Ibn Asokir "Tarixu Dimashq"da, imom Zahabiy ""Tazkiratul huffoz"da zikr qilishadi:
"Imom Avzoiy aytadi:
"Bir hakim kishi menga dedi:
"Jihodga chiqmoqchi bo'lib yo'lga chiqdim. Yo'lda bir chodirga duch keldim. Chodirda ikki qo'li, ikki oyog'i va ikki ko'zi yo'q nogiron kishi bor ekan. U shunday der edi:
"Allohim men Senga menga bergan ne'matlaringga muvofiq keladigan ko'p hamdlar aytaman!".
Men uning iymoni haqiqatini, sabrining haqiqiyligini sinamoqchi bo'ldim. Unga dedim:
- Qaysi ne'matlarini aytayapsan? Seni nima qilib qo'yganini ko'rmayapsanmi?
U dedi:
- Robbim menga gapiruvchi til va sabr qiluvchi jism berdi! Agar U osmondan meni kuydiruvchi olov tushirsa va olov meni kuydirsada, bu bilan mening Unga faqat sevgim ziyoda bo'lar edi! Mening senga bir iltimosim bor, ravo qilasanmi?
- Jonim bilan!
- Mening bir farzandim bor edi. Tahoratda va ovqatlanishda menga yordam berar edi. Kecha chiqib ketganicha qaytmadi. Uni topishda yordam berasanmi?
Men bolani qidirib yo'lga chiqdim. Qumtepaliklar orasida uni bir yirtqich hayvon tutib olib o'ldirib eyayotgan ekan. Men o'zimga dedim: "Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji'un. Endi buni unga qanday qilib aytaman?!".
So'ngra chodirga qaytib kelib unga salom berdim. Habardan oldin unga tasalli bermoqchi bo'ldim. Undan so'radim:
- Sendan bir narsa so'rasam javob berasanmi?
- Agar bilsam javob beraman!
- Allohning nazdida sen ulug'mi yoki Ayyub alayhis salommi?
- Albatta Ayyub alayhis salom ulug'!
- Alloh unga musibatlar berganida u sabr qilmaganmidi? Undan yaqinlari ham yuz o'girmaganmidi?
- Shunday!
- O'g'lingni yirtqichlar eb qo'yibdi!
Buni eshitib u dedi:
- Dunyoda qalbimga g'am-tashvish solgan Robbimga hamdlar bo'lsin!
U shunday deb bir xo'rsindida vafot qildi. Men uni yuvish va dafn qilishda yordamlashadigan biror kishi topish ilinjida tashqariga chiqdim. Uzoqdan bir necha kishi ko'rindi. Ularni chaqirdim. Ular etib kelishdi. Menga o'xshab ular ham jihodga chiqishgan ekan. Ularga voqeani aytib berdim. Ular mayyitning haqqiga duolar qilishdi. Birgalashib uni yuvdik, kafanlab dafn qildik.
Ertasi kuni kechqurun uni tushimda ko'rdim. U jannatda edi. Ustida chiroyli kiyimlar bor edi. Men undan so'radim:
- Sen kechagi kishi emasmisan?!
- Ha o'shaman!
- Bu darajaga qanday erishding?
- Baloga sabr, kengchilikka shukr qilib!
Imom Avzoiy rohimahulloh aytadi:
"Hakim kishi menga bu voqeani aytib berganidan beri balo ahlini yaxshi ko'radigan bo'ldim!".
Qazoga rozi bo'lish va Allohga nisbatan odob chegarasida turishdan ko'ra Allohga suyukliroq ish yo'q. Banda qanchalar og'ir sinovlarga uchramasin, baribir bandadir. Alloh qanchalar og'ir sinovlar yubormasin, Robbimizligicha qolaveradi. Qul o'z sayyididan rozi bo'lishi kerak. Qalbida mana shunaqa iymon o'rnashganlargina Allohga etishgan!
A'robiylardan birining lalmi-suvsiz eri bor bo'lib, unda ekin ekib tirikchilik qilar edi. Ekinlari bo'y cho'zgan davrda ofat tushib ekinlarga talofot etkazdi. A'robiy qo'llarini osmonga ko'tarib dedi:
"Ey Robbim! Nima qilsang qilaver. Rizqimni beradigan O'zingsan!".
Bir a'robiyya ayolning qo'ylarini chaqmoq urdi. Birorta qo'yi qolmadi. Ayol dedi:
"Meni qo'yib qo'ylarim tomon o'tib ketgan musibat hamd aytishga munosib musibatdir. Ey Robbim! Senga shukrlar bo'lsin!".
Bu dunyo sinov, qayg'u va mashaqqat dunyosidir. Bunda ato ham bor, mahrumlik ham bor. Bunda salomatlik ham bor, bemorlik ham bor. Bunda omonlik ham bor, xavf ham bor. Bunda birlashish ham bor, tafriqa ham bor. Saodatli inson mana shu holatlarning barida Alloh bilan birga bo'lgan insondir. U boshiga yaxshi ko'radigan holati kelsa shukr qiladi, yoqimsiz holatlar kelsa sabr qiladi!
Allohning qadariga rozi bo'ling. Norozilik uni o'zgartira olmaydi. Norozilik sabab sizga dunyodagi achchiqlik va oxiratdagi ziyon jamlanadi!
Ko'p bemorlarni ziyorat qildim. Ular shunaqangi shukr qilishadiki, o'zingizdan uyalib ketasiz.
Ammo bir voqeani unuta olmayman. Qachon esimga tugsa qalbim alamdan qiynaladi. Bir qari insonni ko'rgani bordim. U kishini chiroyli so'zlar bilan sabrga chaqirdim. Alloh taolo baloga mubtalo bo'lgan bandasini yaxshi ko'rishini aytdim. Shunda u kishi dedi:
- Yo'q do'stim, bu chala muhabbat!
Bir necha kun o'tib u kishi vafot qildi. Allohim rahmatiga olsin. Haqqiga duo qilamiz. Ammo bandaning Robbisiga norozi holda yo'liqishi musibatdir!
Abdulqodir Polvonov
XXI asr insoniyat tarixida axborot eng katta boylikka aylangan davr sifatida tavsiflanmoqda. Biroq axborot oqimining keskin ortishi yangi muammolarni ham yuzaga chiqardi. Bugun inson har kuni yuzlab xabarlar, fikrlar va turli g‘oyalarga duch kelmoqda. Ularning barchasi ham haqiqatga asoslangan emas. Soxta xabarlar, yolg‘on ma’lumotlar, diniy mutaassiblik, ekstremistik targ‘ibot va manipulyativ kontentlar axborot makonida jiddiy xavf sifatida namoyon bo‘lmoqda, xabar bermoqda iccu.uz.
Bunday sharoitda jamiyatni himoya qilishning eng samarali vositasi kuch yoki taqiq emas, balki tanqidiy fikrlash va ma’rifatdir.
Bu haqda gap ketganda, Samarqand zaminida yashab ijod qilgan buyuk mutafakkir Imom Abu Mansur Moturidiy merosi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki Moturidiy ta’limoti insonni ko‘r-ko‘rona ergashishga emas, balki aql yuritishga, dalil izlashga va haqiqatni anglashga chaqirgan.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyalarida ham Moturidiy hayoti va ta’limoti aynan sog‘lom tafakkur, bag‘rikenglik va ma’rifat maktabi sifatida namoyon etilgan. Imom Moturidiy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazi Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi katta ilmiy xodimi Abdulaziz Yaxshilikov ana shu maktabning bugungi ahamiyati va dolzarbligini batafsil izohlab berdi.
Moturidiy maktabining asosiy tamoyili
Imom Moturidiyning eng muhim xizmatlaridan biri shundaki, u islom ta’limotini anglashda aql va naql o‘rtasidagi muvozanatni ilmiy asoslab berdi. Buyuk mutafakkirning “Kitob at-tavhid” va “Ta’vilot al-Qur’on” asarlarida aynan shu masalalar muhokama qilinadi. “Kitob at-tavhid”da ular asosan kalomiy bahs va aqliy dalillar orqali, “Ta’vilot al-Qur’on”da esa oyatlar tafsiri doirasida yoritiladi. Biroq bu farq mutlaq emas: “Kitob at-tavhid”da naqliy dalillar va oyatlar ta’vili, “Ta’vilot”da esa aqliy dalillar va mazhablar raddiyasi ham keng o‘rin olgan.
Ushbu asarlarda mutafakkir muhim g‘oyani ilgari surgan, ya’ni inson haqiqatni anglash uchun faqat eshitish yoki taqlid qilish bilan cheklanib qolmasligi kerak. Alloh insonga aql ne’matini bergan ekan, u bu ne’matdan foydalanishi lozim.
Imom Moturidiy ta’limotiga ko‘ra:
Bu tamoyillar bugungi tanqidiy fikrlash madaniyatining ham asosini tashkil etadi.
Jaholatga qarshi eng kuchli qalqon
Jaholat ko‘pincha bilimsizlikdan emas, balki ma’lumotni tahlil qilmaslikdan kelib chiqadi.
Tarixga nazar tashlasak, ko‘plab nizolar va muammolar odamlarning tekshirilmagan ma’lumotlarga ishonishi oqibatida yuzaga kelgan.
Buyuk mutafakkir aqlni bilim manbai sifatida yuksak baholaydi, lekin uni cheksiz deb bilmaydi. Uning nazdida ba’zi masalalar aql bilan izlash va dalillash orqali anglanadi, ba’zilari esa aql to‘liq qamrab ololmagani uchun taslim bilan qabul qilinadi, chunki inson aqli rububiyat hikmatini to‘la anglashdan ojiz. Demak, “Moturidiy har qanday masalaga aql bilan yondashishga chaqirgan” degan fikr uning ta’limotini to‘liq ifodalamaydi. To‘g‘risi shuki, Moturidiy aql va naqlni birga qo‘llashga, aqlning chegarasini esa unutmaslikka chaqirgan.”
Uning asarlarida:
Bugungi axborot makonida ham aynan shu ko‘nikmalar insonni yolg‘on xabarlar va buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan himoya qiladi. Bu borada Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” asaridagi tafsir va ta’vil o‘rtasidagi farq ibratlidir. Unga ko‘ra, tafsir sahobalarga xosdir: ular vahiy nozil bo‘lgan holatlarga guvoh bo‘lganlari uchun oyatdan Alloh nimani iroda qilganini qat’iy bayon qila olganlar. Ta’vil esa faqihlarga xos bo‘lib, unda oyat ehtimoliy ma’nolarga yo‘naltiriladi va Alloh nomidan “U shuni iroda qildi” deb qat’iy hukm berilmaydi. Qat’iy bilim bilan ehtimoliy talqinni ajratish, o‘z xulosasiga ehtiyotkorlik bilan yondashish va nazariy qarashlarni muayyan oyatlar misolida tushuntirish Moturidiy ilmiy tafakkurining muhim xususiyatlaridandir.
Ekstremizm profilaktikasida Moturidiy merosining ahamiyati
Mutaxassislarning fikricha, ekstremistik oqimlar ko‘p hollarda insonlarning bilimsizligi va diniy savodxonlikning yetarli emasligidan foydalanadi.
Ular murakkab diniy masalalarni soddalashtirib talqin qiladi, ayrim manbalarni kontekstdan uzib ko‘rsatadi va odamlarning hissiyotlariga ta’sir o‘tkazishga harakat qiladi.
Moturidiy maktabi esa bunday yondashuvlarga mutlaqo qarshi turadi.
Chunki uning ta’limotida:
Shu sababli Moturidiy merosi bugun ekstremizm profilaktikasining muhim ma’naviy asoslaridan biri sifatida qaralmoqda.
Mediasavodxonlik va Moturidiy saboqlari
Bugun mediasavodxonlik har bir inson uchun zarur ko‘nikmaga aylandi.
