Yurtimizga 16-mart kunidan boshlab butun dunyoda kechayotgan COVID-19 pandemiyasi yurtimizga ham kirib keldi va butun O’zbekiston karantin holatiga o’tkazildi.Xossatan,o’qishlar Oliy va o’rta maxsus ta’lim maskanlari ham online rejimga o’tkazildi. Insonlar oqish va oila tashvishlariga ko’proq vaqtligini ajratishdi karantin vaqtida. Talabalar ozlarining vaqtlarini foydali va maroqli o’tkazish maqsadida kunlarini ma’lum reja asosida olib borishmoqda. Quyosh chiqmasdan avval tonngi ibodatlarni bajarib bolib hamma o’z vazifalarini bajarishga kirishadi. Talabalar esa avvalo kunni ibodat va Qur’on tilovati bilan boshlashadi. Keyin kunlik ta’lim vazifalarini bajarib biroz dam olish maqsadida stol ustida turgan biror bir ilmiy yoki badiiy asar mutolaasiga kirishiladi. Hozirgi kunga kelib yuritimizda nashr etilgan kitoblardan tashqari,chet eldagi qo’lyozma manbalarni ham olib kelishyapti va shu bilan bir qatorda ko’pchilik kitoblarning elektron yoki audio shakllari ham ancha ommaviylashib qoldi. Elektron kitoblarni asl manbalarni topishdan ko’ra tezroq topishning iloji borligi tufayli ko’pchilik elektron kitoblarni afzal ko’rishadi.
Elekton kitoblarni ham til bilish darajasiga qarab yoki qaysi tilni bilishiga qarab misol uchun ingliz,arab,nemis yoki xitoy tillaridagi alohida ajaratilgan joylar bor.Ba’zi kutubxonalar mutaxasislik fanlari bo’yicha ajratib chiqishgan .Misol uchun Iskandariya Kutubxonasi va boshqalar. Kitob o’qish ham talabaning miyasini ham ancha tetiklashtiradi.Biroz kitob mutoalasidan tashqari uy ishlariga biroz yordamlashish ham miyani ishlash faoliyatini yaxshilaydi va turli xil kasalliklar bo’lishining oldi olinadi.Talaba miyasini biroz dam oldirib olgandan keyin o’qish mashg’ulotlari va ma’ruzalar ni tinglab seminar mashg’ulotlari uchun tayyorgarlikko’rishni boshlaydi.Buning uchun ham ko’plab qo’shimcha manbalar qarab chiqishga tog’ri keladi.Misol uchun Qur’onshunoslik fanidan foydalaniladigan manbalar qatoriga Qur’onshunoslik, Qur’on ilmlari,Qur’on va Tartil ilmlari,Al-itqon fi Ulumil Qur’on, Mabhas Fi Ulumil Qur’on va boshqalarni aytib o’tish mumkin.Hadisshunoslikdan Hadisshunoslik , Hadis ilmlari,Hadis ilmlarini qiyosiy organish,Taysiyr ulmustalahul Hadiys,Mustalahul Hadiys,Hadis istilohlari va boshqa kitoblar mavjud.Bundan tashqari Aqida,Tafsir va boshqa fanlar bo’yicha ham ko’plab manbalarga murojaat qilishga tog’ri keladi.Va Talabalar ham karantin paytidan unumli foydalangan holda mutaxasissligiga oid ko’plab adabiyot va manbaalarni o’qib chiqishdi.Karantinni boshqa bir foydalaridan biri insonlar shukr ne’matining qadriga yetishni o’rganishdi.Insonlar orasida kamayib ketayotgan shukr ne’matini qadriga yetishni Alloh Taolo yana bir bor insonga eslatib o’tdi. Ne’matlarga shukr qilish haqida Qur’oni Karimning Nahl surasi 114oyatida quyidagicha zikr qilgan:
