O'tgan haftada diniy-ma'rifiy sohada ro'y bergan muhim xabarlarning qisqacha tafsiloti
00:58 Muftiy hazrat Birlashgan Arab Amirligidagi nufuzli tadbirda ishtirok etmoqdalar
03:13 Ramazon oyi uchun umra narxlari e'lon qilindi
03:47 Har bir murojaat ortida inson taqdiri turibdi
04:29 Soha rahbarlari va imom noiblar uchrashuvi o'tkazilmoqda
05:05 Homidjon domla xalqaro seminarda qatnashdi
05:25 Diniy idora vakillari “Muhammad al-Beruniy” madrasasida bo'ldi
06:04 Yangi kitoblar taqdimot qilindi
06:55 Imkoniyati cheklangan hamyurtlar uchun ma'rifiy suhbatlar davom etmoqda
07:14 “Tahoratga oid fatvolar” kitobi nashr etildi
07:42 Oliy ma'had bitiruvchisi O'zbekistonning Kuvaytdagi elchisi bo'ldi
08:19 Otinoyilar bilim va malakasi sinovdan o'tkazilmoqda
✅ O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Istiqlolimizning 35 yillik bayrami arafasida Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ishtirokida Quvasoy shahrida xayriya tadbir o‘tkazildi. Unda 33 ta xonadonga oziq-ovqat mahsulotlari, 43 nafar bolajonga esa o‘quv qurollari va kiyim-kechaklar hadya qilindi.
Tadbirda farzandlar uchun munosib sharoit yaratish ezgulikning eng go‘zal ko‘rinishlaridan biri ekani, bugun yosh avlodning bilimi va kamoli uchun qilingan har bir xayrli amal ertangi kun taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilishi ta’kidlandi.
Bunday tadbirlar, shuningdek, Buvayda tumanidagi «Katta mahalla» masjidi jamoasi tomonidan ham tashkil etildi. Unda ijtimoiy ko‘makka muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlaridan 70 nafariga maktabda ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari tarqatildi. Bolajonlar mustaqillik bayrami hamda boshlanajak yangi o‘quv yili bilan muborakbod etildi.
Ilm va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday ezgu tashabbuslar Farg‘ona shahridagi "Xo‘jamberdiboy", So‘x tumanidagi "Sulton Mahmud" masjidi jamoasi tomonidan ham tashkil etilmoqda.
O‘MI Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati