2026 yil noyabr oyida Pokistonda bo‘lib o‘tadigan nufuzli Xalqaro Qur’on musobaqasida O‘zbekiston sha’nini himoya qilish uchun “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limi xodimi Abdulaziz qori Supiyev safarga jo‘nab ketdi.
2026 yil 22 noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston musulmonlari idorasining mas’ul xodimlari hamyurtimizni samimiy tilaklar bilan kuzatib, musobaqada muvaffaqiyatlar tilab duoi xayr qildilar.
Abdulaziz qori musobaqaning tilovat va maqom yo‘nalishida Kalomullohni go‘zal tajvid va ohang bilan tilovat qilib, yurtimiz sharafini munosib himoya qiladi, inshaalloh.
Alloh taolo Abdulaziz qorining tilini ravon, xotirasini mustahkam qilsin va ushbu ulug‘ maydonda ulkan zafarlar ato etsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati