Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyun, 2025   |   12 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:58
Xufton
21:35
Bismillah
08 Iyun, 2025, 12 Zulhijja, 1446

“YeVRO – 2020” chempionatidagi eng yaxshi 5 musulmon futbolchi

15.07.2021   1840   12 min.
“YeVRO – 2020” chempionatidagi eng yaxshi 5 musulmon futbolchi

2021 yil 11 iyun' kuni boshlangan futbol bo'yicha Yevropa chempionati tobora jadal qizg'in tus olib, butun dunyo bo'ylab tomoshabinlarni o'ziga jalb qilmoqda. Shu munosabat bilan “Yevro – 2020” maydonlarida to'p surayotgan eng muvaffaqiyatli musulmon futbolchilari beshligini tuzdik. Bular:

 

  1. Pol Pogba (Frantsiya)
  2. N'golo Kante (Frantsiya)
  3. Ilkay Gundogan (Germaniya)
  4. Antonio Rudeger (Germaniya)
  5. Hoqon Chalxano'g'li (Turkiya)

 

Ular haqida quyida batafsilroq so'z yuritsak:

 

  1. Pol Pogba (Frantsiya)

 

Pol Pogba Yevropadagi eng taniqli futbolchilardan biri. 28 yoshida u futbolchilik faoliyatida katta yutuqlarga erishdi, jumladan, Frantsiya terma jamoasi bilan 2018 yilda Rossiyada bo'lib o'tgan FIFA Jahon chempionatida g'olib chiqdi. Ammo ko'plab mukofot va unvonlarga ega bo'lishiga qaramay, Islom diniga rioya qilish uning shaxsiyati, kuchli xarakteri va mehnatsevarligini shakllantirishga katta ta'sir ko'rsatgan hal qiluvchi omil hisoblanadi.

 

Pogba Islom haqida: “Men uchun Islom bu barcha orzu umidimdir. Bu menga hamma narsadan minnatdor bo'lishga undaydi. Islom meni o'zgartirishga, hayotdagi ko'p narsalarni tushunishga majbur qildi. O'ylaymanki, bu meni hotirjam qiladi. Islom hamma ko'radigan terrorizm qiyofasi emas. Biz ommaviy axborot vositalarida eshitgan narsalar aslida boshqa narsadir. Bu ajoyib narsa. O'zingiz ko'rishingiz mumkin. Har kim o'zini Islom bilan munosabatini his qilishini anglashi mumkin.

Bu mening aqlimni boyitgan va meni yaxshi odamga aylantirgan din. Men narigi dunyo haqida ko'proq o'ylay boshladim. Islom insoniyatga va boshqa hamma narsaga hurmat bilan qarashdir".

 

  1. N'golo Kante (Frantsiya)

 

 N'golo Kante – Yevropaning eng yaxshi futbolchilardan biri, “Chelsi” jamoasi yarim himoyachisi – 1991 yil 29 martda Parijda kambag'al va oddiy afrika oilasida dunyoga kelgan. U tug'ilishidan 11 yil oldin, Kantening ota-onasi yaxshi hayot kechirish ilinjida tug'ilgan Mali shahrini tark etib, Frantsiyaga ko'chib kelishgan.

 

  Uning g'alaba va mo'maygina daromadlariga qaramay, N'golo Kantening barcha do'st va tanishlari har doim bu ajoyib futbolchi kamtarin va hatto uyatchan yigit ekanini ta'kidlashadi. Ba'zida u hattoki munosib kubok – Jahon kubogini olishdan oldin hijolat bo'lganida 2018 yilgi chempionatda bo'lgani kabi o'z g'alabalarini jamoada nishonlashdan ham tortingan.

 

 U har doim o'ynagan har bir jamoaning futbolchilari orasida hurmat qozonishi mumkin edi va ko'pchilik uni haqli ravishda Yerdagi eng mehribon inson deb biladi. Uning pullari umuman buzilmagan va u hech qachon o'z boyligini ko'z-ko'z qilmaydi va u mashg'ulotlarga o'z imkoniyatiga mos keladigan hashamatli mashinada emas, balki eski mini Kuperda yoki hatto piyoda holatda keladi. U o'z mablag'larining katta qismini o'zi o'sgan, hattoki kambag'alroq oilalarning bolalariga yordam berish uchun xayriya mablag'lariga sarflaydi, shuningdek, butun dunyo bo'ylab kasal bolalarni davolashga katta mablag' sarflaydi.   Ajablanarlisi, u haqida bunday xayr-ehsonlari tasodifan ma'lum bo'ldi va N'golo Kante o'zi xayriya faoliyatini reklama qilishni zarur, deb hisoblamaydi.

