Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Oktabr, 2025   |   29 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:23
Quyosh
06:41
Peshin
12:13
Asr
15:51
Shom
17:37
Xufton
18:49
Bismillah
21 Oktabr, 2025, 29 Rabi`us soni, 1447

O'ziga bino qo'yish baxtsizlikdir

02.07.2021   1939   5 min.
O'ziga bino qo'yish baxtsizlikdir

Ba'zida ayrim kishilarning “xudbin bo'lmaslik kerak”, “ xudbinlik yomon” degan so'zlari quloqqa chalinadi.  Ho'sh, aslida, xudbinlik nima?

“ O'zbek tilining izohli lug'ati” da: “ Hudbinlik (forscha so'z) – manman, egoist; o'zinigina ko'zlovchi, o'zini yoki o'z manfaatini hammadan ustun qo'yuvchi” deyiladi. Shaxsning o'z manfaati doirasida aylanib qolishi, boshqalarning fikri va manfaati bilan hisoblashmay, faqat o'z fikrlari va shaxsiyatini yuqori qo'yish bilan shug'ullanib qolgan holati xudbinlik deyiladi. Hudbinlik ba'zan egoizm deb ataladi.  “ Egoizm “ lotincha so'z bo'lib, u  o'zbek tilidagi  birinchi shaxs olmoshi “ men”  ma'nosiga to'g'ri keladi. Manmanlik egoizmning uchiga  chiqqan shaklidir. Manmanlik bilan kibrlanish farqlanadi. Manmanlik inson o'zida berilgan ne'matlar bilan g'ururlanishidir. Kibr esa o'zini boshqalardan baland hisoblab, haq gapni tan olmaslikdir. Rasullloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Kibr nima? “ deb so'rashganda u zot sollallohu alayhi vasallam: “Kibr haqni tan olmaslik va odamlarga past nazar bilan qarashlik” deb javob berganlar. Manmanlik o'zini hamma narsadan ortiq yaxshi ko'rish va o'zidagi narsalardan kekkayishdir. Man-manlik kibrdan yomonroqdir. Manmanlik-ne'matlarni unutib, ne'matlardan kekkayishdir.

             Hudbinlik haqida Alisher Navoiy  “ Mahbubul-qulub” asarida : “O'ziga bino qo'yishlik – baxtsizlikdir, buning farq va darajalari bor. Hudbinning har bir qilgan ishi o'ziga yaxshi ko'rinadi, lekin bu ko'rimsiz qiliqda farqlar ko'pdir”

deb yozadilar.  

Halqimizda xudbinlik  yomon odat sifatida qoralanadi. Hudbinlik  odamni adashtiradi. Donishmandlar xudbinlik quyidagi sabablar orqali yuzaga keladi deyishadi:

  1. Ba'zi bir insonlar o'zlarini haddan ortiq yaxshi ko'rishlari sababidan;
  2. Ayrim odamlar o'zlarini boshqalardan ustun ko'radilar;
  3. Ayrim kishilar manmanlik, kibrli bo'lganliklari sababidan.

Inson tabiatida o'z-o'zini yaxshi ko'rish mavjud. Imom G'azzoliy rahmatullohi alayh muhabbatning besh turi haqida fikr yuritib, insonning o'ziga, o'zining a'zolariga, salomatligiga muhabbatini birinchi o'ringa qo'yadi. Uningcha, bu muhabbat Alloh, ota-ona, qarindosh-urug', do'st-birodar, muhtoj-ehtiyojmandlar xizmatida bo'lishga imkon yaratuvchi vosita hisoblanadi. Hudbinlik muhabbat hissiga emas, nafsga, hirsga asoslanadi, o'zini adolatsizlik, insofsizlik, berahmlik kabi illatlarda namoyon bo'ladi. Hudbinlik aksi bo'lgan oliyjanoblik (jumardlik)  hammaning ham qo'lidan kelavermaydi, lekin insonning o'ziga bo'lgan  muhabbati, boshqalarda ham o'ziga shunday muhabbat borligini inkor etmaslik kerak, bu qoida buzilgan joydan xudbinlik boshlanadi.

Hudbinlikda o'z mafaatini boshqa kishilar manfaatidan yuqori qo'yish salbiy axloqiy  sifat deb baholanadi.  Hudbinlik manfaatparastlik va shaxsiyatparastlikni o'z ichiga oladi. Hudbin odam o'z manfaati yo'lida hech kimni, hech bir jamoa, hech qanday jamiyatni tan olmaydi.  Hudbin kishilar biror kishidan foyda kelmasa, unga manfaat etkazishni xayollariga ham keltirmaydilar. Hudbin kishilar o'zlariga ega bo'lgan ne'matlarga, biror mavqe'ga boshqalarni ham ega bo'lishlarini xohlamaydilar.

Hudbinlik shaytonning nafsiga  kiruvchi yo'llardan biridir, xudbinlik tufayli insonni shayton zalolatga boshlaydi, uni  baloga yo'liqtiradi. Insonning xudbinligi,  manmansirashi  halokat girdobiga olib boradi.

               Hudbinlik jumardlik (oliyjanob)ning aksidir. Inson xulqidagi xudbinlik illati insonni oliy janob bo'lishidan to'sib turadi.  Inson o'zini doimo tergab turishi lozim. O'zida xudbinlik alomati sezilsa, uni ildiz otmay turib barham berish choralarini ko'radi. O'z nafsini tergab, uni xudbinlashib ketayotganligini tanqid qiladi.  Nafsini xudbinlik qudg'ularidan saqlaydi. Hudbinlikka qarshi ko'riladigan choralaridan biri  nafsning har xil orzularini chegaralashdir.  Insondagi xudbinlik illatining davosi oliyjanoblik bo'lib,  u yordamida o'ziga yaxshi ko'ringan narsani boshqalarga ham ulashishdir. Masalan, o'zi eb turgan taomini boshqa och kishilarga ham berish, o'z ahliga nafaqa qilib, ortganini boshqalarga ham infoq qiladi.  Oliyjanoblik xislati insonning qadrini oshiradi, boshqa insonlar bilan muomilasini yaxshilaydi, inson  muammolarini osonlik bilan echilishiga sabab bo'ladi. Bu fazilatli xislatni farzandlarimizga ularning yoshlik paytidayoq singdirib borishimiz lozim bo'ladi. Farzand yosh nihol, uni kamtar qilib o'stirsak, u kelajakda o'z o'rnini topadi. Chunki, yaxshi inson ho'l shoxga o'xshaydi, uni qancha tortsang egiladi, ammo sinmaydi. Hudbin kishi esa quruq shoxga o'xshaydi, uni tortsang sinadi.                

              Har bir insonning tabiatida xudbinlikka,  maqtanchoqlikka, o'zini ulug'lashga, kibrlanishga nisbatan mayllar bo'ladi . Inson o'z tibiatadagi bu mayllarni aql orqali tanib, ularni o'zidagi kamtarlik, oliyjanoblik  xususiyatlari bilan ushlab, xalqimizning “ Kamtarga kamol, manmanga zavol” degan maqolini yodga olib, o'z nafsiga nasihat qilish lozim.

              Darhaqiqat, inson uchun xudbinlik, manmanlik yarashmaydigan odatdir.  Inson xudbinlik va manmanlikdan saqlanish bilan o'z shaxsi va jamiyat uchun katta manfaat keltiradi.   Inson xudbinlik, manmanlik kabi yomon odatlardan tiyilish bilan ikki dunyo saodatiga erishadi.

Ruxiddin AKBAROV,

O'zbekiston musulmonlar idorasining Qashqadaryo  viloyati vakilligi xodimi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Imom Abu Hanifa rahimahullohning fatvo berish borasidagi mas’uliyati

20.10.2025   1398   3 min.
Imom Abu Hanifa rahimahullohning fatvo berish borasidagi mas’uliyati

Abu Hanifa aytdilar: "Men dahr’ (abadiy vaqt) nima ekanini bilmayman." Ya’ni, "Men unga "dahr" gapirmayman," degan iboradagi "dahr" so‘zidan qancha muddat qasd qilinganini bilmaganlar. Shuningdek, Imom Abu Hanifa quyidagi masalalarda ham tavaqquf qilib javob bermaganlar. Jumladan:

Birinchi savol: "Faqat najosat bilan oziqlangan hayvonning go‘shti qachon halol bo‘ladi?"

Bu masalada ulamolar ixtilof qilganlar: ba’zilar uch kundan keyin halol bo‘ladi, degan bo‘lsalar, boshqalari yetti kundan keyin, deganlar. Imom Abu Hanifa ushbu masalada tavaqquf qilib javob bermaganlar.

Ikkinchi savol: "Ovchi itni qachon "o‘rgatilgan" deb hisoblash mumkin?"

Imom bu masalaning yechimini amaliy tajriba bilan shug‘ullangan kishiga qoldirganlar. Ushbu masalada ba’zi ulamolar: "Agar it uch marta ovini yemasa, u o‘rgatilgan hisoblanadi", deganlar.

Uchinchi savol: "farzandni xatna qilish yoshi qachon?"

Bu masalada ulamolar ixtilof qilganlar: ba’zilar bolani 10 yoshida sunnat qilish kerak, deganlar; ba’zilar esa 7 yoshida yoki 12 yoshida qilish kerak, deb aytganlar. Imom Abu Hanifa esa ushbu masalada tavaqquf qilib javob bermaganlar.

To‘rtinchi savol: "Xunasa (ya’ni ikki jinsli odam) siydikni ikki joydan chiqarsa, uni erkak yoki ayol ekaniga qanday hukm beriladi?"

Bu masalaning javobini Imom Abu Hanifa ushbu dart ila balolangan kishiga qoldirib: "Siydikning qaysi joydan ko‘proq chiqishiga qaraydi", deb to‘xtalganlar.

Beshinchi savol: eshakning ortgan suvining pokligi masalasi bölib,

Abu Hanifa eshakning ortgan suvining pok yoki nopokligi masalasida qaror chiqarmaganlar.

Oltinchi savol: "Farishtalar payg‘ambarlardan afzalmi yoki yo‘qmi?"

Bu masalada ba’zi ulamolar payg‘ambarlar va maxsus insonlar farishtalardan afzal, deganlar. Imom Abu Hanifa esa ushbu masalada tavaqquf qilib javob bermaganlar.

Yettinchi savol: "Mushriklarning yosh holatda vafot etib ketgan bolalari oxiratda qayerda bo‘ladi?"

Bu masalada ba’zi ulamolar mushriklarning bolalari jannatda bo‘ladi, deganlar. Imom Abu Hanifa ushbu masalada tavaqquf qilib javob bermaganlar.

Sakkizinchi savol: "Masjid devorini shaxsiy mol bilan bezash mumkinmi?"

Ba’zi ulamolar zarurat bo‘lsa, masjidni bezash mumkin, deganlar. Imom Abu Hanifa ushbu masalada tavaqquf qilib javob bermaganlar.

To‘qqizinchi savol: "Jinlarning itoat va ibodatlari tufayli oxiratda insonlar kabi mukofotlanishlari masalasi"

Bu masalada Imom Abu Hanifa jinlar ham insonlar kabi mukofotlanadimi yoki yo‘qmi, degan savolda aniq bir fikr bildirmaganlar.

Xulosa qilib aytganda, bu holatlar Imom Abu Hanifaning chuqur ilmiy ehtiyotkorligi, taqvosi va shar’iy masalalarda asosli dalillarsiz qaror chiqarmaganliklarini ko‘rsatadi. Shuningdek, ular Qur’on va Sunnatni ijtihodlarining asosiy manbasi sifatida ko‘rganlar va qiyosni hech qachon ulardan ustun qo‘ymaganlar.

Azizbek Boqiyev,
Mir Arab oliy madrasasi o‘qituvchisi

MAQOLA