Alloh taolo o'z bandalariga mehribon va rahmli Zotki, kichik amallarga ham ulkan ajr-mukofot beradi. Ikki marta "Alhamdulillah" deyishi tufayli bandasidan rozi bo'ladigan Zot naqadar saxovatlidir!
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Banda ovqat eb, ortidan hamd aytsa yoki ichimlik ichib, hamd aytsa, Alloh (u) bandasidan rozi bo'ladi", dedilar» (Imom Muslim rivoyati).
Allohning roziligi esa ulkan mukofotdir. Qur'oni karimda: «...Allohning roziligi esa, hamma narsadan ulug'roqdir. Mana shu Buyuk saodatdir» (Tavba surasi, 72-oyat), deyilgan.
"Sanoqli daqiqalarda tog'day savoblar" kitobidan.
Joriy yilning 30 iyun kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Primore o‘lkasiga tashrifi doirasida o‘lka gubernatori O.Kojemyako, xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri K.Sidorenko, qurilish vaziri A.Moskalyov, mehnat va ijtimoiy siyosat vaziri S.Krasitskiy, ta’lim vaziri S.Shamonova, qishloq xo‘jaligi vaziri A.Bronets, sanoat va savdo vaziri S.Kalitin, turizm vaziri N.Naboychenko, shuningdek, Migratsiya siyosati agentligi rahbari M.Sorokin va Rossiya TIVning Vladivostokdagi vakolatxonasi rahbari A.Brovarets bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini ta’minlash, mehnat migrantlarining ketishdan oldingi tayyorgarligini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekistonda Rossiya o‘quv markazlarini ochish, shuningdek, qo‘shma targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiya Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Migratsiya siyosati agentligi rahbariyati bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdi.
Shu kuning o‘zida O.Kojemyako ishtirokida Primore o‘lkasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida fuqarolarimizni qiziqtirgan savollarga javob berildi.