammasi senga biror zarar yetkazish uchun jamlansa ham, Alloh senga yozgan narsadan boshqasini yetkaza olmaydi”.
Ushbu muborak hadis Ibn Abbos roziyallohu anhu orqali bizgacha yetib keldi. Bu go‘zal so‘zlarni Ibn Abbos roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan tinglaganlarida bor yo‘g‘i 9 yoshda edilar.
Davron NURMUHAMMAD