Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyul, 2025   |   14 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:16
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
09 Iyul, 2025, 14 Muharram, 1447

YaNGI QONUN – DINIY BAG'RIKYeNGLIK VA MILLATLARARO TOTUVLIKNING HUQUQIY ASOSIDIR

08.07.2021   1812   11 min.
YaNGI QONUN – DINIY BAG'RIKYeNGLIK VA  MILLATLARARO TOTUVLIKNING  HUQUQIY ASOSIDIR

Munosabat

Buyuk mutakallim alloma, vatandoshimiz Abu Muin Nasafiy hazratlari ezgulik va yovuzlikdan birini tanlash inson hayotining asosini tashkil etishiga e'tibor qaratar ekanlar, baxtli yoki baxtsizligi ayni shu sabab bilan bog'liqligini uqtiradilar hamda to'g'ri tanlovning bir ko'rinishi jamiyatda mavjud qonunlarga itoat qilishda ekanini aytganlar.

Darhaqiqat, qonunlarga itoat etish va rioya qilish – totuvlik va tinchlikning asosidir! Qonunga rioya qilish jamiyat a'zolarining barchasiga birdek taalluqli!

Ushbu kelishuvni qayd etish, rasmiylashtirish, amal qilish va nazorat qilish tizimining barchaga barobar tushunarli bo'lishi jamiyatning komillik darajasini belgilab beradi. Demak, barcha jabhalarda qonun ustuvor bo'lgan jamiyat – komil jamiyatdir! Intizom, tartib, o'zaro hurmat bo'lgan jamiyat rivojlanish yo'lini tez topib oladi va ushbu yo'lda sobitqadamlik bilan ilgarilaydi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi yangi Qonunni imzoladi.

Mazkur Qonun jahon andozalaridan, inson huquqlari bo'yicha umumjahon namunalaridan, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi xalqaro qonunchiligidan, vijdon erkinligi hamda diniy soha bo'yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning ko'plab hujjatlaridan, huquqshunoslikning vijdon erkinligi bandi bo'yicha dunyo tan olgan davlatlarning qonunlaridan, aksariyat xalqi musulmon dinimizga mansub davlatlarning, ko'plab arab davlatlarining, avval-azaldan dunyo xaritasida shu sohada obro' qozongan mamlakatlarning qonunlaridan yaxshi va manfaatli tomonlari olinibgina qolmasdan, balki tilimiz boshqa bo'lsa-da, DINIMIZ – BIR bulgan bir qancha diyorlarning AYNAN mana ShU qonunlari zo'r professionallarimiz va kuchli mutaxassislarimiz taraflaridan har tomonlama puxta va chuqur, har jihatdan batafsil va keng o'rganib chiqilgani yaqqol ko'rinib, ochiq-oydin sezilib, ravshan bilinib turibdi.

Buni nafaqat huquqshunos, nafaqat dinshunos, nafaqat islomshunos, balki har qanday oddiy fuqaro ham, oddiy bir mo'min-musulmon odam ham yaxshilab, diqqat bilan o'qib va uqib chiqsa, o'zi anglab oladi.

6 ta bob, 35 ta moddadan iborat bo'lgan, Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 4 mayda qabul qilingan, Senat tomonidan 2021 yil 26 iyunda ma'qullangan, 2021 yil 5 iyul'da qabul qilingan № O'RQ-699-sonli “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi” qonunda bir talay o'zgarishlar bor. Eng muhimi, diniy tashkilotlarni ro'yxatdan o'tkazish tartibi ham engillashtirildi.

– diniy tashkilotni tuzish uchun tashabbuskorlarning soni 100 nafardan 50 nafarga qisqartirildi;

– diniy tashkilotni tuzish haqidagi yig'ilish o'tkazilgandan keyin 6 oy mobaynida (amalda 3 oy) adliya organiga murojaat qilish huquqi mustahkamlandi;

– ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq xizmatlar to'liq elektron ko'rinishda amalga oshirilishi joriy etildi;

– diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqishning 3 oylik muddati 1 oy etib belgilandi.

Dunyoda elatlar ko'p, e'tiqodlar, din va mazhablar xilma-xil. Ming yillardan beri insoniyat bilan yonma-yon yashayotgan, uning ma'naviy olamini to'ldirib, ezgu amallarga undab kelayotgan dinlarning mohiyatiga razm solsak, hamohanglik, mushtaraklik g'oyalarni ilg'aymiz. Hatto ularning da'vati ham nihoyatda o'xshash: “Odamlar, ahil-inoq yashang!”, “O'zganing haqidan xazar qiling!”, “Bir-biringizga yomonlik qilmang!”, “O'zingizga ravo ko'rganingizni yaqiningizga ham ravo ko'ring!”, “Qo'ldan kelgancha yaxshilik qiling!”, “Mehr-muruvvatli bo'ling!”...

Shunday bo'lsa-da, sayyoramizning turli nuqtalarida dinlararo ziddiyatlar, mazhablararo qarama-qarshiliklar hamon uchrayotgani, bu hol qonli to'qnashuvlarga sabab bo'layotgani, bundan tinch aholi jabr chekib, shaharlar, davlatlardagi barqarorlik izdan chiqayotgani ayni haqiqat. Insonlarning eng muqaddas a'moli – e'tiqodidan foydalanib, mafkuraviy xuruj uyushtirish, din niqobi ostida manfur g'oyalarini amalga oshirishdan tap tortmaydiganlar, afsuski, doimo payt poylaydi, sodda, g'o'r kishilarga, yoshlarga tuzoq qo'yadi. Bunday tahdidlarga qarshi ogohlik va hushyorlikni yo'qotmaslik, yoshlarning ongi va qalbini himoyalash – davr talabi.

Sir emas, ayrim g'araz maqsadli kimsalar muqaddas dinimizni niqob qilib olib, yoshlarni o'z domiga tortmoqchi bo'lgani yaqin tariximizda kuzatildi. Shu va boshqa sabablarni inobatga olib, yangi qonunda diniy ta'limning professional maqomi rasman e'tirof etildi, O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining, dinga bo'lgan munosabatidan qat'i nazar, dunyoviy ta'lim olish huquqi ta'minlanishi qayd etildi.

Har qanday shaxsning “o'zicha” aholiga diniy ta'lim berishi – noan'anaviy aqidalarning tarqalishiga, mutaxassis bo'lmagan shaxslar tomonidan sof diniy masalalar bo'yicha biryoqlama tushunchalar berilishiga olib kelishini hayot ko'rsatmoqda...

Bu esa jamiyatda diniy masalalar bilan bog'liq ixtiloflar kelib chiqishiga, aholining yot g'oya va qarashlar ta'siriga tushishiga sabab bo'ladi. Shu maqsadda, diniy ta'lim muassasasidan tashqarida diniy ta'lim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilangani ayni muddao bo'ldi.

Ko'p millatli hamda ko'p konfessiyali yurtimizda diniy bag'rikenglik masalalariga katta e'tibor berilayotgani bois turli millat va elat vakillari ahil-inoq yashab kelmoqda. “Jaholatga qarshi – ma'rifat” ustuvor tamoyilga amal qilinayotir.

Oqilona din siyosatidan minnatdor kishilar umuminsoniy g'oyalar ostida birlashmoqda. Mamlakatimizda dinlararo bag'rikenglik nafaqat dindorlarning, balki butun jamiyat a'zolarining ezgulik yo'lidagi hamkorligini yuzaga chiqarib, tinchlik va barqarorlikning muhim shartlaridan biriga aylangan.

Qonunning yana bir muhim jihati amaldagi qonunchilik hujjatlarida “ibodat libosi” tushunchasining huquqiy ta'rifi mavjud emasligi sababli jamoat joylarida ibodat libosida yurishga taqiq Qonundan chiqarib tashlandi.

Ushbu Qonun dono xalqimizning BUGUNGI xoxish-istaklariga, HOZIRGI zamon talablariga, AYNI PAYTDAGI davr ehtiyojlariga to'la-to'kis javob beradi, deb ishonamiz.

Qonun qabul qilindi, rasmiy kuchga ham kirdi... Endi hamma gap unga rioya qilishda. Zero, mo'min-musulmonlarning yaxshisi ushbu hadisi sharifda go'zal tarzda ifodalangan: “Oxirati deb dunyosini, dunyosi deb oxiratini tark qilgan banda sizlarning yaxshilaringiz emas. Zero, ikkisining jamg'arishi lozim bo'lgan jihati bor. Odamlarga boqimanda bo'lib qolmanglar (ya'ni, ularga zinhor og'irligingiz tushmasin)!(Imom Daylamiy rivoyatlari).

Hazrati Umar ibn Hattob raziyallohu anhu: «Dunyosini tark etib, faqat oxirati uchun amal qilgan odam ham va oxiratini tark etib faqat dunyosi uchun amal qilgan odam ham – sizlarning yaxshilaringiz emas. Balki unisiniyam, bunisiniyam ushlagan odam – yaxshilaringizdir! Eng johil inson – oxiratini birovning dunyosi uchun sotgan kishidir. Alloh xohlasa, bu dunyoda beradi, xohlasa, oxiratga qoldiradi. Uning dargohidagi ajr-mukofotlar tavakkul qilganlar uchun dunyo manfaatlaridan ustunroq va bitmas-tuganmasdir», – deb ogohlantirganlar.

Husayin Voiz Koshifiy: «Davlat va jamiyatni qonun ustuvorligisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Chunki busiz dunyoning muhim ishlarini tartibga solish vazifasini amalga oshirish mumkin emas. Tarbiya va jazo haqidagi qonunlarning bo'lmaganligi davlat faoliyatining buzilishiga va inson huquqlarining kamsitilishiga olib keladi», degan.

Abu Nasr Farobiy esa: “Qonunsiz jamiyatda tartib o'rnatib bo'lmaydi”, deb hisoblaydi. Mutafakkirning fikricha, jamiyatda qonun ustuvor bo'lib, inson huquqlari kafolatlanmasa, o'zaro bir-birini qo'llab-quvvatlash tartibga solinmaydi. Chunki har kim o'z shaxsiy manfaatini ko'zlab boshqalarga zarar etkazadi, o'zaro kurash, buzg'unchilik va zo'ravonlik kabi illatlar avj oladi.

Muxtasar aytganda, dunyodagi boshqa davlatlarning qonunlaridan bizning yangi Qonunimizning ENG YoQIMLI tomoni ham, ENG ChIROYLI jihati ham, ENG MA_''QUL joyi ham bu – nafaqat muqaddas dinimiz asoslari – KALOMULLOHI KARIM, MUBORAK HADISI ShARIFLARNING ko'p ma'nolari AKS ETGANLIGI, nafaqat ShARIATIMIZ xukm-axkomlari, rukn-arkonlari QONUNAN MUSTAHKAMLAB QO'YILGANLIGI, balki ota-onalarimizdan olgan OLIJANOB tarbiyamiz – milliy FAZILATLARIMIZ, diniy QADRIYaTLARIMIZ ham YoRITILIB, asrlar davomida ULUG' AJDODLARIMIZDAN DONO HALQIMIZGA betakror MYeROS bo'lib kelayotgan BYeQIYoS ma'naviyatimiz ham INOBATGA OLINGAN yangi Qonun yurtimizda diniy bag'rikenglik va millatlararo totuvlikni ta'minlash, barqarorlikni saqlash, adovat va murosasizlikka sabab bo'luvchi har qanday illatning payini qirqishda MUHIM huquqiy asos bo'ladi.

“Alhamdulilloh, men ham – musulmonman!” degan har bir inson Sarvari koinot Janob Payg'ambarimiz Hazrati Muhammad mustafo Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning quyidagi muborak hadisi shariflarini unutmaslik lozim: “Sizlarning  yaxshilaringiz – dunyo ishini deb oxirat ishini, oxiratni deb dunyo ishini tark  qilmaydigan va odamlarga malolligini tushirmaydiganlaringizdir”!

 

Ibrohimjon INOMOV,

O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muftiy hazrat: imtihonda shaffoflik va xolislikni ta’minlash zarur!

09.07.2025   167   2 min.
Muftiy hazrat: imtihonda shaffoflik va xolislikni ta’minlash zarur!

7 iyul kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtiroklarida Oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalari uchun 2025-2026 o‘quv yili qabul imtihonlariga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, professor  Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov diniy ta’lim muassasalari uchun yangi o‘quv yili kirish imtihonlarini tartibli o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

Muftiy hazratlari imtihonlarni adolatli va xolisona o‘tkazish, tartib-qoidalarga rioya etish, jarayonlar shaffof bo‘lishiga erishish hamda tegishli xonalar xavfsizligini ta’minlash, videokuzatuv kameralari bilan jihozlash kabi muhim jihatlarga diqqat qaratdilar. Shuningdek, imtihondan oldin abituriyentlar bilan o‘tkaziladigan suhbatlar ham belgilangan tartibda bo‘lishiga urg‘u berdilar.  
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari imtihonlarni ochiq-oshkora va adolatli o‘tkazish orqali yosh avlod haq-huquqlarini ta’minlash, iqtidorli yoshlarga bilimlarini namoyon etishga imkoniyat berishni qayd etdilar. Shuningdek, imtihon olishga mas’ul ustoz va mutaxassislar Alloh taolo huzurida ham, xalqimiz oldida ham ulkan mas’uliyatni chuqur his etishi hamda nomaqbul illatlardan saqlanishlariga katta diqqat qaratdilar. 

Madrasalarga kirish imtihon savollari umumta’lim maktab dasturlari asosida, Oliy diniy ta’lim muassasalari uchun kirish imtihon savollari esa madrasa ta’lim dasturlari asosida bo‘lishi ham alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida quyidagi muhim vazifalar belgilab olindi:
– Qabul jarayonlarini namunali tashkil etish;
– Yuqori darajada xavfsizligi ta’minlangan elektron dasturlardan foydalanish;
– Abituriyentlar uchun munosib sharoitlarni yaratish;
– Abituriyentlarga test sinovlaridagi huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
– Imtihon jarayonini videokuzatuv qurilmalari orqali nazorat qilish;
– Ota-onalar uchun kutish joylarini tayyorlash;
– Imtihon jarayonlarini namoyish etish uchun ekranlar o‘rnatish.

Qabul imtihonlari muvaffaqiyatli o‘tishini tilab duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Muftiy hazrat: imtihonda shaffoflik va xolislikni ta’minlash zarur! Muftiy hazrat: imtihonda shaffoflik va xolislikni ta’minlash zarur! Muftiy hazrat: imtihonda shaffoflik va xolislikni ta’minlash zarur! Muftiy hazrat: imtihonda shaffoflik va xolislikni ta’minlash zarur! Muftiy hazrat: imtihonda shaffoflik va xolislikni ta’minlash zarur!
O'zbekiston yangiliklari