Sayt test holatida ishlamoqda!
19 May, 2025   |   21 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:01
Peshin
12:25
Asr
17:27
Shom
19:42
Xufton
21:12
Bismillah
19 May, 2025, 21 Zulqa`da, 1446

Karantin va uning foydalari, karantinni musulmon qanday o’tkazishi lozim

29.06.2021   1283   5 min.
Karantin va uning foydalari, karantinni musulmon qanday o’tkazishi lozim

 

Yurtimizga 16-mart kunidan boshlab butun dunyoda kechayotgan COVID-19 pandemiyasi yurtimizga ham kirib keldi va butun O’zbekiston karantin holatiga o’tkazildi.Xossatan,o’qishlar Oliy va o’rta maxsus ta’lim maskanlari ham online rejimga o’tkazildi. Insonlar oqish va oila tashvishlariga ko’proq vaqtligini ajratishdi karantin vaqtida. Talabalar ozlarining vaqtlarini foydali va maroqli o’tkazish maqsadida kunlarini ma’lum reja asosida olib borishmoqda. Quyosh chiqmasdan avval  tonngi ibodatlarni bajarib bolib hamma o’z vazifalarini bajarishga kirishadi. Talabalar esa avvalo kunni ibodat va Qur’on tilovati bilan boshlashadi. Keyin kunlik ta’lim vazifalarini bajarib biroz dam olish maqsadida stol ustida turgan biror bir ilmiy yoki badiiy asar mutolaasiga kirishiladi. Hozirgi kunga kelib yuritimizda nashr etilgan kitoblardan tashqari,chet eldagi qo’lyozma manbalarni ham olib kelishyapti va shu bilan bir qatorda ko’pchilik kitoblarning elektron yoki  audio shakllari ham ancha ommaviylashib qoldi. Elektron kitoblarni asl manbalarni topishdan ko’ra  tezroq topishning iloji borligi tufayli ko’pchilik elektron kitoblarni afzal ko’rishadi.

Elekton kitoblarni ham til bilish darajasiga qarab yoki qaysi tilni bilishiga qarab misol uchun ingliz,arab,nemis yoki xitoy tillaridagi alohida ajaratilgan joylar bor.Ba’zi kutubxonalar mutaxasislik fanlari bo’yicha ajratib chiqishgan .Misol uchun Iskandariya Kutubxonasi va boshqalar. Kitob o’qish ham talabaning miyasini ham ancha tetiklashtiradi.Biroz kitob mutoalasidan tashqari uy ishlariga biroz yordamlashish ham miyani ishlash faoliyatini yaxshilaydi va turli xil kasalliklar bo’lishining oldi olinadi.Talaba miyasini biroz dam oldirib olgandan keyin o’qish mashg’ulotlari va ma’ruzalar ni tinglab seminar mashg’ulotlari uchun tayyorgarlikko’rishni boshlaydi.Buning uchun ham ko’plab qo’shimcha manbalar qarab chiqishga tog’ri keladi.Misol uchun Qur’onshunoslik fanidan foydalaniladigan manbalar qatoriga Qur’onshunoslik, Qur’on ilmlari,Qur’on va Tartil ilmlari,Al-itqon fi Ulumil Qur’on, Mabhas Fi Ulumil Qur’on va  boshqalarni aytib o’tish mumkin.Hadisshunoslikdan Hadisshunoslik , Hadis ilmlari,Hadis ilmlarini qiyosiy organish,Taysiyr ulmustalahul Hadiys,Mustalahul Hadiys,Hadis istilohlari va boshqa kitoblar mavjud.Bundan tashqari Aqida,Tafsir va boshqa fanlar bo’yicha ham ko’plab manbalarga murojaat qilishga tog’ri keladi.Va Talabalar ham karantin paytidan unumli foydalangan holda mutaxasissligiga oid ko’plab adabiyot va manbaalarni o’qib chiqishdi.Karantinni boshqa bir foydalaridan biri insonlar shukr ne’matining qadriga yetishni o’rganishdi.Insonlar orasida kamayib ketayotgan shukr ne’matini qadriga yetishni Alloh Taolo yana bir bor insonga eslatib o’tdi. Ne’matlarga shukr qilish haqida Qur’oni Karimning Nahl surasi 114oyatida quyidagicha zikr qilgan:

﴿فَكُلُوا مِمَّا رَزَقَكُمُ اللَّهُ حَلَالًا طَيِّبًا وَاشْكُرُوا نِعْمَتَ اللَّهِ إِنْ كُنْتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ١١٤

“Bas,Alloh sizga rizq qilib bergan narsalaridan halol-pok holda yeng .Va agar unga ibodat qiladigan bo’lsangiz ,Allohning ne’matiga shukr qiling”

 

Bu oyatdan ko’rinib turibdiku Alloh bizga juda ko’plab ne’matlar bergan va biz ularga shukr qilishimiz kerakligi aytib o’tilyapti.Shukr kamaygan paytlarda insonlarga turli xil kasalliklar yuborilib ularni Alloh siaydi va buham inson zotiga berilgan narsalarning qadriga yetsihga chaqiradi. Avvallari hamma xohlagandek kiyinar yurar edi,butun dunyoda beboshliklar hukm surar edi. Allohning ne’matlariga shukr qilish haqida ko’pchilik o’ylamas edi.Musulmon bo’lmagan insonlar musulmonlarning hijobva shunga o’xshash tanani berkitib turuvchi liboslarni yomon ko’rishar ,hatto ba’zi bir o’rinlarda ularni kamsitishar ham edi..Lekin pandameiya boshlangandan keyin usti boshni turli xil kasalliklardan himoya uchun o’rshning inson tadiriga foydalalari yana bir bor ma’lum bo’lib qoldi va bu narsa xalqaro hamjiyat o’rtasida qo’llanishiga ham olib keldi.Hamma ozodalikka chaqira boshladi. Niqob taqishga yuzni o’rashga hatto hijob va shu kabilarni yopishga davlat rahbarlari tavsiyalar bera boshladi. Butun dunyo tinmasdan qo’l yuvishni takidlashyapti. Bu ham Musulmon olamidagi tahorat kabilarga e’tibor berishning ahamiyatini ko’tarib yubordi. Talabalar ham o’z o’qish joylarining,bolalar maktab , bog’chalarning eng muhimi inson shukr qilish va sog’likning qadriga yetishdi.Va oxir oqibatda hayotimizda muhim bo’lgan narsalarning qiyinchilik paytida qadriga yetishimizni vabu kabi narsalar Allohning bizga bergan rahmati ekanligini yana bir bor tushunib oldik .Allohim bu dardni bizning yurtimizdan va butun olamdan tezroq ko’tarishini so’rab duo qilamiz.

 

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi,

Islomshunoslik yo’nalishi III-kurs 104-guruh

talabasi Karimov Muhammadamin

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Allohning yordami yaqin

16.05.2025   3908   3 min.
Allohning yordami yaqin

Ibn Javziy rahimahulloh aytadi: “Bir ajoyib holat haqida fikr yuritdim: ba’zida mo‘minning boshiga bir ish tushsa, u astoydil duo qiladi, ammo duolarining ijobati ko‘rinmaydi. Umidsizlikka tushay deganda, uning qalbiga qaraladi. Agarda u Allohning fazlidan umidini uzmagani holda taqdiriga rozi bo‘lsa, duoning ijobati tezlashadi. Bu ma’nolar Alloh taolo nozil qilgan oyati karimada o‘z ifodasini topgan: «...Hatto Payg‘ambar va iymonli kishilar: “Allohning yordami qachon (kelar ekan)?» degan edilar. Ogoh bo‘lingki, Allohning yordami (hamisha) yaqindir”»[1].

Shunday holat Ya’qub alayhissalom bilan ham bo‘lgan. U zotning o‘g‘illari Yusuf alayhissalom dom-daraksiz yo‘qolib qolganida, kushoyish kelishidan noumid bo‘lmaganlar. Keyingi o‘g‘illari ham tortib olinganida, u zot Allohning fazlidan umidlarini uzmaganlari holda: «...Shoyadki, Alloh ularning (Yusuf, Binyamin va Misrda qolgan o‘g‘limning) barchalarini (bag‘rimga) qaytarsa...»[2], deganlar.

“Duoyimning ijobat bo‘lish muddati uzayib ketdi”, deb qayg‘urmang. Alloh taolo sizning tazarruingiz, yalinib-yolvorishlaringizni ko‘rishni iroda qilmoqda. Sizni qilgan sabringizga ajr ila mukofotlamoqchi. Siz shayton bilan jang qilishingiz uchun ham duoyingizning ijobatini kechiktirish ila sizni sinayapti.

Gohida Alloh taolo sizning aziymat, qat’iyatingiz naqadar quvvatli ekani va baloga qanchalik sabrli ekaningizni ko‘rish uchun ham dard berib imtihon qiladi. Agar sabr qila olsangiz, demak, siz itoatkor bandalar safidasiz. Bordi-yu, irodasizlik qilsangiz, ziyonkorlardan bo‘lasiz. Sabrdan keyin faqat va faqat yechim, yorug‘ kunlar bor.

Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu  anhu: “Sabr qilsang, ajrga ega bo‘lasan, baribir yozilgani bo‘ladi. Sabrsizlik qilsang, gunohkor bo‘lib qolasan, baribir yozilgani bo‘ladi”, deganlar.

Shoir aytadi:

Baloyu imtihon kelsa, alarga har on rizo ko‘rsat,
Sinov bergan sihatni ham O‘zi bergay aniq, albat.
Bandasiga ne hukm etsa, hikmati bor, itoat qil,
Bitganidan qutulmoqlik chorasizdir, bil, ey g‘ofil!
Noumidlik xanjarini ko‘kragingga urma ammo,
Ki Allohning qudratila yechilgaydir har muammo.

 Allohdan umidingizni uzmang. Sinovlarga sabr qiling, shundagina ulkan ajrlarni qo‘lga kiritasiz. Fazl ibn Sahl aytadi: “Kasalliklarda ne’matlar bor”. Bu borada quyidagilarga e’tiborli bo‘ling:

– gunohlardan tozalash;
– savobni qo‘lga kiritish;
– g‘aflatdan uyg‘onish;
– sog‘lik ne’matini eslab qo‘yish;
– tavbaga shoshilish.

Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.


[1]  Baqara surasi, 214-oyat.
[2]  Yusuf surasi, 83-oyat.