YeTTINChI VASIYaT
بِسْمِاللَّهِالرَّحْمَنِالرَّحِيمِ
عَنْأَبِيذَرٍّرَضِيَاللَّهُعَنْهُقَالَ: قَالَرَسُولُاللهِصَلَّىاللهعَلَيهوسَلَّم: “زُرالْقُبُورَفَإِنَّهَاتُذَكِّرُالآخِرَةَوَاغْسِلِالْمَوْتَىفَإِنَّمُعَالَجَةَجَسَدٍخَاوٍمَوْعِظَةٌبَلِيغَةٌوَصَلِّعَلَىالْجَنَائِزِلَعَلَّذَلِكَأَنْيُحْزِنَكَفَإِنَّالْحَزِينَفِيظِلِّاللهِيَتَعَرَّضُلِكُلِّخَيْرٍ”
Abu Zarr (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) unga: “Qabrlarni ziyorat qil, albatta, u senga oxiratni eslatadi. Mayyitlarni yuv, ruhsiz jasadni yuvish ta'sirli nasihatdir. Janoza namozini o'qi, shoyad bu seni ma'yus qilar. Ma'yus kishi Alloh taoloning panohida barcha yaxshiliklarga tayyor turadi”, dedilar (Hokim).
Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) biz ummatlarga qilgan bu nasihatlari chuqur tafakkur qilishga undaydi, hayotni g'animat bilishga, har bir daqiqani yaxshilik bilan o'tkazishga chorlaydi. Qabrlarni ziyorat qilish bilan musulmon ibrat oladi. O'zidan oldin yashagan polvonu pahlavonlar, olimu donishmandlar, boy va davlatlilar, hokimu xoqonlar, hatto payg'ambarlar ham bu dunyoda boqiy qolmagani, ularning hammasi o'lim bois bu dunyodan oxirat dunyosiga ko'chganiga guvoh bo'ladi. Bu dunyoning go'zalligi va maftunkorligiga aldanib, Alloh taologa itoat qilish va yomonlikdan uzoq bo'lishni unutgan gumroh qalblar sergak tortadi.
Bu olam hayotini tark etgan insonning ruhsiz jasadini ko'rgan odam bu dunyodan oxirat uchun qilgan amallaridan bo'lak biror narsa olib ketolmasligiga amin bo'ladi.
Shuningdek, ushbu vasiyatda musulmonning musulmon zimmasidagi haqlaridan biri – janoza namozida hozir bo'lishga targ'ib qilinadi. Safdoshi yoki qarindoshining kafanga o'ralgan jasadini tobut ichida ko'rib, undan ajrab qolganiga sabr qiladigan, o'zining yomon ishlariga pushaymon bo'lib, yanada ko'proq yaxshiliklar qilolmagani uchun mahzun tortgan kishi umrini g'animat bilib, yaxshi amallar qilishga o'tishi lozimligi ta'kidlanadi.
Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning ushbu vasiyatlari kishini komil inson bo'lib etishishga targ'ib etadi.
Hadisi sharifda zikr etilgan qabrlar ziyorati haqida so'z boshlashdan oldin kishilar o'rtasidagi ziyoratlar va ularning odoblari haqida qisqacha to'xtalib o'tsak.
Ziyorat
“Ziyorat” arabcha so'z bo'lib, biror erga yoki shaxs huzuriga borish ma'nosini bildiradi. Odamlarni bir-birlariga yaqinlashtiradigan va ular o'rtasidagi munosabatning yanada mustahkamlanishiga sabab bo'ladigan omillardan biri o'zaro ziyoratdir. Kishilar muborak hayit va boshqa turli bayramlar munosabati bilan bir-birlarini ziyorat qiladi. Safarga ketishdan oldin kuzatgani, safardan qaytgach, holidan xabar olgani, farzandli bo'lsa, muborakbod etgani yor-birodarlar ziyoratga keladi. Bunday chiroyli urf-odatlar xalqimizda juda ko'p. Ular yurtimizda yashovchi boshqa millatga mansub kishilar hayotiga ham singib ketgan. Ziyoratlar qancha xolis va samimiy bo'lsa, shuncha savobi ko'p va xayrlidir. Payg'ambarimiz (alayhissalom) bunday deganlar: “Bir kishi boshqa qishloqda yashovchi do'stini ziyorat qilish uchun yo'lga chiqdi. Alloh taolo uning yo'liga bir farishtani yubordi. Farishta undan:
– Qayerga ketyapsan? – deb so'radi.
– Bu qishloqdagi birodarimni ziyorat qilishga, – deb javob berdi kishi.
– Uning oldiga biror narsa istagida ketyapsanmi? – deb so'radi.
– Uni Alloh taolo uchun yaxshi ko'raman, shu xolos, – dedi.
Farishta unga:
– Men Alloh taoloning farishtasiman. Sen uni yaxshi ko'rganingdek Alloh taolo ham seni yaxshi ko'radi, – dedi”.
Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning ushbu muborak hadislarida yaqinlarni ziyorat qilish naqadar fazilatli ekani bayon etilgan. Biror kishini Alloh taolo uchun samimiy ziyorat qilish va uning holidan xabar olish Alloh taoloning muhabbati va roziligiga sabab bo'ladi. Payg'ambarimiz (alayhissalom): «Kim biror kasalni yoki Alloh uchun yaxshi ko'rgan do'stini ziyorat qilsa, bir jarchi unga: “Sen va bosgan qadamlaring naqadar yaxshi! Jannatdan o'zingga joy hozirlading”, deb nido qiladi», dedilar.
Kasalni ko'rish musulmonning zimmasidagi vazifalaridan biridir. Payg'ambarimiz (alayhissalom) musulmonning musulmon zimmasidagi haqlari: uchrashganda, unga salom berish; aksirsa, uning haqiga duo qilish; chaqirsa, javob berish; kasal bo'lsa, borib ko'rish; vafot etsa, janozasiga qatnashish va nasihat so'rasa, to'g'ri nasihat berish ekanini aytganlar.
Shuning uchun musulmon kasal bo'lgan yaqinlarini uyiga, kasalxonada bo'lsa, kasalxonaga borib ko'rishi, holidan xabar olishi kerak. Kasalning ziyoratiga borgan kishiga ko'p yaxshiliklar va'da qilingan. Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bu haqda bunday deganlar: “Biror musulmon kishi kasal kishini kunning avvalida ziyorat qilsa, o'sha kun kech bo'lgunicha etmish ming farishta uning haqiga salavot aytib turadi. Agar kunning kechki vaqtida ziyoratga borsa, to tong otgunicha etmish ming farishta salavot aytib turadi”.
Ziyorat qilishning ham odob va shartlari bor. Ziyoratchi unga amal qilishi lozim:
﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَدۡخُلُواْ بُيُوتًا غَيۡرَ بُيُوتِكُمۡ حَتَّىٰ تَسۡتَأۡنِسُواْ وَتُسَلِّمُواْ عَلَىٰٓ أَهۡلِهَاۚ ذَٰلِكُمۡ خَيۡرٞ لَّكُمۡ لَعَلَّكُمۡ تَذَكَّرُونَ٢٧﴾
«Ey imon keltirganlar! O'z uylaringizdan o'zga uylarga to izn so'ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizcha kirmang! Mana shu sizlar uchun yaxshidir. Zora, (bu gapdan) eslatma olsangiz» (Nur, 27).
Ushbu oyati karimaga ko'ra, birovning uyiga ruxsat so'rab kirish lozim bo'ladi. Oyatning davomida, agar ruxsat berilmasa, kirmay qaytib ketish kerakligi aytiladi:
﴿فَإِن لَّمۡ تَجِدُواْ فِيهَآ أَحَدٗا فَلَا تَدۡخُلُوهَا حَتَّىٰ يُؤۡذَنَ لَكُمۡۖ وَإِن قِيلَ لَكُمُ ٱرۡجِعُواْ فَٱرۡجِعُواْۖ هُوَ أَزۡكَىٰ لَكُمۡۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعۡمَلُونَ عَلِيمٞ٢٨﴾
«Bas, agar u (uy)larda hech kimni topmasangiz, unda to sizlarga izn berilmaguncha ularga kirmang! Agar sizlarga “qaytingiz!” deyilsa, qaytib ketavering! Shu sizlar uchun eng toza (yo'ldir). Alloh qilayotgan ishlaringizni biluvchidir» (Nur, 28).
Izn so'rash holatiga qarab har xil bo'lishi mumkin. Masalan, qo'ng'iroqni chalish yoki eshikni qo'li bilan taqillatish yoki salom berish. Payg'ambarimiz (alayhissalom) davrlarida “Assalomu alaykum! Kirsam maylimi?” deb izn so'ralar edi. Omir qabilasidan bir kishi Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)dan: “Kirsam maylimi?” deb izn so'raganida, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) xodimlariga: «Uning oldiga chiq va unga izn so'rashni o'rgat. “Assalomu alaykum! Kirsam maylimi”, desin», dedilar. Kelgan kishi buni eshitdi va shunday dedi, so'ng unga ruxsat berildi.
Qabrlarni ziyorat qilish
Muqaddas dinimiz vafot etib ketgan ota-onalarimizni, yaqin qarindoshlarimizni, ustozlarimizni hamda do'stu yoronlarimizni eslab, ularning haqlariga duoyi xayrlar qilib turishni buyuradi. Marhumlarga qilgan duolarimiz, sadaqa va ehsonlarimiz savobi etadi. Ularning yaxshi sifatlarini va o'rnak bo'ladigan jihatlarini gapirib, insoniylik yuzasidan qilib qo'ygan ba'zi kamchiliklarini gapirmaslik musulmonlarning bir-birlariga bo'lgan hurmatlari ifodasidir. Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) biz ummatlariga o'tganlarning yaxshi sifatlarini eslab, yomonliklarini gapirmaslikni tavsiya qilganlar.
Qur'oni karimning Hashr surasida marhumlarga qanday munosabatda bo'lish bayon qilingan:
﴿وَٱلَّذِينَ جَآءُو مِنۢ بَعۡدِهِمۡ يَقُولُونَ رَبَّنَا ٱغۡفِرۡ لَنَا وَلِإِخۡوَٰنِنَا ٱلَّذِينَ سَبَقُونَا بِٱلۡإِيمَٰنِ وَلَا تَجۡعَلۡ فِي قُلُوبِنَا غِلّٗا لِّلَّذِينَ ءَامَنُواْ رَبَّنَآ إِنَّكَ رَءُوفٞ رَّحِيمٌ١٠﴾
«Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar aytur: “Ey Rabbimiz! O'zing bizlarni va bizdan ilgari imon bilan o'tganlarni mag'firat etgin va qalblarimizda imon keltirgan zotlarga nisbatan gina paydo qilmagin! Ey Rabbimiz! Albatta, Sen mehribon va rahmli Zotdirsan!» (Hashr, 10)
Oyati karimaning tafsiri:
“Ey Rabbimiz! O'zing bizlarni mag'firat etgin”. Alloh taolo bu kalomi bilan faqat o'zimizni emas, balki bir-birimizni o'ylashimizni, o'zaro yaxshilik qilishimizni buyuradi. Shunday ekan, yaratgan Zotdan gunohlarimizni kechirishini so'rayversak, Alloh taolo mehribon Zot, gunohlarimizni kechiradi hamda yurtimizni tinch va osoyishta qiladi.
