Malayziyada Koronavirus (Covid-19) qarshi kurash choralari tufayli o'z shahrini tark eta olmagan musulmonlar Qurbon hayitini oilalaridan uzoq bo'lgan yurtlarda o'tkazdi.
Joriy yil 13 yanvarda e'lon qilingan favqulodda holat tufayli malayziyaliklar shahar va tumanlar o'rtasida sayohat qilolmadi.
Mamlakatdagi ko'plab musulmonlar o'tgan yildagidek bu yil ham o'z shaharlariga qaytib kela olmadi. Jumladan, poytaxt Kuala-Lumpurda joylashgan “Imon” kompaniyasi xodimlari ikki yildan beri oilasidan uzoqda bo'lmoqda.
Perak viloyatidagi oilasiga borolmagan Imon hamkasblari bilan ta'tilga chiqib, taskin topadi. Do'stlari bilan erta tongda an'anaviy bayram ovqatlarini tayyorlashni boshlagan va o'sha kuni maxsus kiyimlar kiyib olgan Imon va uning do'stlari epidemiyaga qaramay, o'zlarining bayram an'analarini nishonlamoqda.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Namangan viloyati bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov raisligida O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyat vakilligining majlislar zalida viloyatdagi imom-xatiblar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Xatamov Jamshed Muxtorovich ishtirok etdi. Unda 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.
Yig‘ilishda imomlik sharafli va mas’uliyatli vazifa ekani, bugungi kun imomi zamonga ziyraklik, teran fikr bilan qarashi, o‘z ustida muntazam ishlashi va mo‘min-musulmonlarning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ehtiyojlarini qondirish uchun tinimsiz izlanib, xizmat qilishlari zarur ekani alohida qayd etildi.
Bundan tashqari, imomlar hududlardagi MFYlar bilan muntazam aloqada bo‘lib, hojilar bilan birgalikda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, ilm-ma’rifatga qiziqtirish va yosh avlod kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratish, oilalarni tinch-totuv yashashi, farzandlarni bevaqt tirik yetim bo‘lmasligi uchun ajrimlarning oldini olish, keksalarni hurmat qilish, qo‘shnichilik odoblariga rioya qilish, yurt tinchligi va osoyishtaligi uchun barcha birdek mas’ulligi kabilarga alohida e’tibor qaratish ta’kidlandi.









O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati