Rossiya Federatsiyasi Musulmonlari diniy idorasi va Rossel'xozbank birgalikda halol oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish va halol mahsulotlarni islom dunyosi mamlakatlariga eksport qilishni oshirishga kelishib oldi.
Islamisemya.com xabariga ko'ra, tegishli kelishuv bir kun avval ushbu tashkilotlar rahbarlari – Ravil Gaynutdin va Boris Listov tomonidan imzolangan edi. Bank raisi kredit muassasasi Rossiyada halol mahsulotlar targ'ibotiga katta e'tibor qaratayotganini ta'kidladi.
Ushbu sa'y-harakatlarning bir qismi sifatida bank halol mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar uchun «Svoyo.Fermerstvo» raqamli ekotizimini yaratdi . Ushbu loyiha nafaqat Rossiyaning ko'p millionli musulmon aholisi, balki boshqa davlatlardagi ikki milliarddan ortiq dindoshlarini ham halol mahsulotlar bilan ta'minlash imkonini beradi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.
O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).