Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyun, 2026   |   26 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:28
Asr
17:38
Shom
20:01
Xufton
21:38
Bismillah
13 Iyun, 2026, 26 Zulhijja, 1447

Jiddada yana bir xalqaro forum

21.11.2023   4531   1 min.
Jiddada yana bir xalqaro forum

Saudiya Arabistoni Qirolligi Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti axborot agentliklari ittifoqi (UNA-OIC) va Musulmonlar jahon ligasi (MJL) tashabbusi bilan “Ommaviy axborot vositalarida nafrat va zo'ravonlik tarqalishi avj olishini kamaytirish” mavzusida xalqaro forum ish boshlaydi.

Anjumanda MJL Bosh kotibi, shayx doktor Muhammad bin Abdulkarim Al-Iso, Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha, Falastin davlatidagi rasmiy ommaviy axborot vositalari bosh nazoratchisi, vazir Ahmad Assaf, shuningdek, IHTga a'zo davlatlar axborot agentliklari rahbarlari, xalqaro media institutlari, taniqli diniy tashkilotlar vakillari, intellektual, huquq va inson huquqi arboblari, xalqaro  tashkilotlar mas'ullari, diplomatlar, jurnalistlar ishtirok etadi.

Forumda “Ommaviy axborot vositalarida tarafkashlik va noto'g'ri talqin: Falastin muammosi namuna sifatida” kabi bir necha dolzarb mavzu muhokama qilinadi. Bundan ko'zlangan maqsad OAVda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklarni aniqlash hamda tashviqot va tarafkashlikning insoniyatga, jamiyatga salbiy ta'sirini ko'rsatishdan iborat.

Tashkilotchilar noto'g'ri ma'lumot berish, noxolislik, OAV orqali nafrat tarqalishi xavfiga qarshi xalqaro ittifoq tuzish niyatida.

Muharrama Pirmatova, O'zA

 

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Alloh rizqni keng qilur

11.06.2026   4138   1 min.
Alloh rizqni keng qilur

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Ayting: “Albatta, Robbim bandalaridan O‘zi xohlaganiga rizqni keng qilur va (O‘zi xohlaganiga rizqni) tang qilur. Biror narsani (muhtojlarga xolis) ehson qilsangiz, bas, (Alloh) uning o‘rnini to‘ldirur. U rizqlantiruvchilarning yaxshisidir” (Saba’ surasi, 39-oyat).

Maqolalar