Mediasavodxon inson:
Qizig‘i shundaki, bu ko‘nikmalarning ko‘pchiligi Moturidiy ta’limotida ham uchraydi.
U insonni:
chaqirgan.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Moturidiy merosi zamonaviy mediasavodxonlik madaniyati uchun ham muhim manba hisoblanadi.
Axborot xavfsizligi — ma’rifatdan boshlanadi
Ko‘pincha axborot xavfsizligi texnik vositalar bilan bog‘lanadi.
Albatta, bugun raqamli texnologiyalar muhim ahamiyatga ega. Insoniyat tarixda misli ko‘rilmagan axborot oqimi bilan yuzma-yuz turibdi. Bir voqea haqida bir vaqtning o‘zida minglab xabarlar tarqalishi, turli manbalar uni bir-biridan farqli talqin qilishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellekt vositalari axborot tarqatish imkoniyatlarini kengaytirgan bo‘lsa-da, bu jarayon har bir xabarning ishonchliligini avtomatik ravishda ta’minlamaydi.
Aksincha, axborotning haddan tashqari ko‘pligi, tezkorligi va ta’sirchan shaklda taqdim etilishi uning haqiqatga qanchalik muvofiq ekanini aniqlashni yanada murakkablashtirmoqda.
Masalan, Reuters Institute tomonidan e’lon qilingan 2026 yilgi Digital News Report hisobotida tadqiqot qamrab olgan bozorlardagi respondentlarning 62 foizi internetdagi yolg‘on va chalg‘ituvchi axborotdan xavotir bildirgan. Bu raqam axborotning ishonchliligi masalasi zamonaviy jamiyat uchun naqadar dolzarb ekanini ko‘rsatadi. Biroq axborot xavfsizligining asosiy subyekti insonning o‘zi hisoblanadi.
Agar inson tanqidiy fikrlay olsa, manbalarni tekshirsa va mustaqil xulosa chiqarsa, uni aldash ancha mushkul bo‘ladi.
Moturidiy merosining eng muhim ahamiyati ham shunda.
U insonning ichki immunitetini — fikrlash immunitetini shakllantiradi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi — ma’rifat makoni
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyalarida Imom Moturidiy hayoti va ilmiy merosi alohida o‘rin egallaydi.
Bu yerda tashrif buyuruvchilar Samarqandning buyuk ilmiy muhiti, Moturidiyning aqidaviy ta’limoti, uning islom tafakkuriga qo‘shgan hissasi, bag‘rikenglik va mo‘tadillik g‘oyalari bilan tanishish imkoniga ega.
Markaz ekspozitsiyalari Moturidiy merosini faqat tarixiy voqelik sifatida emas, balki bugungi jamiyat uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’rifat maktabi sifatida namoyon etadi.
Yangi O‘zbekiston va Moturidiy merosi
Bugun Yangi O‘zbekistonda ilmli, ma’rifatli va faol fuqarolik jamiyatini shakllantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Bu maqsadlarga erishishda Moturidiy ta’limoti muhim ma’naviy tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Chunki u:
chaqiradi.
Bu qadriyatlar esa har qanday barqaror va taraqqiy etgan jamiyatning asosini tashkil etadi.
Xulosa
Bugungi global axborot makonida jaholatga qarshi kurashning eng samarali yo‘li ma’rifat ekani tobora yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Imom Moturidiy merosi aynan shu ma’rifat maktabining yorqin namunasidir. Uning aql va naql uyg‘unligiga asoslangan ta’limoti insonni mustaqil fikrlashga, haqiqatni izlashga va har qanday masalaga dalillar asosida yondashishga o‘rgatadi.
Shu ma’noda Moturidiy merosi nafaqat diniy-falsafiy ta’limot, balki axborot xavfsizligi, ekstremizm profilaktikasi va mediasavodxonlik sohalari uchun ham muhim intellektual asos hisoblanadi.
Jaholatga qarshi ma’rifat g‘oyasi esa aynan ana shunday buyuk allomalar merosi orqali o‘zining mustahkam ilmiy va ma’naviy poydevorini topadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati