Shu yil 5 iyul', dushanba kundan boshlab bu yilgi haj mavsumi tugaguniga qadar Makka Mukarramadagi Masjidul Harom va uning atrofidagi hududga haj ziyoratiga ruxsatsiz kirishga uringan kishilar 10 ming Saudiya riyoli (2 666 AQSh dollar) miqdorida jarimaga tortiladi.
Muqaddas qadamjolarga Mino, Muzdalifa va Arafot vodiylari kiradi. Agar jinoyat ikki marta sodir etilsa, jarima miqdori ham ikki baravar ko'payadi, deyiladi SAP IIV xabarida. Vazirlik barcha fuqarolar va aholini bu yilgi Haj mavsumi ko'rsatmalariga qat'iy rioya qilishga chaqirdi. Havfsizlik xizmati xodimlari esa Masjidul Harom va muqaddas qadamjolarga olib boruvchi barcha yo'l va punktlarda huquqbuzarliklar oldini olish va qoidabuzarlarga jarima solish maqsadida vazifalarini bajaradi, deb ta'kidladi.
O'MI Halqaro aloqalar bo'limi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bugun, 13 mart kuni juma namozini Toshkent viloyati Qibray tumani “Baytqo‘rg‘on” jome masjidida ado etdilar.
Muftiy hazratlari namozdan oldin jamoatga muborak oyning oxirgi dahasini g‘animat bilish, bu damlardan unumli foydalanib qolish borasida go‘zal suhbat qilib berdilar.
Alloh taolo oxirgi o‘n kunlikni o‘ziga xos fazilat va lutfu ehsoni bilan sharafli qilganki, bunga boshqa kun va oylarda yetishishning iloji yo‘q. Payg‘ambarimiz alayhissalom ham boshqa oylarda qilmagan ba’zi amallarni shu oyda qilganlar.
Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu oxirgi o‘n kunlikda ibodatlarga yanada jiddu jahd bilan kirishish, vaqtni g‘animat bilish, Qadr kechasini izlash kabi amallarni sanab o‘tar ekan, ayniqsa, Qadr kechasida qilingan solih amal boshqa ming oyda qilingan amaldan yaxshiroq bo‘lishini oyati karima bilan keltirib o‘tdilar. Zero, Alloh taolo Qadr surasining 3-oyatida “Qadr kechasi ming oydan ham yaxshiroqdir” deb marhamat qilgan.
Ma’ruzada jamiyatdagi birlik, inoqlik, o‘zaro yordam va muhabbat asosida qarindoshlarga yaxshilik qilish yotishi ta’kidlandi. O‘zaro arazlashganlar bo‘lsa yarashishga chaqirildi.
Shuningdek, bu yilgi Ramazon oyi o‘zgacha shukuh va ko‘tarinki ruhda o‘tayotgani, buning asosiy sababi – Prezidentimizning bevosita tashabbuslari bilan keng ko‘lamli xayriya va ijtimoiy ko‘mak tadbirlarining amalga oshirilayotgani ekani e’tirof etildi.
Manfaatli suhbat so‘ngida Alloh taolo barchamizni ushbu g‘animat damlardan unumli foydalanib, O‘zining roziligiga erishadigan bandalaridan qilishini so‘rab duo qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati