Saudiya Arabistoni Podshohligidagi haj mavsumi mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligi belgilagan rejaga muvofiq amalga oshirildi.
Bugungi kunga qadar haj ziyoratchilari orasida Koronavirus infektsiyasi (COVID-19) holati aniqlanmadi. Bu haqda Saudiya Arabistoni SPA axborot agentligi Saudiya Arabistoni Sog'liqni saqlash vaziri Tavfiq al-Rabiyaning bayonotiga asoslanib xabar berdi.
– Ziyoratchilarning salomatligi va xavfsizligini ta'minlash uchun katta sa'y-harakatlar qilingan” , – deb ta'kidladi Sog'liqni saqlash vaziri.
Joriy va o'tgan yili Koronavirus pandemiyasi xavfi sabab Saudiya Arabistoni xorijlik ziyoratchilar kirishini taqiqladi. Haj ziyoratiga faqat 60 ming sonli Podshohlik fuqarolariga qisman ruxsat berildi.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.
Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.
Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati