❓Qurbonlik qilish kimlarga vojib?
? Javob: Bu erda
❓Vaqtidan avval so'yilgan jonliqning puli ehson qilinsa ham qurbonlikka o'tadimi?
? Javob: Bu erda
❓ Qurbonlik qilmoqchi bo'lgan odam soch va tirnog'ini olmasligi kerakmi?
? Javob: Bu erda
❓ Qurbonlikning vaqti
? Javob: Bu erda
❓ Hayvon so'yganda uni og'iz bilan puflab shishirish joizmi?
? Javob: Bu erda
❓ Zakot bergan inson qurbonlikda qo'y so'ydirishi ham kerakmi?
? Javob: Bu erda
❓ Qurbonlik qilayotgan kishini agarda biror kimdan qarzi bo'lsa, qurbonligi o'tmaydimi?
? Javob: Bu erda
❓ Pichilgan qo'yni aqiqa va qurbonlik uchun so'ysa bo'ladimi?
? Javob: Bu erda
❓ Aqiqa yoki qurbonlik? Qay birini birinchi qilishim kerak?
? Javob: Bu erda
❓ Qurbonlik qilinadigan hayvon necha yosh bo'lishi kerak?
? Javob: Bu erda
❓ Qurbonlikka so'yiladigan hayvonning shoxini ahamiyati bormi?
? Javob: Bu erda
❓ Qurbonlikka yig'ilgan pulni ehson qilsa bo'ladimi?
? Javob: Bu erda
❓Ehson uchun olingan jonliqni qurbonlikka so'ysa bo'ladimi?
❓Qurbonlik go'shtini yarmini o'zimizga olib qolsak bo'ladimi?
? Javob: Bu erda
❓Hayvonni so'ygandan keyin go'shtning kilosiga hisoblab bersa, qurbonlikka o'tadimi?
? Javob: Bu erda
❓Qurbonlik go'shtini sotish mumkin emasmi?
? Javob: Bu erda
❓Qurbonlik qilishga mablag'imiz bor, lekin pul ko'rinishida emas.
? Javob: Bu erda
❓Qurbonlik qilishni niyat qilgan kishi tirnoq va sochlarini olmasligi kerakmi?
? Javob: Bu erda
❓Mablag'im nisob miqdoriga etmagan. Qurbonlik qilish uchun pul yig'ib qo'ygan edim. Lekim amakimning oilasidagilar kasal va qarzlari bor. Shunga pulni ularga bersam bo'ladimi? Bunda qay birida savob ko'proq? Qurbonlik qilishimmi yoki amakimga berishimmi?
? Javob: Bu erda
❓Bir necha kishi bitta qo'y so'yishi mumkinmi?
? Javob: Bu erda
❓Qurbonlik qilishni vojib qiladigan boylikning miqdori qanday hisoblanadi?
? Javob: Bu erda
❓Qulog'i belgi uchun kesilgan sog'lom qo'yni qurbonlik qilish mumkinmi?
? Javob: Bu erda
❓Hayvon sotib olinganidan so'ng kasal bo'lib qolsa uni qurbonlik qilsa bo'ladimi?
? Javob: Bu erda
❓Qurbonlik go'shtidan o'zga din vakillariga ham berish mumkinmi?
? Javob: Bu erda
❓Namoz o'qimasa qurbon hayitida qilgan qurbonligi qabul bo'ladimi?
? Javob: Bu erda
❓"O'g'il ko'rsam ikkita qo'y so'yaman" deyilsa, nazr hisoblanadimi?
? Javob: Bu erda
❓Aqiqa yoki qurbonlik qo'yining go'shtini tarozuga tortib olsa bo'ladimi?
? Javob: Bu erda
❓Ikkita farzandga bitta aqiqa qilsa bo'ladimi?
? Javob: Bu erda
❓1. Ikki-uch kishi pul tashlashib, qurbonlik uchun bitta qo'chqor so'ysak bo'ladimi?
❓2. Qurbonlikni yarmini tarqatib, yarmini o'zimizga olsakchi, bu ham joizmi?
? Javob: Bu erda
❓Payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallamga atab qurbonlik uchun qo'y so'yish mumkinmi?
? Javob: Bu erda
❓Aqiqa va Hayitning qurbonligini bitta qilsa bo'ladimi?
? Javob: Bu erda
❓1 ta qoramolni qurbonlik singari 3-4 nafar farzand nomidan aqiqa deb so'ysa bo'ladimi?
? Javob: Bu erda
❓Zakot bergan inson qurbonlikda qo'y so'ydirishi ham kerakmi?
? Javob: Bu erda
❓Badanida qo'tiri bor jonliqni qurbonlik uchun so'yish mumkinmi?
? Javob: Bu erda
❓Tuya va sigirga bir kishi qurbonlik, yana biri nazr, yana biri aqiqa, yana biri nafl niyatida qo'shilsa bo'ladimi?
? Javob: Bu erda
❓Qulog'i yoki dumiga nuqson etgan hayvonni qurbonlik uchun so'yish mumkinmi?
? Javob: Bu erda
❓Tishi to'kilib ketgan hayvonni qurbonlik qilish joizmi?
? Javob: Bu erda
❓Badanida qo'tiri bor jonliqni qurbonlik uchun so'yish mumkinmi?
? Javob: Bu erda
❓Qurbonlikni vaqti haqida tushuncha bersangiz?
? Javob: Bu erda
❓Qurbonlik qilgandan keyin qandaydir namoz o'qiladimi?
? Javob: Bu erda
❓Qaysi kunda qurbonlik qilish afzal?
? Javob: Bu erda
❓Musofirga qurbonlik qilish vojibmi?
? Javob: Bu erda
❓Qurbonlikda elektr yoki narkozdan foydalanish mumkinmi?
? Javob: Bu erda
❓Qurbonlik qilinadigan hayvonning xizmatidan foydalanish joizmi?
? Javob: Bu erda
❓Qassobga qurbonlik go'shtidan yoki terisini ish haqi qilib berish joizmi?
? Javob: Bu erda
❓Ayol kishi o'z qurbonligini o'zi so'ysa bo'ladimi?
? Javob: Bu erda
❓Qurbonlikda "Bismillah" desa ham o'tadimi?
? Javob: Bu erda
❓Qurbonlik uchun sotib olingan hayvonga keyinchalik sherik bo'lish mumkinmi?
? Javob: Bu erda
❓Qurbonlik go'shtidan boylarga bersa bo'ladimi?
? Javob: Bu erda
❓Vaqtida qilinmagan qurbonlikning hukmi qanday bo'ladi?
? Javob: Bu erda
❓Ikki yoshga kirmagan sigirni qurbonlik qilish joizmi?
? Javob: Bu erda
❓Harom moldan qurbonlik qilinadimi?
? Javob: Bu erda
❓Birovning nomidan qurbonlik qilsa bo'ladimi?
? Javob: Bu erda
❓Beparvolik qilib qurbonlik qilmagan kishi nima qiladi?
? Javob: Bu erda
❓Shoxli hayvonlarni yoshligidan shoxini kuydirib qo'yilgan bo'lsa, qurbonlikka yaraydimi?
? Javob: Bu erda
❓Homilador hayvon qurbonlikka yaraydimi?
? Javob: Bu erda
❓Qurbonlik shartlari va odoblari
? Javob: Bu erda
❓O'tganlarni nomidan qurbonlik qilinadimi?
? Javob: Bu erda
❓Erkak yoki urg'ochi hayvonlardan qaysi birini qurbonlik qilish afzal?
? Javob: Bu erda
❓Qurbonlik qilishdan avval taomlanmaslik
? Javob: Bu erda
❓Vakillik yo'li bilan qurbonlik qilsa bo'ladimi?
? Javob: Bu erda
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo hay'ati.
18 avgust Toshkentning nafaqat diniy, balki madaniy va ilmiy merosi tarixida muhim o‘rin tutuvchi sana. Qur’oni Karimning eng qadimiy qo‘lyozmalaridan biri sifatida e’zozlanadigan Usmon Mus'hafi asrlar davomida Markaziy Osiyo tarixining turli bosqichlariga guvoh bo‘lib kelgan, xabar bermoqda iccu.uz.
Ushbu nodir qo‘lyozma yirik hajmdagi pergament varaqlarga yozilgan bo‘lib, matni qadimiy Hijoz xatida bitilgan. Mus'hafda hozirgi arab yozuvidagi nuqta va harakat belgilari mavjud emas. Manbalarda uning saqlanib qolgan qismi 338 yoki 353 varaqdan iborat ekani haqida turli ma’lumotlar uchraydi. Ayrim yo‘qolgan pergament varaqlar keyinchalik qog‘oz bilan almashtirilgan. Qo‘lyozmaning aniq sanasi xususida ilmiy adabiyotlarda turli qarashlar mavjud.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Mus'haf uzoq yillar Samarqandda saqlangan. 1868–1869 yillarda u Sankt-Peterburgga olib ketilgan va Imperator xalq kutubxonasiga topshirilgan. 1905 yilda qo‘lyozmaning 50 ta faksimile nusxasi ko‘chirilgan. 1917 yildagi siyosiy o‘zgarishlardan keyin musulmon ulamolarining talabi bilan Mus'haf avval Ufaga, keyin esa O‘rta Osiyoga qaytarilishi jarayoni boshlangan.
1924 yilda Usmon Mus'hafi Tatariston, Boshqirdiston va Turkiston ulamolaridan tashkil topgan maxsus kuzatuvchilar hamrohligida maxsus poyezd orqali Ufadan Toshkentga olib kelindi. Toshkentga olib kelinganidan so‘ng Mus'haf bir muddat shahardagi masjidlardan birida saqlandi. Keyinchalik uning asrab-avaylanishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga topshirildi.
1989 yil 14 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Musulmonlarning IV quriltoyida O‘zbekiston hukumati qarori bilan Usmon Mus'hafining musulmonlar ixtiyoriga qaytarilgani e’lon qilindi. Keyinchalik u O‘zbekiston musulmonlari idorasi ixtiyoriga topshirildi. Mus'haf bir muddat Hazrati Imom majmuasidagi «Mo‘yi Muborak» madrasasi muzey-kutubxonasida maxsus sharoitda ham saqlandi.
Usmon Mus'hafining tarixiy va madaniy ahamiyati xalqaro miqyosda ham e’tirof etilgan. 1997 yilda qo‘lyozma YUNЕSKOning «Memory of the World» — «Jahon xotirasi» dasturi ro‘yxatiga kiritilgan.
2025 yil 13 noyabr — Usmon Mus'hafi tarixida yana bir muhim sana. Aynan shu kuni nodir qo‘lyozma O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga olib kelindi. Bugun Qur’on zalidagi asosiy eksponatlardan biri sifatida alohida o‘rin egallab, yurtimizning ko‘p asrlik diniy, ilmiy va ma’naviy merosini namoyon etuvchi bebaho yodgorlik sifatida taqdim etilgan. Shuningdek, Markazda turli davrlarda Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar va Temuriylar davrida ko‘chirilgan Qur’on nusxalarini ham ko‘rish mumkin. Usmon Mus'hafi tarixi bu faqat bir qo‘lyozmaning tarixi emas. Bu asrlar osha saqlangan ilmiy va ma’naviy meros, uni asrab-avaylagan avlodlar xotirasi va O‘zbekiston zaminida shakllangan buyuk islom sivilizatsiyasining uzviy davomiyligi haqidagi tarixdir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati