Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2026   |   29 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:59
Quyosh
05:29
Peshin
12:28
Asr
17:23
Shom
19:31
Xufton
20:58
Bismillah
12 Avgust, 2026, 29 Safar, 1448

Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari davolanish muolajasini olmoqdalar

19.07.2021   14853   1 min.
Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari davolanish muolajasini olmoqdalar

Shu kunlarda Internet va ijtimoiy tarmoqlarda O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklari to'g'risida turli asossiz va haqiqatga to'g'ri kelmaydigan xabarlar tarqatilayotgani kuzatilmoqda.

Ma'lum qilamizki, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining salomatliklarini yaxshilash uchun navbatdagi davolanish muolajalari amalga oshirilmoqda. Malakali tibbiyot mutaxassislari va shifokorlar tomonidan hazratning sog'liqlari muntazam kuzatib borilmoqda hamda davolanish bosqichlari o'tkazilmoqda. Alloh taologa shukrki, ayni paytda muftiy hazratlarining sihatlari barqarordir.

Odamlar orasida har xil asossiz va voqelikka to'g'ri kelmaydigan yolg'on xabarlarni tarqatish muborak Islom dinimizda gunoh sanalishi, qonunchilikda esa javobgarlikka sabab bo'lishini yana bir bor eslatamiz.

Alloh taolo barchamizni to'g'ri yo'lda sobitqadam aylasin.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti va Hadis ilmi maktabida ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi

10.08.2026   10089   1 min.
Toshkent islom instituti va Hadis ilmi maktabida ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi

Toshkent islom instituti magistratura bosqichi hamda Hadis ilmi maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun joriy yilning 11 avgust kuni ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi.
 

Talabgorlar tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:

  • Teologiya (Tafsir va Qur’on ilmlari): Qur’oni karim va tajvid, Tafsir;

  • Teologiya (Hanafiylik va fiqh ilmlari): Fiqh, Usulul-fiqh;

  • Hadis ilmi maktabi: Hadis va mustalahul hadis.


Imtihonlar 11 avgust kuni soat 8:00 da Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti binosida boshlanadi. Talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayoni soat 7:30 dan start oladi.


Muhim eslatma: Abituriyentlar imtihonga pasport (yoki ID-karta) asli hamda «Imtihon ruxsatnomasi» bilan kelishlari shart. Ushbu hujjatlardan biri bo‘lmagan talabgorlar imtihonga kiritilmaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Zarqaynar 18-berk ko‘chasi, 47-uy.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari