2021 yil 11 iyun' kuni boshlangan futbol bo'yicha Yevropa chempionati tobora jadal qizg'in tus olib, butun dunyo bo'ylab tomoshabinlarni o'ziga jalb qilmoqda. Shu munosabat bilan “Yevro – 2020” maydonlarida to'p surayotgan eng muvaffaqiyatli musulmon futbolchilari beshligini tuzdik. Bular:
Ular haqida quyida batafsilroq so'z yuritsak:
Pol Pogba Yevropadagi eng taniqli futbolchilardan biri. 28 yoshida u futbolchilik faoliyatida katta yutuqlarga erishdi, jumladan, Frantsiya terma jamoasi bilan 2018 yilda Rossiyada bo'lib o'tgan FIFA Jahon chempionatida g'olib chiqdi. Ammo ko'plab mukofot va unvonlarga ega bo'lishiga qaramay, Islom diniga rioya qilish uning shaxsiyati, kuchli xarakteri va mehnatsevarligini shakllantirishga katta ta'sir ko'rsatgan hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Pogba Islom haqida: “Men uchun Islom bu barcha orzu umidimdir. Bu menga hamma narsadan minnatdor bo'lishga undaydi. Islom meni o'zgartirishga, hayotdagi ko'p narsalarni tushunishga majbur qildi. O'ylaymanki, bu meni hotirjam qiladi. Islom hamma ko'radigan terrorizm qiyofasi emas. Biz ommaviy axborot vositalarida eshitgan narsalar aslida boshqa narsadir. Bu ajoyib narsa. O'zingiz ko'rishingiz mumkin. Har kim o'zini Islom bilan munosabatini his qilishini anglashi mumkin.
Bu mening aqlimni boyitgan va meni yaxshi odamga aylantirgan din. Men narigi dunyo haqida ko'proq o'ylay boshladim. Islom insoniyatga va boshqa hamma narsaga hurmat bilan qarashdir".
N'golo Kante – Yevropaning eng yaxshi futbolchilardan biri, “Chelsi” jamoasi yarim himoyachisi – 1991 yil 29 martda Parijda kambag'al va oddiy afrika oilasida dunyoga kelgan. U tug'ilishidan 11 yil oldin, Kantening ota-onasi yaxshi hayot kechirish ilinjida tug'ilgan Mali shahrini tark etib, Frantsiyaga ko'chib kelishgan.
Uning g'alaba va mo'maygina daromadlariga qaramay, N'golo Kantening barcha do'st va tanishlari har doim bu ajoyib futbolchi kamtarin va hatto uyatchan yigit ekanini ta'kidlashadi. Ba'zida u hattoki munosib kubok – Jahon kubogini olishdan oldin hijolat bo'lganida 2018 yilgi chempionatda bo'lgani kabi o'z g'alabalarini jamoada nishonlashdan ham tortingan.
U har doim o'ynagan har bir jamoaning futbolchilari orasida hurmat qozonishi mumkin edi va ko'pchilik uni haqli ravishda Yerdagi eng mehribon inson deb biladi. Uning pullari umuman buzilmagan va u hech qachon o'z boyligini ko'z-ko'z qilmaydi va u mashg'ulotlarga o'z imkoniyatiga mos keladigan hashamatli mashinada emas, balki eski mini Kuperda yoki hatto piyoda holatda keladi. U o'z mablag'larining katta qismini o'zi o'sgan, hattoki kambag'alroq oilalarning bolalariga yordam berish uchun xayriya mablag'lariga sarflaydi, shuningdek, butun dunyo bo'ylab kasal bolalarni davolashga katta mablag' sarflaydi. Ajablanarlisi, u haqida bunday xayr-ehsonlari tasodifan ma'lum bo'ldi va N'golo Kante o'zi xayriya faoliyatini reklama qilishni zarur, deb hisoblamaydi.
