Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyul, 2025   |   1 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:13
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:50
Xufton
21:19
Bismillah
26 Iyul, 2025, 1 Safar, 1447

TAKBIRI TAShRIQ AYTIShNI UNUTMANG

19.07.2021   12953   1 min.
TAKBIRI TAShRIQ AYTIShNI UNUTMANG

Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaaha illallohu vallohu akbar! Allohu akbar va lillaahil hamd.

Ma'nosi: Alloh buyukdir, Alloh buyukdir. Alloh taolodan o'zga iloh yo'qdir. Alloh buyukdir, Alloh buyukdir va hamd Alloh taolo uchundir.

 Takbiri tashriq arafa kuni, ya'ni 19 iyul' bomdod namozidan boshlab Hayitning to'rtinchi kuni, ya'ni 23 iyul' asr namoziga qadar aytiladi:

19 iyul' – 5 mahal,
20 iyul' – 5 mahal,
21 iyul' – 5 mahal,
22 iyul' – 5 mahal,
23 iyul' – 3 mahal.

Jami 23 mahal namozda Takbiri tashriqni bir marotaba aytish vojib amal sanaladi. Ayollar takbiri tashriqni maxfiy aytadilar.

Namozga kechikib qo'shilgan kishi ham namozini to'liq qilgandan keyin takbiri tashriqni aytadi.

 

manba

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Dardning hikmati

23.07.2025   5813   1 min.
Dardning hikmati

Hasan Basriy rahimahulloh bir bemorni ko‘rgani kelsalar, u tuzalib ketgan ekan. Shunda o‘sha kishiga: "Alloh seni yod etibdi, sen ham u zotni yod etgin. Alloh seni darddan forig‘ qilibdi, u Zotga shukr qilgin. Bilib qo‘y, dardu balolar Malikul-Karim Allohning savalaydigan qamchisidir. Bemor odam kasaldan keyin yo chopqir otdek, yo ko‘p qoqiladigan asov eshakdek bo‘ladi".