Avstraliyalik tadqiqotchilar qora sedana koronavirus infektsiyasini davolashda foydali ekanini isbotladi, deb xabar beradi daryo.uz «Korrespondent.net»ga t ayanib.
Ta'kidlanishicha, Nigella Sativa urug'lari — sedana, qora zira, Rim kashnichi asrlar davomida ko'plab kasalliklar, xususan, yallig'lanish va infektsiyani davolashda foydalanib kelingan.
Olimlarning qayd etishicha, Nigella Sativa’ning faol tarkibi bo'lgan timoxinon SARS-CoV-2 virusining oqsili tikanlariga «yopishib» olib, ularning o'pka infektsiyasini chaqirishini bloklashi mumkin.
«Shuningdek, bu koronavirus bilan kasalxonalarga yotqizilgan og'ir ahvoldagi bemorlardagi ‘tsitokin bo'roni’ni bloklay oladi», — deyiladi tadqiqotda.
Timoxinon yallig'lovchi kimyoviy vositalar — interleykinlar ajralishining oldini olib, insonning immun tizimiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu orqali u allergik kasalliklar — astma, ekzema, artrit, skleroz va hatto tilla stafilokokni davolashda muhim rol' o'ynaydi.
Ammo uni oshqozon-ichak traktida tabiiy so'rilish yomon bo'lgan holatda ishlatmaslik kerak.
Qora sedana musulmonlar tomonidan 14-asrdan beri keng ishlatinib kelinadi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qora dona o'limdan boshqa har bir dardga davodir», dedilar». Ikki Shayx va Termiziy rivoyat qilishgan. Uning lafzi quyidagicha: «Sizlar mana bu qora donani lozim tutinglar. Chunki unda somdan boshqa barcha dardga shifo bor. Som o'limdir».
Ibn Abu Atiyq roziyallohu anhu bir bemorning oldiga kirdi va: «Sizlar mana bu qora donachani lozim tutinglar. Undan besh yoki olti dona olib, maydalab tuyinglar. So'ngra uning burniga zaytun yog'i bilan mana bu tarafga, mana bu tarafga tomizinglar. Oishaning menga aytishicha, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamning:
«Albatta, mana bu qora donada somdan boshqa barcha dardga shifo bor», deganlarini eshitgan ekan», dedi.
«Som nima?» degan edim.
«O'lim», dedi» Buxoriy rivoyat qilgan.
Sharh: Ushbu hadisi shariflarda «qora dona»ni o'limdan boshqa barcha dardlarga davo ekani qayta-qayta ta'kidlanmoqda. Bu ma'noni qandoq tushunmoq kerak?
Ulamolarimiz bu savolga atroflicha javob berganlar. Ularning hamma javoblarida ham ushbu hadisi shariflarning ma'nosini sirtdan ko'ringandek tushunmaslik kerakligi ta'kidlangan.
Hattobiy:
«Bu erda umumiy gapirib, xususiyni iroda qilish qoidasi ishlatilgan. Bu erda hamma dardlar deyishdan, rutubat va balg'amdan kelib chiqadigan xastaliklar iroda qilingan», degan ekanlar.
Abu Bakr ibn Arabiy bo'lsa: «Tabiblar nazdida «qora dona»dan ko'ra asal barcha dardga davo bo'lishga yaqinroq. Shundoq bo'lsa ham ba'zi xastalikka yo'liqqan kishilar asal ichsalar ozor topadilar. Alloh taolo asalda odamlar uchun shifo bor, degan bo'lsa ham uni g'olibo ma'nosida tushunilgandan keyin «Qora dona»ni ham shunga yaqin ma'noda tushunish lozim», degan.
Boshqalar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam davoni xastaning holiga qarab turib vasf qilar edilar. U zotning «qora dona» haqida aytgan gaplari ma'lum kishilarga tegishli bo'lgan», deganlar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Ota-onam meni majburlab erga bermoqchi, bola bilan ko‘rishdim va ko‘nglim g‘ash bo‘lib qoldi. Keyin istixora o‘qishni boshladim va baribir ko‘nglim yumshamadi. Uydagilarga tushuntirdim, lekin meni eshitishmayapti. Men qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dinimizda xotin-qizlarni majburlab erga berishdan man qilingan. Zero, nikoh ikki tomonning roziligi bilan tuziladi. Juvon bo‘lsa, u bilan ochiqcha gaplashiladi, bokira bo‘lsa, undan izn so‘raladi. Bokira (rozilik alomatlari bilan) sukut qilsa, bu uning nikohga izn bergani bo‘ladi.
Barcha fiqhiy manbalarimizda kelin va kuyov o‘z roziligini bildirishi (iyjob va qabul) nikohning asosiy rukni ekani bayon qilingan. Kelin-kuyovdan biri nikohga rozi bo‘lmasa, nikoh durust bo‘lmaydi.
Ota-onaning vazifasi esa farzandini boylik, mansab yoki boshqa g‘arazlar sababli ko‘r-ko‘rona uylanish yoki erga tegishga majburlash emas. Balki farzandiga juft bo‘layotgan yigit yo qizning diyonati, xulq-odobiga va kasb-hunariga e’tibor qilishdir.
O‘z o‘rnida turmush qurayotgan farzand ham ota-onasining tavsiyalari o‘rinli bo‘lsa, qabul qilishi, qaysarlik qilmay ularning hayotiy tajribalaridan foydalanishi kerak.
Xotin-qizlarni majburlab erga berish holatlarida Payg‘ambarimiz alayhissalomning ayolga nikoh yo ajralishni tanlash ixtiyorini berganlari ma’lum. Hatto bir holatda qiz kambag‘al yigitni, ota-ona esa boy yigitni tanlaganida, u zot qizning ixtiyorini ustun qo‘yib:
لم ير للمتحابين مثل النكاح
«Bir-birini yaxshi ko‘rganlar uchun nikohdan yaxshisi yo‘qdir", dedilar (Imom Ibn Moja rivoyati). Vallohu a’lam"
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.