Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Mart, 2026   |   23 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:22
Quyosh
06:40
Peshin
12:38
Asr
16:40
Shom
18:30
Xufton
19:42
Bismillah
12 Mart, 2026, 23 Ramazon, 1447

Boshqirdistonda 19 kun ichida masjid qurildi

10.06.2021   1538   1 min.
Boshqirdistonda 19 kun ichida masjid qurildi

Boshqirdiston Respublikasining Kushnarenkovskiy tumanidagi Sultonayevo qishlog'ida yangi masjid ochildi.

Mynamaz.ru xabariga ko'ra, qishloqdagi masjid 1920 yilgacha faoliyat ko'rsatgan. Barcha ibodatxonalar yopilgach, minorani arralab tashlashdi, bino esa qishloq Madaniyat uyiga aylantirilgan. 2016 yilda qishloq aholisi yangi masjid qurish tashabbusi bilan chiqishdi. Natijada besh yil avval poydevor qo'yildi, shu bilan qurilish ham to'xtab qoldi.

Ammo bu yil masjid qurish fikriga yana qaytildi va u atigi o'n to'qqiz kun ichida qurildi. Ochilish marosimida Rossiya musulmonlari Markaziy diniy idorasi raisi Talg'at Tojuddin ishtirok etdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan hafta Boshqirdiston Respublikasining Burayevo qishlog'ida 107 yil avval qurilishi boshlangan masjid ochilgan edi. Mahalliy tatar savdogari Sharafutdin Hamitov 1914 yilda "Tarixiy masjidi"ni qurishga kirishdi. Faqat tom va minoralarni tugatish qoldi, lekin quloqlashtirish va tazyiq ostiga tushmaslik uchun savdogar va uning oilasi o'z ona yurtlarini tark etib, Hitoyga yo'l oldi. Burayevoning ettinchi jome masjidi o'shanda ochilmay qoldi.

Inqilobdan keyin masjid binosi don ombori, kutubxona, klub va kinoteatr sifatida ishlatilgan. 2000 yillar boshida binoni buzib, uning o'rnida ko'ngilochar savdo markazini qurmoqchi bo'lishgan, biroq mahalliy aholi masjid binosini himoya qila olgan. Unga tarix va madaniyat yodgorligi maqomi berildi va 2003 yilda masjid barpo etishga kirishildi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Faxriy imomlarga Prezident sovg‘alari topshirildi

10.03.2026   2900   1 min.
Faxriy imomlarga Prezident sovg‘alari topshirildi

Muhtaram Prezidentimizning «Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi» degan ezgu g‘oyalari asosida bu muborak oyda hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmayapti.

 

Shu yil 6 mart kuni Toshkent shahridagi «Shayx Zayniddin» jome masjidi majlislar zalida ko‘p yillar imom-xatib bo‘lib ishlagan, diniy soha ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan har bir faxriy imomga davlatimiz Rahbarining  sovg‘alari – 10 million so‘m pul mukofotlari topshirildi. 

Tadbirda Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov, «Vaqf» xayriya jamoat fondi vakili qatnashib, omonatlarni o‘z egalariga yetkazdilar.

– Allohga shukrlar bo‘lsinki, faxriy imomlar qadrlagan davrda yashayapmiz, – deydi Shayx Abdulaziz Mansur. – Hurmatli Yurtboshimizning bunday e’tibor va g‘amxo‘rliklaridan boshimiz ko‘kka yetdi. 
Ulamolar qadrlangan yurtga baraka yog‘iladi. Ilohim, aziz Vatanimiz bundan-da taraqqiy etaversin.

Prezidentimizning mukofotlarini olgan faxriy imomlar Yurtboshimiz haqlariga, yurtimiz, elimiz fayza barakaga to‘lishini tilab xayrli duolar qilishdi.

Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

Faxriy imomlarga Prezident sovg‘alari topshirildi Faxriy imomlarga Prezident sovg‘alari topshirildi
O'zbekiston yangiliklari