Kante mushohadali musulmon yigiti. U Makka Mukarramaga borib, bir necha bor haj qilgan va Ramazon oyidagi futbol uchrashuvlarida jismoniy faollikka qaramay, ro'za tutishni tark etmaydi. Shunday qilib, 2021 yilda Kante ro'za holatida "Chelsi" ni Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi.
Ilkay Gyundogan – kelib chiqishi turk, u "Manchester Siti" klubi va Germaniya terma jamoasining yarim himoyachisi, 1990 yil oktyabr' oyida Germaniyaning Gelzenkirxen shahrida tug'ilgan.
2011 yildan beri Germaniyaning "Borussiya" Dortmund klubida o'ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida u chempionlik unvonini qo'lga kiritdi, jamoa bilan Chempionlar Ligasi finaliga qadar etib bordi, shuningdek, Germaniya Superkubogini ikki marta qo'lga kiritdi. Gyundogan UYeFA Chempionlar Ligasi finalida "Borussiya" ning yagona goliga mualliflik qildi. 2016 yil 2 iyun' kuni futbolchi 27 million evro evaziga "Manchester Siti" ga ko'chib o'tdi. Hozirda Gyundogan Germaniya terma jamoasi safida “Yevro-2021” chempionati o'yinlarida qatnashmoqda.
Ilkay Gyundogan Dortmundning "Borussiya"sida o'ynagan paytida ba'zilar unga nisbatan irqchilik holatlari haqida gapirardi.
“Dortmundga kelganimda, men hamma narsaga tayyorman deb o'ylardim. Men nohaq edim. Men nima bo'lganini hech qachon unutmayman. Men shaharda kvartira qidirib yurgan edim va bu odamlarning: "Uning familiyasini ko'rganmisiz? Gundogan, turkcha. Siz haqiqatan ham bunga qodir deb o'ylaysizmi?", degan so'zlarini eshitdim. Ammo men ularga futbolchi ekanligimni aytishim bilan, ularning ohanglari butunlay o'zgardi: "Eh janob, iltimos, kiring, bir ko'z tashlang". Va bu odamlar o'zlari muhojirlar edi!
Odamlar menga nemis tilida yaxshi gapirishimdan hayratda qolishganini aytishdi. Men javob berdim: "Ho'sh, men Germaniyada ulg'ayganman. Agar bu tilda gaplashmasam g'alati bo'lar edi". Huddi shu narsa teskari yo'nalishda ham sodir bo'ldi. Mening ota-onam turk. Men ham o'zimni turk deb bilaman. Ammo ba'zi turklar "sen turkmisan?" Men ikkala mamlakatga ham tegishliman, lekin ba'zida ular orasida qolgandek bo'laman. Ba'zilar meni butunlay nemis emas deb aytishadi. Boshqalar esa ular umuman turk emasligini aytishadi. Ho'sh, men kimman? ", - deya Gyundogan Marca so'zlaridan iqtibos keltiradi.
Antonio Rudeger – nemis futbolchisi, "Chelsi" klubi va Germaniya terma jamoasi himoyachisi. 1993 yil 3 martda Berlinda tug'ilgan. Uning ota-onasi fuqarolar urushi avjida bo'lgan S'erra-Leonedan Germaniyaga qochib ketishlari kerak edi.
Tabiatan, Antonio fidoyi va har doim evaziga hech narsa kutmasdan boshqalarga yordam berishga tayyor. Quyidagi voqea uni juda yaxshi xarakterlaydi: bir marta, yoshlar o'yinida Rudi raqiblarining bo'sh darvozasi tomon yugurdi va gol urishi mumkin edi. Ammo buning o'rniga u uzoq vaqt jamoadoshini kutib, unga to'pni berdi va keyin jamoadoshi gol urdi. Bungacha jamoadoshi hech qachon gol urmagan edi.
Antonio Rudeger afsuski, u irqchilikni juda qattiq shaklda boshdan kechirish imkoniyatiga ega edi.
"Meni “nigga” deb atashgan. Men har safar to'pga tekkanimda, ular maymun tovushlarini chiqarishardi. Bular shunchaki bir nechta odam emas, balki 2017 yilda Rim derbisida "Latsio" muxlislarining katta sektori edi (o'shanda Antonio "Roma" da o'ynagan taxminan).
