Ikki Muqaddas masjid bosh boshqarmasi Masjidul Haromning barcha minoralariga qo'lda o'yilgan, yangi zarhal hilollarni o'rnatishni yakunladi.
Masjid majmuasida jami 13 ta minora mavjud bo'lib, uning tepasidagi hilollar yuqori quvvatli uglerod tolali oyna va oltin bilan qoplangan. Mazkur hilollarning balandligi 9 metr, eni 2 metrni tashkil etadi, deb yozadi IslamNews.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Qashqadaryo viloyatida masjid va muqaddas qadamjolarni obod etish hamda yangi ma’rifat maskanlarini barpo etish bo‘yicha xayrli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Ana shunday bunyodkorlik loyihalaridan biri sifatida Qarshi shahridagi tarixiy «Xonaqoh» jome masjidini yangi binosini qurishga kirishildi. Joriy yilning 3 avgust kuni ushbu qurilish ishlariga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov hamda mahalliy nuroniylar ishtirok etib, yangi binoning birinchi g‘ishtini qo‘ydilar.
Marosim yakunida yig‘ilganlar yurt tinchligi, el farovonligi va masjid qurilishi xayrli yakunlanishini tilab duo qildilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati