Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Avvalgi ummatlarda ham namoz bo'lganmi?

16.11.2023   5245   1 min.
Avvalgi ummatlarda ham namoz bo'lganmi?

1137-CAVOL: Oldingi ummatlarda ham namoz ibodati bo'lganmi, bo'lsa qay tartibda o'qilgan?

 JAVOB: Bismillahir rohmanir rohiym.

Ha, oldingi ummatlarda ham bizdagi namoz, ro'za va zakot kabi ibodatlar bo'lgan. Bunga Alloh taoloning Ismoil alayhissalom haqida aytgan so'zi dalolat qiladi:

وَكَانَ يَأْمُرُ أَهْلَهُ بِالصَّلَاةِ وَالزَّكَاةِ وَكَانَ عِنْدَ رَبِّهِ مَرْضِيًّا

“U ahlini namozga va zakotga buyurar edi va Robbi huzurida rozi bo'lingan edi” (Maryam surasi, 55-oyat).

Ularning ro'zasi haqida shunday deyiladi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِنْ قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

“Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro'za farz qilindi. Shoyadki, taqvodor bo'lsalaringiz”. (Baqara surasi, 183-oyat).

Bu ibodatlarni ado qilish tartibi, tafsiloti haqida to'liq ma'lumot yo'q. Lekin o'tgan ummatlarning namozi haqida turli ma'lumotlar bor. Ba'zilari namozlarida ruku qiladiyu sajda qilmaydi. Ba'zilari sajda qiladi, lekin ruku qilmaydi. Ba'zilari namoz asnosida gapirsa, ba'zilari yurish mumkin, deydi.  Ro'zada ham ixtilof qildilar. Ba'zilari kunning yarmigacha ro'za tutdilar, ba'zilari ma'lum bir taomlardan o'zlarini tiydilar. Bu ibodatlarning barchasida Alloh taolo Muhammad alayhissalom ummatini eng to'g'ri yo'lga boshladi va hozirgacha ushbu ko'rsatmaga amal qilib kelmoqdalar.

Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

FATVOLAR
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz»

14.07.2025   3398   1 min.
«Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz»

#xabar #tashabbus

 

Bu yil yurtimizdan hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muftiy, shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiliklarida yurtga qaytgach, «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» degan ezgu tashabbusni ilgari surgan edilar.


Ana shu ezgu tashabbus amalga ko‘chib, yurtimiz bo‘ylab qizg‘in pallaga kirmoqda. Jumladan, hojilar kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ilm-ma’rifatga homiylikda namuna bo‘lish, to‘ylar, oilaviy tadbir va marosimlarda me’yorga amal qilgan holda kamxarj va ixcham o‘tkazishda bosh-qosh bo‘lish, tarbiyasida muammosi bor yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish, mehr-oqibat kabi xayrli ishlarini amalga oshirishda jonbozlik ko‘rsatishmoqda.


11 iyul, muborak juma kunida Andijon, Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahri hojilari, imom-xatiblar, mahalla faollari bilan birgalikda xonadonlarga, oilalarga kirib borishdi. Tashabbus doirasida joylardagi yuzga yaqin ijtimoiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj xonadon xolidan xabar olinib, ma’naviy va moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Ajrim yoqasida turgan oilalar saqlab qolinib, ularga oila mustahkamligi bo‘yicha tushunchalar berildi, yoshlarga pandu nasihatlar qilindi. 

Hojilar ishtirokida o‘tkazilayotgan bunday ezgu tadbirlar tufayli moddiy-ma’naviy ko‘makka muhtoj oilalar vakillari, bemor fuqarolar o‘zlarining yolg‘iz emasliklarini, davlatimiz, xalqimiz har doim ular bilan yelkadosh ekanini teran his etishmoqda. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

«Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz»
O'zbekiston yangiliklari