 

Kante mushohadali musulmon yigiti. U Makka Mukarramaga borib, bir necha bor haj qilgan va Ramazon oyidagi futbol uchrashuvlarida jismoniy faollikka qaramay, ro'za tutishni tark etmaydi. Shunday qilib, 2021 yilda Kante ro'za holatida "Chelsi" ni Chempionlar ligasi finaliga olib chiqdi.

 

  1. Ilkay Gyundogan (Germaniya)

 

       Ilkay Gyundogan – kelib chiqishi turk, u "Manchester Siti" klubi va Germaniya terma jamoasining yarim himoyachisi, 1990 yil oktyabr' oyida Germaniyaning Gelzenkirxen shahrida tug'ilgan.

 

2011 yildan beri Germaniyaning "Borussiya" Dortmund klubida o'ynab kelmoqda. Bu vaqt ichida u chempionlik unvonini qo'lga kiritdi, jamoa bilan Chempionlar Ligasi finaliga qadar etib bordi, shuningdek, Germaniya Superkubogini ikki marta qo'lga kiritdi. Gyundogan UYeFA Chempionlar Ligasi finalida "Borussiya" ning yagona goliga mualliflik qildi. 2016 yil 2 iyun' kuni futbolchi 27 million evro evaziga "Manchester Siti" ga ko'chib o'tdi. Hozirda Gyundogan Germaniya terma jamoasi safida “Yevro-2021” chempionati o'yinlarida qatnashmoqda.

 

Ilkay Gyundogan Dortmundning "Borussiya"sida o'ynagan paytida ba'zilar unga nisbatan irqchilik holatlari haqida gapirardi.

“Dortmundga kelganimda, men hamma narsaga tayyorman deb o'ylardim. Men nohaq edim. Men nima bo'lganini hech qachon unutmayman. Men shaharda kvartira qidirib yurgan edim va bu odamlarning: "Uning familiyasini ko'rganmisiz? Gundogan, turkcha. Siz haqiqatan ham bunga qodir deb o'ylaysizmi?", degan so'zlarini eshitdim. Ammo men ularga futbolchi ekanligimni aytishim bilan, ularning ohanglari butunlay o'zgardi: "Eh janob, iltimos, kiring, bir ko'z tashlang". Va bu odamlar o'zlari muhojirlar edi! 

 

Odamlar menga nemis tilida yaxshi gapirishimdan hayratda qolishganini aytishdi. Men javob berdim: "Ho'sh, men Germaniyada ulg'ayganman. Agar bu tilda gaplashmasam g'alati bo'lar edi". Huddi shu narsa teskari yo'nalishda ham sodir bo'ldi. Mening ota-onam turk. Men ham o'zimni turk deb bilaman. Ammo ba'zi turklar "sen turkmisan?" Men ikkala mamlakatga ham tegishliman, lekin ba'zida ular orasida qolgandek bo'laman. Ba'zilar meni butunlay nemis emas deb aytishadi. Boshqalar esa ular umuman turk emasligini aytishadi. Ho'sh, men kimman? ", - deya Gyundogan Marca so'zlaridan iqtibos keltiradi. 

 

  1. Antonio Rudeger (Germaniya)

 

Antonio Rudeger – nemis futbolchisi, "Chelsi" klubi va Germaniya terma jamoasi himoyachisi. 1993 yil 3 martda Berlinda tug'ilgan. Uning ota-onasi fuqarolar urushi avjida bo'lgan S'erra-Leonedan Germaniyaga qochib ketishlari kerak edi.

 

Tabiatan, Antonio fidoyi va har doim evaziga hech narsa kutmasdan boshqalarga yordam berishga tayyor. Quyidagi voqea uni juda yaxshi xarakterlaydi: bir marta, yoshlar o'yinida Rudi raqiblarining bo'sh darvozasi tomon yugurdi va gol urishi mumkin edi. Ammo buning o'rniga u uzoq vaqt jamoadoshini kutib, unga to'pni berdi va keyin jamoadoshi gol urdi. Bungacha jamoadoshi hech qachon gol urmagan edi.

 

 Antonio Rudeger afsuski, u irqchilikni juda qattiq shaklda boshdan kechirish imkoniyatiga ega edi.

 

"Meni “nigga” deb atashgan. Men har safar to'pga tekkanimda, ular maymun tovushlarini chiqarishardi. Bular shunchaki bir nechta odam emas, balki 2017 yilda Rim derbisida "Latsio" muxlislarining katta sektori edi (o'shanda Antonio "Roma" da o'ynagan taxminan).

 

Bu birinchi marta meni irqiy haqorat qilish emas edi, lekin eng yomoni u erda haqiqiy nafrat bor edi. Siz ularning ko'zlarini ko'rganingizda buni tushunasiz. Bunday holat yuz bergand, futbol olami qanday munosabatda bo'ladi? Odamlar: "Oh, bu juda dahshatli", deyishadi. Futbolchilar va klublar Instagramda qisqa xabarlarni joylashtiradilar: "Irqchilikka yo'l yo'q". Hamma xuddi bir ikkita ahmoqdek harakat qiladi. Tergov olib borilmoqda, ammo hech narsa bo'lmaydi. Vaqti-vaqti bilan, ijtimoiy tarmoqlarda katta aktsiyalar mavjud. Va har kim o'zini ajoyib his qiladi, keyin hamma narsa normal holatga qaytadi. Va hech narsa hech qachon o'zgarmaydi.

 

Ayting-chi, nega matbuot, muxlislar va futbolchilar Superligani 48 soat ichida to'xtatish uchun birlashdilar, ammo stadionda yoki ijtimoiy tarmoqlarda aniq irqiy zo'ravonlik bo'lganida bu har doim "murakkab"? Ehtimol, bu tribunadagi bir nechta ahmoqlar emasmi? Balki hamma narsa chuqurroq bo'lganligi uchundir?", deb yozdi Rudeger "O'yinchilar tribunasi" ning ustunida. 

 

  1. Hoqon Chalhanoglu (Turkiya)

 

Hoqon Chalhanoglu 8 fevral kuni Germaniyaning janubidagi Manxaym shahrida turk oilasida tug'ilgan. Milan klubi va Turkiya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi. 

Hakan chuqur oilaviy odam. Uning o'rnagi professional futbolchi bo'lgan otasi. Uning ukasi Muhammad ham futbolchi. 

Futbolchining juda hamjihat oilasi bor. U har bir o'yin oldidan onasiga qo'ng'iroq qiladi. “Uning ovozi meni rag'batlantiradi”, deydi Chalxanoglu. 

Hokan Manxaymda tug'ilgan bo'lsa-da, u doimo ota-onasining tug'ilgan qishlog'i – Bayburtga yaqin bo'lgan. Yozda jamoadoshlarining aksariyati O'rta er dengizi bo'ylab ajoyib kurortlarga borganlarida Hoqon oilasining qishlog'iga tashrif buyurishni yaxshi ko'radi. 

“Ba'zi odamlar shaharlarni yaxshi ko'rishadi, ammo qishloqda tabiatdan yaxshi narsa yo'q. Shuning uchun bo'sh vaqtimda u erga boraman. Qishloq  juda chiroyli va maftunkor, meni quvontiradi”.

               
Ilyosxon Ahmedov tayyorladi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Istig‘forning 72 ta xislati

02.06.2025   5702   4 min.
Istig‘forning 72 ta xislati

ISTIG‘FOR ning 72 ta XISLATI

                                       ni

    ULUG‘  USTOZ  ULAMOLARIMIZ  bayon  qilib  berganlar:

 

 

Kalomulloh – Qur’oni karimning

muborak oyati karimalaridan

va

Janobi Payg‘ambarimiz

Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning

muborak hadisi shariflaridan

       ISTIG‘FOR ning 72 ta XISLATI:

 

 

  1. Alloh taologa itoatgo‘y banda istig‘for aytadi.
  2. Istig‘for aytgan banda payg‘ambarlar, solihlar yo‘lidan yuradi.
  3. Istig‘for aytuvchi odam imon halovatiga erishadi.
  4. Istig‘for bandani gunohlardan poklaydi.
  5. Istig‘for aytuvchining gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi.
  6. Istig‘for aytuvchiga ne’matlar ko‘paytirib beriladi.
  7. Istig‘for bandaning ikki dunyoda ham martabasini ko‘taradi.
  8. Istig‘for baxt-saodat olib keladi.
  9. Istig‘for tufayli istig‘for aytuvchi ham, atrofdagi odamlar ham buzuqliklardan poklanadi.
  10. Istig‘for yomg‘ir yog‘ishiga sabab bo‘ladi.
  11. Istig‘for mol-dunyoga baraka kiritadi.
  12. Istig‘for aytuvchi inson farzand ne’mati bilan siylanadi.
  13. Dehqonchilik, chorvachilikdagi unumdorlik ham istig‘for aytish bilan uzviy bog‘liq.
  14. Istig‘for aytuvchi jahannamdan najot topadi.
  15. Istig‘for bandaning jannatga kirishiga sabab bo‘ladi.
  16. Istig‘for Alloh taoloning rahmati tushishiga sabab bo‘ladi.
  17. Istig‘for tanani baquvvat qiladi.
  18. Istig‘for aytuvchi odamning hayoti farovon bo‘ladi.
  19. Istig‘for aytuvchiga yaxshiliklar ko‘paytirilib beriladi.
  20. Istig‘for inson ko‘nglini xotirjam qiladi.
  21. Istig‘for boshga tushgan balolarni daf etadi.
  22. Istig‘for bandani Alloh taologa yaqinlashtiradi.
  23. Istig‘for aytuvchi odam Alloh taoloning rahmat-marhamatiga sazovor bo‘ladi.
  24. Istig‘for banda holatini ijobiy tomonga o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
  25. Istig‘for g‘iybatga kafforat bo‘ladi.
  26. Istig‘for shayton vasvasasini qaytaradi.
  27. Alloh taolo istig‘for aytgan bandani yaxshi ko‘radi.
  28. Istig‘for aytish Alloh taoloni xursand qiladi.
  29. Istig‘for g‘am-tashvishlarni ketkazadi.
  30. Istig‘for aytuvchi muammolaridan qutuladi.
  31. Istig‘for aytuvchi odam gunohlardan forig‘ bo‘ladi.
  32. Istig‘for aytuvchi muvaffaqiyat qozonadi.
  33. Istig‘for tashvishlarni aritadi.
  34. Ko‘p istig‘for aytuvchi odam kasallikdan to‘liq tuzalib ketadi.
  35. Istig‘for aytuvchi odam qiyinchilikdan farovonlikka chiqadi.
  36. Alloh taolo istig‘for aytuvchining mushkullarini oson qiladi.
  37. Yetib bo‘lmas marralarni istig‘for ila zabt etadi.
  38. Istig‘for ila dildagi vasvasalar yo‘qoladi.
  39. Istig‘for bilan qo‘rquvlar ariydi.
  40. Istig‘for bilan dilga quvonch kiradi.
  41. Istig‘for qalbga taskin beradi.
  42. Istig‘for ko‘ngilni xotirjam qiladi.
  43. Istig‘for tinchlik-xotirjamlik olib keladi.
  44. Istig‘for insonni sog‘lom qiladi.
  45. Istig‘for kasalliklarni aritadi.
  46. Istig‘for aytuvchi odam yorug‘ kunlarga erishadi.
  47. Istig‘for bilan inson orzusiga yetadi.
  48. Istig‘for aytuvchining dili yayraydi, ko‘ngli yoziladi.
  49. Istig‘for xursandchilik olib keladi.
  50. Istig‘for qalbni charog‘on, ruhni tetik qiladi.
  51. Istig‘for aytuvchining xotirasi kuchayadi.
  52. Istig‘for yuzni nurli qiladi.
  53. Istig‘for rizq kelishini osonlashtiradi.
  54. Istig‘for aytuvchining duosi qabul bo‘ladi.
  55. Alloh taolo istig‘for aytuvchining og‘irini yengil qiladi.
  56. Ko‘p istig‘for aytgan odam Qiyomat kuni nomai a’molini ko‘rib xursand bo‘ladi.
  57. Olamdan o‘tib ketgan ota-onalar farzandlari aytgan istig‘forlari tufayli jannatda eng yuqori martabalarga ko‘tarilishadi.
  58. Istig‘for odamni tushkunlikdan xalos etadi.
  59. Istig‘for hasrat-nadomatni, pushaymonni ketkazadi.
  60. Istig‘for qalbni tiniqlashtiradi.
  61. Istig‘for aytib yuruvchi odamga Alloh taolo har qanday qiyin vaziyatdan chiqish yo‘lini ko‘rsatadi.
  62. Istig‘for aytib yuruvchi odamning Alloh taolo musibatlarini ko‘taradi.
  63. Istig‘for aytib yurgan bandaning Alloh taolo har qanday qiyinchiliklarini yengillashtiradi.
  64. Istig‘for aytib yuruvchi inson qashshoqlikka yo‘liqmaydi.
  65. Istig‘for aytuvchining ishlari yurishadi.
  66. Istig‘for er-xotin o‘rtasidagi kelishmovchilikni daf etadi.
  67. Istig‘for farzandlarni itoatli qiladi.
  68. Alloh taolo istig‘for aytib yurgan odamga kutmagan tarafidan ne’mat, rizq jo‘natadi.
  69. Istig‘for aytuvchi odamning rizqi ulug‘ bo‘ladi.
  70. Istig‘for aytuvchi odamning kasb-koriga Alloh taolo xayr-baraka beradi.
  71. Kim mo‘minlar haqqiga istig‘for aytsa, Alloh unga har bir mo‘min muqobilida bittadan hasanot yozib qo‘yadi.
  72. Istig‘for aytilgan xonadonga ilohiy fayzu xayr-baraka kiradi.

 

Mehribon Parvardigorimiz

o‘zlarimizni ham,

farzand-zurriyotlarimizni ham

O‘zi buyurgan,

Janobi Payg‘ambarimiz alayhissalom tavsiya etgan,

o‘tmishda o‘tganlarimizning ruhlari shod bo‘ladigan,

xalqimiz xursand bo‘ladigan,

ota-onalarimiz rozi bo‘ladigan yo‘llardan yurishimizni nasib etsin!

Ibrohim domla Inomov

Ibratli hikoyalar