﴿فَكُلُوا مِمَّا رَزَقَكُمُ اللَّهُ حَلَالًا طَيِّبًا وَاشْكُرُوا نِعْمَتَ اللَّهِ إِنْ كُنْتُمْ إِيَّاهُ تَعْبُدُونَ١١٤﴾
“Bas,Alloh sizga rizq qilib bergan narsalaridan halol-pok holda yeng .Va agar unga ibodat qiladigan bo’lsangiz ,Allohning ne’matiga shukr qiling”
Bu oyatdan ko’rinib turibdiku Alloh bizga juda ko’plab ne’matlar bergan va biz ularga shukr qilishimiz kerakligi aytib o’tilyapti.Shukr kamaygan paytlarda insonlarga turli xil kasalliklar yuborilib ularni Alloh siaydi va buham inson zotiga berilgan narsalarning qadriga yetsihga chaqiradi. Avvallari hamma xohlagandek kiyinar yurar edi,butun dunyoda beboshliklar hukm surar edi. Allohning ne’matlariga shukr qilish haqida ko’pchilik o’ylamas edi.Musulmon bo’lmagan insonlar musulmonlarning hijobva shunga o’xshash tanani berkitib turuvchi liboslarni yomon ko’rishar ,hatto ba’zi bir o’rinlarda ularni kamsitishar ham edi..Lekin pandameiya boshlangandan keyin usti boshni turli xil kasalliklardan himoya uchun o’rshning inson tadiriga foydalalari yana bir bor ma’lum bo’lib qoldi va bu narsa xalqaro hamjiyat o’rtasida qo’llanishiga ham olib keldi.Hamma ozodalikka chaqira boshladi. Niqob taqishga yuzni o’rashga hatto hijob va shu kabilarni yopishga davlat rahbarlari tavsiyalar bera boshladi. Butun dunyo tinmasdan qo’l yuvishni takidlashyapti. Bu ham Musulmon olamidagi tahorat kabilarga e’tibor berishning ahamiyatini ko’tarib yubordi. Talabalar ham o’z o’qish joylarining,bolalar maktab , bog’chalarning eng muhimi inson shukr qilish va sog’likning qadriga yetishdi.Va oxir oqibatda hayotimizda muhim bo’lgan narsalarning qiyinchilik paytida qadriga yetishimizni vabu kabi narsalar Allohning bizga bergan rahmati ekanligini yana bir bor tushunib oldik .Allohim bu dardni bizning yurtimizdan va butun olamdan tezroq ko’tarishini so’rab duo qilamiz.
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi,
Islomshunoslik yo’nalishi III-kurs 104-guruh
talabasi Karimov Muhammadamin
Amir Temur nafaqat buyuk sarkarda, davlat arbobi, balki o‘z davri ilm ahllari homiysi ham bo‘lgan. U mamlakatni rivojlantirishda ilm-fan va islom olimlarining ahamiyati beqiyos ekanligini yaxshi tushungan. “Saltanatda erishgan barcha muvaffaqiyatim va mustahkam joylarni zabt etishim – bularning barchasi Shayx Shamsuddin Fohuriy duosi, Shayx Zaynuddin Xavofiy himmati va Sayyid Baraka marhamati sharofatlari yordamida bo‘ldi”, deb ta’kidlagan edi[1]. Zar qadrini zargar biladi, deganlaridek, Sohibqiron saroyida taniqli mutafakkirlarni jamlashga harakat qilgan.
Mo‘g‘ullar davridan keyin, Amir Temur davrida islomga davlat dini maqomining qaytarilishi yangi ulamolar tabaqalarining shakllanishiga olib keldi[2].
Temur davlatida Samarqand siyosiy poytaxtgina emas, balki ilmiy markaz ham edi[3]. Bu to‘g‘rida Movarounnarda bo‘lgan yevropalik sayyohlar va o‘sha davrda yashab ijod etgan tarixnavis Sharq olimlari yetarli ma’lumotlar qoldirganlar.
Tarixchi Ibn Arabshoh yozganidek, “Temur olimlarga mehribon, sayyidu shariflarni o‘ziga yaqin tutar edi. Ulamo va fuzaloga to‘la izzat-hurmat ko‘rsatib, ularni har qanday odamdan tamom muqaddam ko‘rar edi. Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib izzatu ikromini izhor qilar edi”[4]. Natijada saltanat poytaxti Samarqandda o‘z davrining turli sohalari bo‘yicha buyuk allomalar jam bo‘ldiki, bu jamlashni Sohibqirondek ilm-fanni yaxshi tushingan va uni qadriga yetgan hukmdorgina amalga oshirishi mumkin edi.
Bunga quyidagi ikki voqeani keltirish mumkin. Amir Temur Xorazmga kelganida, Malik Muhammad Saraxsiy ibn Malik Mu’iziddin Husayn Kurt o‘z jiyani Pirmuhammad G‘iyosiddin Piralidan Amir Temurdan Alloma Taftazoniy rahmutullohi alayhni Saraxsga taklif qilishini so‘rashni iltimos qildi. Amir Temur Alloma Taftazoniy rahmutullohi alayhning ilmdagi fazlini bilib, u zotni Samarqandga taklif qilishni afzal ko‘rdi. Avvaliga Alloma Taftazoniy rahmutullohi alayh Amir Temurning taklifiga javob bermay turdi, so‘ng Hijozga safar qilish niyati borligini aytib, uzr aytmoqchi ham bo‘ldi. Ammo Amir Temur ikkinchi bor taklif yuborganidan keyin Samarqandga ravona bo‘ldi[5].
“Amir Temur o‘ta ahmiyatli va foydali ishlaridan biri bo‘yicha chopar yubordi. Choparga: “Agar yo‘lda otga hojat tushib qolsa, kimni ko‘rsang ham otini ol, agar o‘g‘lim Shohruh bo‘lsa ham”, dedi. Chopar u amr qilgan tarafga tezlab jo‘nadi. Yo‘lda alloma Taftazoniyga duch keldi. U dam olish uchun bir joyga tushgan, otlari chodirning oldiga bog‘langan ekan. Chopar o‘sha otlardan birini oldi. Alloma Sa’duddin Taftazoniy chodirdan chiqib, uni ushlab oldi. Otni chopardan qaytarib oldi.
Chopar Amir Temurning oldiga qaytib borganida bo‘lgan gapni unga aytdi. Shunda Amir Temur qattiq g‘azablandi. Ammo birozdan so‘ng: ”Agar uning o‘rnida o‘g‘lim bo‘lganida, uni qatl qilardim. Lekin qaysi joyga borsam, kitoblari u yerga mening qilichimdan oldin kirib borgan odamni qanday qilib qatl qilaman”, dedi[6].
Toshkent islom instituti Qur’on ilmlari kafedrasi
o‘qituvchisi Qurbanov Sodiq
[1]Abulabbos Shihobuddin Ahmad ibn Muhammad Dimashqiy. Ajoib al-maqdur fi tarix Taymur. – Bayrut: Muassat ar-risola, 1986. – B. 48. 13
[2] Alimov U. Samarqandda kalom ilmining rivojlanishi. – T.: Movarounnahr, 2008. – B. 59.
[3]Fernand Brudil. Tarix va madaniyatlar qoidalari / Husayn Sharif tarjimasi. – Qohira. Al-hay’a al-misriyya al-omma li-l-kitob, 1999. – B. 77.
[4]Shayx Muhammad Sodiq Muhammad yusuf. Samarqandning sara ulamolari.-Toshkent: Hilol nashr, 2019.-B.7
[5]Shayx Muhammad Sodiq Muhammad yusuf. Samarqandning sara ulamolari.-Toshkent: Hilol nashr, 2019.-B.17
[6]Shayx Muhammad Sodiq Muhammad yusuf. Samarqandning sara ulamolari.-Toshkent: Hilol nashr, 2019.-B.19.