Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Iyul, 2025   |   14 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:16
Quyosh
04:58
Peshin
12:33
Asr
17:41
Shom
20:02
Xufton
21:37
Bismillah
09 Iyul, 2025, 14 Muharram, 1447

Giyohvand kishi o'z joniga qasd qiluvchidir

22.11.2023   2065   3 min.
Giyohvand kishi o'z joniga qasd qiluvchidir

Inson hayotda yaxshilikka intilib, yomonlikdan qaytib yashashga harakat qiladi, lekin yaxshilik va yomonlik tu­shunchalariga har kim har xil ta'rif beradi. Ba'zilar yaxshi deb hisoblagan ishlar boshqalar nazdida yomon, yoki aksincha bo'lishi ham mumkin. Islom di­ni ta'limotida nimaki yaxshi deb buyu­rilgan bo'lsa, u yaxshi, nimaki yomon deb qaytarilgan bo'lsa, o'sha narsa yomondir.

Dinimiz ahkomlari insonni dini, joni, aqli, nasli va salomatligiga, umuman aytganda, hayotiga zarar etkazishga sabab bo'luvchi barcha narsalarni yomon deb ulardan qaytargan, qaytaribgina qolmasdan, balki harom deb e'lon qilgan. Bulardan biri giyohvand moddalardir. Zero, giyohvandlik insoniyat kelajagining kushandasidir.

Alloh taolo A'rof surasining 157-oyati­da: “U (payg'ambar) ularni yaxshilikka buyuradi, yomonlikdan qaytaradi va pok narsalarni halol qilib, nopok narsa­larni ularga harom qiladi...” deb marhamat qilgan.

Hadisi shariflarda ham: “Har bir mast qiluvchi narsa harom”, “Kim o'zini-o'zi zahar bilan o'ldirsa, qiyomat kuni jahannam o'ti bilan azoblanadi”, deyilgan bo'lsa-­da, ba'zilar “oyat va hadislarda giyohvand moddalar nomi keltirilmagan-ku?” degan mantiqsiz savollarni o'rtaga qo'yishadi. Oqil kishiga Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning: “Har qanday mast qiluvchi va badanni bo'shashtiruvchi nar­salar harom”, deb marhamat qilganlari kifoya qiladi. Giyohvand modda nima deb atalishidan qat'i nazar, ularda mast qilish, badanni bo'shashtirish xususiyati bor. Alloh taolo insonni o'z joniga qasd qilmaslikka, o'zgalarning ham qonini nohaq to'kmaslikka buyuradi. Giyohvand esa oxir-oqibatda o'limga olib keladigan moddalarni iste'mol qilish bilan o'z joniga qasd qilgan sanaladi.

Giyohvand moddalar kishi me'dasi, jigar faoliyatiga salbiy ta'sir qiladi, o'pkasini ishdan chiqaradi. Shuningdek, u insonning asab tizimi buzilishi, ko'rish, eshitish, hid bilish, fikr yuritish, issiq-sovuqni, qattiq-yumshoqni, shirin-bemazani sezish xususiyatlari yo'qolishiga olib keladi.

Jamiyatga etkazadigan zararlari esa behad ko'p. Giyohvand kimsa o'ziga, oila­si, kasbi yoki o'qishiga nisbatan loqayd bo'­lib boradi. Ayniqsa, ishlab chiqarishda taraqqiyotning asosiy kuchi bo'lmish yosh­lar giyohvandlikning asosiy qur­boni bo'lishi juda ham ayanchli hol. Giyoh­vandlik shaxs va jamiyat o'rtasidagi mu­nosabatni buzishga olib keladi. Darhaqiqat, bu hayotda tez-tez uchraydi. Qavm-qarindosh, gulday farzandlar, umr yo'ldoshdan ayrilish, aksar hollarda mayib-majruh farzandlar tug'ilishi kabilar shular jumlasidan.

Giyohvand modda harom bo'lgach, uning tijorati, olingan foydasi ham harom hisoblanadi. Shunday ekan, bugun asr vabosi­ga aylangan, minglab yoshlarning gul umri xazon bo'lishiga olib kelayotgan, kelajakni, yashashdan asl muddaoni unuttirayotgan bu illatga qarshi kurashish har bir mo'min-musulmonning burchidir.

 

Mirjon domla EGAMBYeRDIYeV
"Hidoyat" jurnalidan

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi O‘zbekistonga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

07.07.2025   6547   1 min.
Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi O‘zbekistonga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov  Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisi Siti Ruhaini Juhayatinni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri. 

 

"Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Elchisi Siti Ruhaini Juhayatin xonimdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladik. Shubhasiz, O‘zbekiston-Indoneziya o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ko‘plab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud.

 

Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 23 iyunda o‘rnatilgan. O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi yangi elchisi Oybek Eshonov 2024 yilning 4 noyabr kuni Indoneziya Prezidenti Subianto Prabovoga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

 

"Dunyo" AA olgan surat

O'zbekiston yangiliklari