“...va bizdan ilgari imon bilan o'tganlarni mag'firat etgin...”. Musulmonlarning birdan-bir orzusi dunyodan imon bilan ketishdir. Shuning uchun ham bir-birimizga yaxshilik qilamiz, savob ishlarni ko'paytiramiz, gunoh ishlardan qochamiz. Ibodatga mashg'ul bo'lamiz. Jamiyatimizning ravnaqi uchun kurashamiz. Imonsiz kishidan hech qachon yaxshilik chiqmaydi. Imonli kishi faqat ezgu ishlarda ishtirok etadi. Shu sababdan ham biz, imon bilan o'tganlarni mag'firat qil, deb so'raymiz.
“...va qalblarimizda imon keltirgan zotlarga nisbatan gina paydo qilmagin”. Bu so'zlardan nima angladingiz? Imon keltirganlar kimlar? Albatta, imon keltirganlar – sizu biz musulmon bandalar. Ota-onamiz, aka-ukamiz, opa-singlimiz, qavmu qarindoshimiz, mahallamizda, tumanimizda, butun O'zbekistonimizda, qolaversa, butun dunyoda istiqomat qilayotgan mo'min-musulmon birodarlarimiz. Imonli kishilar bir-birlari bilan gap talashib, janjal qilishlari, qo'liga qurol olib qon to'kishlari u yoqda tursin, qalbida bir musulmonga nisbatan gina va hasadning bo'lmasligini Allohdan so'rashi kerak. Bu dunyo o'tkinchidir. Shunday ekan, umrimiz boricha bir-birimizga yaxshilik qilaylik.
“Ey Rabbimiz! Albatta, Sen mehribon va rahmli Zotdirsan!” Alloh taolo bandalariga ota-onadan ham mehribon va rahmlidir. Qaysi banda boshqalarga mehribon bo'lsa, Alloh taolo o'sha bandasiga rahm qiladi.
Halqimizda “Oltin olma, duo ol”, degan naql bor. Bir-birimizning haqimizga, xossatan, vafot etib ketganlarimizga ko'proq duo qilaylik.
O'tganlarni eslash, ularning qabrlarini ziyorat qilish o'limni, qabr va oxirat holatlarini eslatadi. Bir-birimizdagi haqlarni ado etishimiz va oxiratni eslab turishimiz uchun Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) biz ummatlarga tavsiya qilib: “Qabrlarni ziyorat qiling. Bu oxiratni eslatadi”, deya marhamat qilganlar».
Qabrlar ziyoratidan Alloh taoloning roziligini, qalbni isloh etishni qasd qilish kerak. Qabrlarni ziyorat qilgan insonning qalbi yumshaydi, o'limni va oxiratni eslaydi. Mahshardagi hisob-kitobni o'ylagan kishi, kim bo'lishidan qat'i nazar, qilgan yomonliklariga pushaymon bo'ladi. Qolgan hayoti xususida jiddiy o'ylaydi, yomonliklardan o'zini tiyadi, savobli va xayrli ishlar qilishga intiladi. Qabrlarni ziyorat qilish dushmanchilik, nafrat, gina-kudurat kabi salbiy holatlarning yo'qolishiga sabab bo'ladi. Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Albatta, u (qabr)ni ziyorat qilishda eslatma bor”, deb aytganlar.
O'tganlarni hurmat bilan yodlash qon-qonimizga singib ketgan. Bunday hurmat namunasini, misol tariqasida, buyuk bobomiz Amir Temur qilgan ishlarda ko'rishimiz mumkin. Sohibqiron Amir Temur Ahmad Yassaviy va Qaffol Shoshiy kabi ulug' zotlarning qabrlari toptalishi oldini olish maqsadida maqbaralar qurdirgan.
Ayni paytda, ushbu hurmatning uzviy davomini esa muhtaram birinchi Prezidentimizning madaniyatimiz va milliy ma'naviyatimizni qayta tiklab, asl holiga qaytarish borasida olib borilayotgan ishlar boshida o'zlari turganligida ko'ramiz. U kishi istiqlolimizning ilk davridan boshlab dunyo madaniyati xazinasi va muqaddas dinimiz rivojiga ulkan hissa qo'shgan buyuk allomalarimiz maqbaralarini qayta qurib-tiklash, ta'mirlash ishlariga alohida e'tibor qaratdilar. Bunga misol sifatida Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasi, Buxorodagi Bahouddin Naqshband va Abdulxoliq G'ijduvoniy majmualari hamda Toshkentdagi Muhammad Qaffol Shoshiy maqbarasi qaytadan tiklanganini eslab o'tish kifoya qiladi.
Har qanday insonni qadrlab, hurmatini o'z o'rniga qo'yadigan dono xalqimiz xotirani muqaddas tuyg'u deb biladi. Birinchi Prezidentimizning tashabbuslari bilan mustamlakachilik davrida Vatanimiz istiqloli uchun jonbozlik qilib, oqibatda qatag'on qurbonlari bo'lgan ajdodlarimizning hurmati va xotirasini joyiga qo'yish maqsadida respublikamizning barcha hududlarida xotira maydonlari barpo etildi. Ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan yurtdoshlarimiz xotirasi uchun 9 may Hotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadi. Ayni ushbu kun va boshqa bayram kunlari arafasida umumxalq hasharlari uyushtirilib, mahallalar, ko'chalar va maydonlar tartibga keltirilishi bilan bir qatorda qabristonlar ham obod qilinib, dov-daraxtlar o'tqaziladi.
Dinimizda qabrlarni ziyorat qilish mandub, ya'ni, targ'ib qilingan amal hisoblanadi. Lekin ziyorat qilish asnosida qabrlarni behuda toptash, ulardan yordam talab qilib, biror narsa so'rash, qabrni silash, o'pish va tavof qilish, chiroq yoqish, daraxtlarga ip bog'lash kabi bid'at amallarni bajarib, savob olish o'rniga gunohga qolishdan ehtiyot bo'lish lozim. Chunki bularning barchasi boshqa din vakillarining odatlaridan hisoblanadi. Shu bois ziyoratgohlarga mutasaddilarimiz va imom-xatiblarimiz bu ishlar Islomga zid ekanini doimo uqtirib borishlari zarur. Zero, Islom dinimizda faqat Hajarul asvad (Qora tosh) o'piladi va Ka'badan boshqa joy tavof qilinmaydi.
Ma'lumki, Payg'ambarimiz (alayhissalom) Islomga chaqirishning ilk bosqichlarida sahobalarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edilar. Chunki bu paytda qabristonlarga bog'liq xunuk holatlar va bema'ni gap-so'zlarni odat qilib olingan johiliyatdan endi chiqilgan edi....
Ya'ni, Islomdan avval arablar qabr tepasiga but-sanamlarini o'rnatib, qabrlarni o'zlari uchun ibodatgoh qilib olgan edi. O'tib ketgan ota-bobolarining qabrlari ustida turib olib, ularning qilgan ishlari xususida behuda faxrlanib, ular haqida bema'ni she'rlar o'qishar edi. Qabr egalaridan yordam talab qilish holatlari juda ko'p uchrar edi. Gohida sabrsizlik qilib, Alloh taoloning hukmiga noroziliklarini ham aytishar va natijada, Alloh taologa shirk keltirish holatlari vujudga kelib qolar edi.
Bir muddat o'tib, sahobalar qabrlarni ziyorat qilish bilan bog'liq shar'iy odoblarni ta'lim olishgach, Payg'ambarimiz (alayhissalom) ularni ziyoratga buyurdilar. Imom Shofi'iy va Ahmad (rahimahumalloh) rivoyat qiladi: «Payg'ambarimiz (alayhissalom): “Sizlarni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim. Endi qabrlarni ziyorat qilaveringlar. Yomon gaplarni gapirmanglar”, deb marhamat qilganlar».
Jumhur ulamolarimiz qabrlarni ziyorat qilish mandub ekanini shu kabi hadislardan olgan. Yomon gaplardan murod, ziyorat asnosida Alloh taologa shirk keltirishga sabab bo'ladigan gaplarni gapirishdir.
Ibn Hazm kabi ba'zi ulamolar ushbu hadislardan buyruq ma'nosi kelib chiqishini e'tiborga olib, kishi umrida bir marta bo'lsa-da, qabrlarni ziyorat qilishi vojibligini aytgan.
Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) ham og'ir kunlarda o'zlariga elkadosh bo'lgan sahobalarning qabrlarini ziyorat qilish maqsadida “Baqi'” qabristoniga tez-tez borib turar edilar. Siddiqa Oysha onamizdan rivoyat qilingan hadisda bunday deyiladi: “Men bir kuni kechqurun Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ni o'z o'rinlarida topolmadim. Boshqa ayollarining oldiga ketgan bo'lsalar kerak, deb o'yladim. Ortlaridan qidirib chiqdim. U zot “Baqi'” qabristoniga borib, sahobalarning haqlariga duo qilayotgan ekanlar”. Bu kabi holatlar Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning vafotlari yaqinlashgan kunlarda ko'proq sodir bo'lgani rivoyat qilingan.
Qabrlar ziyorati haqida so'z yuritilganida ayollarning qabrlarni ziyorat qilishlari xususida alohida to'xtalib o'tish shart deb o'ylaymiz. Ushbu mavzu borasida kelgan hadislar va bunga bog'liq dalillarni jamlab, o'rganib chiqqan ulamolar ayollar qabrlarni ziyorat qilishlari joiz, degan xulosani aytishgan. Lekin ularda avratlarini yopish, tavozelik, oxirat ishini eslash, qabrda bo'ladigan holatlardan ibrat olish, qattiq ovoz chiqarib yig'i-sig'i qilib, yuzlariga urmaslik, yoqalarini yirtmaslik va yomon gaplarni gapirmaslik hamda agar ziyorat joyi uzoqda bo'lsa, yosh yoki yoshi ulug' bo'lishidan qat'i nazar, ayolga biror mahrami hamrohlik qilishi talab etiladi.
Ayollar qabrlarni ziyorat qilish asnosida yuqorida aytib o'tganimiz kabi Alloh taoloning g'azabini keltiradigan ishlarni sodir etsalar, ularga ziyorat qilish mumkin bo'lmaydi. Shariatimizdagi “Kelib chiqadigan yomonliklar oldini olish kutilayotgan manfaatdan oldin turadi” degan muqarrar qoidani unutmaslik lozim.
Ibn Abbos (roziyallohu anhu)dan “Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) qabrlarni ziyorat qiluvchi ayollarni la'natladilar”, degan hadis rivoyat qilingan. Ulamolarimiz bu kabi hadislarda dinimiz ko'rsatmalariga va ziyorat odoblariga rioya qilmagan ayollar nazarda tutilgan, deyishadi. Chunki sabrsizlik, yoqalarini yirtish, yuzlarini tirnash kabi xunuk holatlar ularning odatlari bo'lib, bu narsalar ko'pincha sodir bo'lib qoladi. Albatta, bu kabi bid'atlar oldini olib, ayollar o'rtasida keng qamrovli to'g'ri tushuntirish ishlarini olib borishda idoramizning “Hotin-qizlar” bo'limi va joylardagi vakilalarimiz tinimsiz mehnat qilmoqdalar.
Dinimizda qabrlar boshida qattiq ovoz chiqarmasdan, Alloh taologa shikoyat qilmasdan yig'lashga ruxsat beriladi. Zero, vafot etgan yaqinini, ayniqsa, ota-onasi qabrini ziyorat qilgan har qanday kishining qalbi yumshab, beixtiyor ko'ziga yosh keladi. Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ga onalarining qabrini ziyorat qilishga Alloh taolo izn berganida, borib ziyorat qilganlar. Qabrlari tepasida yig'laganlar. Umar (roziyallohu anhu): “Sizni nima yig'latdi, Rasululloh?” deb so'raganida, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Farzandning onasiga bo'ladigan mehribonligi yig'latdi”, deb javob berganlar.
Qabrlarni payshanba yoki juma kunlari ziyorat qilish afzal deyilgan bo'lsa-da, lekin ulamolarimiz xohlagan kuni ziyorat qilish mumkin ekanini aytishgan. Chunki inson, yuqorida aytganimizdek, o'tganlarni xotirlab, qabrlarni ziyorat qilish asnosida savobga ega bo'lish bilan birga, o'zi uchun pand-nasihat ham oladi. Savob yoki nasihat olish uchun biror kunni tayinlashning ahamiyati yo'q. Faqat bu o'rinda bir narsaga ogoh bo'lish zarur. U ham bo'lsa, Alloh taolo biz musulmonlarga bayram sifatida berilgan ikki hayit kunlarida xursandchilik qilish o'rniga, qabristonlarga borib, yig'i-sig'i qilib, kayfiyatimizni tushirishimizdir. Bu xalqimizga odat bo'lib qolgani nihoyatda achinarli. Bunday holatga dinimizda “bid'at”, ya'ni, asl dinimizda bo'lmasdan, keyin paydo qilingan amal deb qaraladi. Shayton insonlar ichida dinda mavjud bo'lgan biror sunnatga amal qilishni yo'q qilmoqchi bo'lsa, uning o'rniga dinda bo'lmagan biror bid'atni go'yo Alloh taologa ibodat qilinadigan amal sifatida ko'rsatib qo'yar ekan. Hayit kunlari qabrlarni ziyorat qilish eng katta yaxshiliklardan deb o'ylash shaytonning insonlarga qilgan nayranglaridandir.
Qabrlarni ziyorat qilish borasida zikr etib o'tilgan umumiy fikr va mulohazalardan keyin ziyorat qilish tartib va odoblari haqida quyidagi xulosani aytish mumkin:
“Assalomu alaykum, mo'minlar va muslimlar diyori ahllari. Albatta, biz ham inshaalloh, sizlarga qo'shilamiz. Sizlar bizdan oldin kelgansizlar va biz sizlarga qo'shilamiz. Allohdan bizga ham, sizga ham ofiyat so'raymiz” (Imom Ahmad va Nasoiy rivoyati).
“Assalomu alaykum, ey qabr ahli. Alloh bizni ham, sizni ham mag'firat qilsin. Siz oldin kelganlarimizsiz, biz ham sizlarga qo'shilamiz”(Imom Termiziy rivoyati).
“Assalomu alaykum, mo'minlar diyori. Sizlar bizdan oldin borib tayyorlab turuvchisiz. Biz ham sizlarga qo'shilamiz. Yo Alloh, ularning ajridan bizlarni mahrum qilma. Va ulardan keyin bizlarni fitnaga qoldirma”(Ibn Moja rivoyati).
﴿فَٱعۡلَمۡ أَنَّهُۥ لَآ إِلَٰهَ إِلَّا ٱللَّهُ وَٱسۡتَغۡفِرۡ لِذَنۢبِكَ وَلِلۡمُؤۡمِنِينَ وَٱلۡمُؤۡمِنَٰتِۗ وَٱللَّهُ يَعۡلَمُ مُتَقَلَّبَكُمۡ وَمَثۡوَىٰكُمۡ١٩﴾
«(Ey Muhammad)... va o'z gunohingiz uchun hamda mo'min va mo'minalar(ning gunohlari) uchun mag'firat so'rang!» (Muhammad, 19). Alloh taoloning Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ga amri biz ummatlarga ham tegishlidir. Demak, duoyu istig'forlarimizda faqat o'zimiz bilan cheklanib qolmasdan, boshqalarni ham eslashimiz vojib bo'ladi.
Tilovat qilishda qabrga qarab o'tirsa-da, duoda qiblaga yuzlanib o'tiradi. Baro ibn Ozib (roziyallohu anhu) Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) qabristonga kelganlarida qiblaga qarab o'tirganlarini va o'zlari ham u zotga ergashib, qiblaga qarab o'tirganlarini rivoyat qilgan.