Bu birinchi marta meni irqiy haqorat qilish emas edi, lekin eng yomoni u erda haqiqiy nafrat bor edi. Siz ularning ko'zlarini ko'rganingizda buni tushunasiz. Bunday holat yuz bergand, futbol olami qanday munosabatda bo'ladi? Odamlar: "Oh, bu juda dahshatli", deyishadi. Futbolchilar va klublar Instagramda qisqa xabarlarni joylashtiradilar: "Irqchilikka yo'l yo'q". Hamma xuddi bir ikkita ahmoqdek harakat qiladi. Tergov olib borilmoqda, ammo hech narsa bo'lmaydi. Vaqti-vaqti bilan, ijtimoiy tarmoqlarda katta aktsiyalar mavjud. Va har kim o'zini ajoyib his qiladi, keyin hamma narsa normal holatga qaytadi. Va hech narsa hech qachon o'zgarmaydi.
Ayting-chi, nega matbuot, muxlislar va futbolchilar Superligani 48 soat ichida to'xtatish uchun birlashdilar, ammo stadionda yoki ijtimoiy tarmoqlarda aniq irqiy zo'ravonlik bo'lganida bu har doim "murakkab"? Ehtimol, bu tribunadagi bir nechta ahmoqlar emasmi? Balki hamma narsa chuqurroq bo'lganligi uchundir?", deb yozdi Rudeger "O'yinchilar tribunasi" ning ustunida.
Hoqon Chalhanoglu 8 fevral kuni Germaniyaning janubidagi Manxaym shahrida turk oilasida tug'ilgan. Milan klubi va Turkiya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi.
Hakan chuqur oilaviy odam. Uning o'rnagi professional futbolchi bo'lgan otasi. Uning ukasi Muhammad ham futbolchi.
Futbolchining juda hamjihat oilasi bor. U har bir o'yin oldidan onasiga qo'ng'iroq qiladi. “Uning ovozi meni rag'batlantiradi”, deydi Chalxanoglu.
Hokan Manxaymda tug'ilgan bo'lsa-da, u doimo ota-onasining tug'ilgan qishlog'i – Bayburtga yaqin bo'lgan. Yozda jamoadoshlarining aksariyati O'rta er dengizi bo'ylab ajoyib kurortlarga borganlarida Hoqon oilasining qishlog'iga tashrif buyurishni yaxshi ko'radi.
“Ba'zi odamlar shaharlarni yaxshi ko'rishadi, ammo qishloqda tabiatdan yaxshi narsa yo'q. Shuning uchun bo'sh vaqtimda u erga boraman. Qishloq juda chiroyli va maftunkor, meni quvontiradi”.
Ilyosxon Ahmedov tayyorladi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
(Qur’oniy dori)
Savol: Ko‘zga oq tushganda jarrohlik yoki dori tomizishdan boshqa muolajalar ham bormi?
Javob: Ilmiy qo‘llanma va ilmiy nazariyalarda umumiy urinishlar bor. Ular ko‘proq proteinni almashtirishga, xususan, oq tushgan ko‘zni avvalgi holatiga qaytarishga qaratilgan. Gohida kimyoviy yo‘l bilan imkon topiladi. Bu o‘zgartirish juz’iy xolos, mukammal bo‘lmaydi. Ammo kimyoviy yo‘lni ko‘z gavharidagi proteinga qo‘llash mumkin emas.
Savol: Mana shunday nuqsonli yechimlargina mavjud bo‘lgan kasallikka qanday qilib siz Qur’oni karim orqali davo topdingiz?
Javob: Yuqorida aytib o‘tganimdek, ko‘z gavharining tashqi yuzasi parda bilan qoplangan bo‘lib, unda protein bor. O‘sha proteinning tarkibi o‘zgarsa, gavharning holati ham o‘zgarib, oqibatda xiralik kelib chiqadi. Shuning uchun biz o‘sha proteindagi fiziologik o‘zgarishni tiklashning tabiiy uslubini qidirdik. Bunda bizga Yusuf surasidagi quyidagi oyatlar yordam berdi:
«U bulardan yuz o‘girib, «Esizgina Yusuf!» dedi va qayg‘udan ko‘zlariga oq tushdi. U dardini ichiga yutdi (ojiz bo‘lib qoldi)» (84-oyat). Yusuf alayhissalom Robbimizdan kelgan vahiy sababli akalaridan otalari huzuriga ko‘ylagini olib borishni talab qildilar:
«Mana bu ko‘ylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, ko‘zi ochilur. So‘ng barchangiz ahlingiz ila huzurimga kelinglar. Karvon (Misrdan) yo‘lga chiqqan vaqtda otalari (Ya’qub alayhissalom o‘z uylarida turib, huziridagi kishilarga): «Meni aqldan ozgan demanglar u, lekin men Yusufning hidini sezmoqdaman», dedi. Ular: «Allohga qasamki, albatta, sen eski adashuvingdasan», dedilar. Xushxabarchi kelib, (ko‘ylakni) uning yuziga tashlagan edi, u yana ko‘radigan bo‘ldi. U: «Men sizlarga: «Allohdan sizlar bilmaydigan narsani bilaman», demaganmidim?» dedi» (Yusuf surasi, 93–96-oyatlar).
Yusuf alayhissalomning ko‘ylaklarida qanday shifo bo‘lishi mumkin edi? Bu haqda o‘ylab-o‘ylab, terdan boshqa narsani topmadik. Shundan so‘ng inson tanasidan ajraladigan terning tarkibiy elementlarini o‘rgandik. An’anaviy jarrohlik yo‘li bilan ko‘zdan chiqarib olingan, xiralashgan gavharni olib, terga botirib ko‘rganimizda uning biroz shaffoflashganini ko‘rdik. So‘ngra savol tug‘ildi: bu holatda terdagi barcha moddalarning shunday ta’siri bormi yoki undagi qaysidir bir moddaningmi? Javob shuki, bu uning tarkibidagi bir moddaning – karbamidning («mochevina») ta’siri ekan. Bu moddani kimyoviy usul bilan ham tayyorlab, laboratoriya sharoitida ko‘zi xiralashgan yoki ko‘ziga oq tushgan hayvonlarda sinab ko‘rildi. Biroq kuzatuvlar davomida kimyoviy yo‘l bilan tayyorlangan o‘sha malham bu kasallikni tuzatmadi, balki ko‘z gavhariga oq tushishiga sabab bo‘ldi. Bu narsa yo‘naltirilgan maxsus chiroq (slit lamp), ultratovush hamda ko‘z gavharidan akslangan ultrabinafsha nur yordamida tekshirib ko‘rildi. Bundan keyin kompyuterdagi fiziologik okulyarda 250 ming dollar to‘lab, yarim soat tajriba o‘tkazilganida uning yorug‘lik akslantirish darajasi 2 foizdan oshmadi. Lekin inson teridan tayyorlangan tomchi quyilganda 15 daqiqada 2 foizdan 60 foizga yorug‘lik darchasi ochildi. 20 daqiqada 90 foizga ziyodalashdi. 30 daqiqada 95 foizga ziyodalashdi. 60 daqiqada 99 foizga ziyodalashdi.
Savol: Bu tomchida nojo‘ya ta’sirlar kuzatildimi?
Javob: Mutlaqo. Ter tanadan ajralib chiqadigan modda bo‘lib, yuqorida aytganimizdek, uning tarkibi karbamidning tarkibi bilan deyarli bir xil. Shuning uchun bu malham konsentratsiyasini o‘n barobarga oshirib, hayvonlarda tajriba o‘tkazish lozim. Bunda malham organizmga og‘iz orqali yoki bevosita yurakning protein pardasiga kiritish orqali singdirildi. Ushbu tajribada ham nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmadi, malham jigar, buyrak, miyaga yoki qon tarkibiga umuman ta’sir ko‘rsatmadi.
Savol: Bu tajriba quyonlar ustida o‘tkazilgan ekan. Agar buni insonning fiziologik ko‘zi ustida o‘tkazilsa, nima bo‘ladi?
Javob: Bunday tajriba 250 ta ko‘ngilli ishtirokchi ustida o‘tkazilganida 90 foizdan ko‘proq kishilarning ko‘zidagi oqlik ketib, ko‘rishi avvalgi holiga qaytdi. Klinik tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, qolgan 10 foiz kishilarning ko‘z gavharida shaffoflik kuzatilgan, biroq ko‘z to‘rida boshqa kasallik bo‘lgani uchun ularning ko‘rishi yaxshilanmagan.
Savol: Ana shu tomchi ko‘zdagi kataraktadan boshqa ko‘z kasalliklariga shifo bo‘la oladimi?
Javob: Ha, ko‘zdagi shox pardaga ham shifo bo‘ladi. Ko‘z zaiflashganda oqlik yuzaga kelishi ana shu shox parda sirtida sodir bo‘ladi. Bu qon quyilgandagi yoki shox parda tarkibidagi proteinining tabiatida o‘zgarish bo‘lgandagi holatdir. Tajribalardan sobit bo‘ldiki, ushbu tomchini ikki hafta davomida har kuni ikki martadan quyib borilsa, ko‘rish xususiyati yaxshilanib, asl holiga qaytadi.
Savol: Shox pardadagi oqlik avvallari qanday muolaja qilinar edi?
Javob: Avvallari o‘lgan kishining ko‘z shox pardasini ko‘chirib o‘tkazish orqali muolaja qilinar edi. Ilova qilib aytadigan bo‘lsak, bunda ko‘rish quvvati avvalgi holiga qaytmas edi.
Savol: Siz o‘zingizni qanday his qildingiz? Chunki siz butun insoniyatga Qur’on voqeligidan muolaja taqdim qildingiz. Vaholanki, ichimizdagi ba’zi kishilar dunyoviy ishlarga yoki ilmiy bahslarga Qur’onning aloqasi yo‘q deb hisoblashadi.
Javob: Men bu ishim bilan ilmning zakotini ado qildim, deb hisoblayman. Axir molning zakoti chiqarilganidek, ilmning ham zakoti chiqariladi-ku? Axir ilm insonlarning yaxshi kuniga xizmat qilishi kerak! Bundan tashqari, ushbu amaliy tajriba sababli Qur’oni karimning azamatini va ulug‘ligini yana bir bor his etdim. «Qur’onni mo‘minlar uchun shifo va rahmat o‘laroq nozil qilurmiz. U zolimlarga ziyondan boshqani ziyoda qilmas» (Isro surasi, 82-oyat). Shunga binoan, bu ulug‘ Kitobga qaytishni umid qilaman. Agar haqiqiy ma’noda qaytsakkina, avvalgi davrimizni qo‘lga kiritib, butun insoniyatni hidoyatga chorlay olamiz.
Savol: Bu dori bozorlarga chiqarilganida unga «Qur’oniy dori» deb ishora qilinadimi?
Javob: Ha, biz bu dorini ishlab chiqaruvchi shirkatga «Bu Qur’oniy dori», deb yozib qo‘yishni shart qilganmiz. Toki butun olam ana shu Qur’onning rostligini, dunyo va oxiratda odamlarni baxtli qilishda faol ekanini bilsin. Suhbatimiz oxirida yangi bir bahsni, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hadisi sharifda vasf qilganlaridek, ko‘z tibbiyotidagi boshqa bir dorini taqdim etmoqchiman. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) «Qo‘ziqorin ham bir ovqat turi bo‘lib, uning suvi ko‘z uchun shifodir», deganlar.
Inshaalloh, Allohning izni bilan mana shu bahs ham kelajakda keng qamrovli ilmlarni ochib beradi.
“Qur’on va Sunnatdagi ilmiy mo‘jizalar” kitobidan