"Yulduzlar jangi" va "Favorit" fil'mlari ustida ishlagan britaniyalik musulmon kinorejissyor Islom haqidagi noto'g'ri fikrlarga qarshi chiqish va musulmonlarga o'z hikoyalarini aytib berishga qaratilgan ilk fil'mini suratga olmoqchi.
Islam.ru xabariga ko'ra, kinematograf Rizvan Vadan 2019 yilda "nafrat, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash" loyihasini boshladi. Chorshanba kuni u o'zining "Terrordagi xato" fil'mini chiqardi. "Odamlarga islom va musulmonlar ekstremizm va terrorizmni qo'llab-quvvatlamasligini tushuntirishim kerak. Aslida hech bir din ekstremizm va terrorizmdan holi emas", - deydi kinorejissyor. U 7 iyul' kuni, 7/7 London portlashlarining 13 yilligiga islom aniq bunday hujumlarni qo'llab-quvvatlamasligini bildirgan fil'mini chiqarishga qaror qilgandi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Savol: Dovud alayhissalom ro‘zasi haqida tushuncha bersangiz, uni juma kuni ham tutsa bo‘ladimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dovud alayhissalom ro‘zasi haqida Imom Buxoriy rahimahulloh quyidagi hadisni rivoyat qilganlar:
Abul Abbos Makkiy aytadi: “Men Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu taolo anhumoning shunday deganini eshitdim: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga: “Sen doimo ro‘za tutar va kechalari ibodat qilar ekansan?” – dedilar. Men: “Ha”, dedim.
U zot alayhissalom: “Agar sen shunday qilsang, ko‘zing zaiflashib, nafsing toliqadi. Kim yil bo‘yi ro‘za tutsa, ro‘za tutmabdi. Har oyda uch kun ro‘za tutish – yil bo‘yi ro‘za tutish kabidir”, dedilar.
“Men bundan ham ko‘prog‘iga qodirman”, dedim.
U zot alayhissalom: “Unda Dovud alayhissalomning ro‘zasini tut, u kishi bir kun ro‘za tutar va bir kun og‘zi ochiq bo‘lar hamda dushmanga yo‘liqqanda qochmas edi”, dedilar.
Kimdir mazkur hadisga amal qilib, Dovud alayhissalom ro‘zasini tutayotganda uning ro‘zasi juma kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, hech karohiyatsiz joiz bo‘ladi.
Kishining nafl ro‘za tutishga odatlangan kunlari yoki Ashuro kuni kabi fazilatli ro‘zalar juma, shanba yoki yakshanba kunlaridan biriga to‘g‘ri kelib qolsa, shu kuni ro‘za tutishi durust bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.