Qabristonda kulish, odobsizlik qilish har qanday kishini ranjitadi.
Alloh taolo barchalarimizni eshitgan va ko'rgan narsalarimizdan ibrat oladigan va hayotimizni O'zi rozi bo'ladigan tarzda o'tkazadigan bandalaridan qilsin.
KYeYINGI MAVZU:
Mayyitlarni yuvgin, ruhsiz jasadni yuvish ta'sirli nasihatdir;
Janoza namozini o'qish;
Ma'yus kishi Allohning panohida barcha yaxshiliklarga tayyor turadi.
Muhammad Said ibn Ramazon ibn Umar ibn Murod al-Butiy 1929 yilda Usmoniylar imperiyasi tarkibida bo‘lgan, bugungi kunda Turkiya Respublikasi hududiga kiruvchi Jizre (arabcha: Jazirat ibn ‘Umar, kurdcha: Cizîrê Botan) viloyatiga qarashli Jalka qishlog‘ida tavallud topgan. Ushbu hudud tarixan boy ilmiy va madaniy merosga ega bo‘lib, ko‘plab yetuk shaxslar, ayniqsa islom olimlari bilan mashhur bo‘lgan. Jizre hududi o‘zining uzoq yillik ilm-fan va ma’rifat an’analari bilan ajralib turadi. Tarixiy manbalarda bu yerda yashab o‘tgan ko‘plab olimlarning ismlari tilga olinadi. Jumladan, buyuk musulmon tarixchisi va "al-Kamil fī’t-Tarix" asari muallifi Ibnul-Asir (1160–1233), mashhur qiroat olimi Abul-Xoyr Muhammad ibn Muhammad al-Jazariy, mexanika va texnika sohasida kashshof sifatida tanilgan, "al-Jami' baynaal-'ilm val-'amal an-nafi' fī ṣina'at al-ḥiyal" asari muallifi Abul-‘Izz ibn Isma‘il ar-Rozzaz al-Jazariy (vafoti 1206-yil) shular jumlasidandir.
Muhammad Said Ramazon al-Butiy ana shunday yuksak martabali olimlardan biridir. U Islom olamida asosan fiqh, da’vatchilik faoliyati, asarlari va siyosat bilan aloqasi sababli mashhur bo‘lgan. Uning ilmiy merosi, asarlari va ilgari surgan g‘oyalari ko‘pincha G‘azoliy bilan qiyoslanadi [1].
Muhammad Said Ramazon al-Butiy 1934-yilda oilasi bilan Suriyaning Damashq shahriga hijrat qilgan. Ular asosan kurdlar istiqomat qiladigan Ruknuddin mahallasiga joylashadilar. Butiy bolaligidan Qur’on ta’limini boshlaydi va atigi olti oy ichida Qur’onni to‘liq xatm qiladi. Keyinchalik otasi bosh-qoshligida turli madrasalarda diniy ilmlar bilan shug‘ullanadi. 1953-yilgacha Shayx Hasan Habanka al-Maydoniy boshchiligidagi "At-tavjih al-islomiy" kollejida nahv, mantiq, balog‘at, usul va boshqa diniy fanlarni o‘rganadi.
1953-yilda Misrning Azhar universiteti Shariat fakultetiga o‘qishga kirib, 1956-yilda tamomlaydi. 1957-yilda Humus shahrida diniy madaniyat o‘qituvchisi sifatida faoliyat boshlaydi. 1960-yilda Damashq universitetining Shariat fakultetida yordamchi lavozimiga tayinlanadi. 1965-yilda Azhar universitetida "Islom huquqida "Maslaha" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini "Mumtaz" (juda a‘lo) bahosi bilan himoya qiladi. Shundan so‘ng u Damashq universitetida professor unvoniga erishib, islom huquqi, fiqh, aqida va siyrat fanlaridan saboq beradi.
1970-yilda dotsent, 1975-yilda professor, 1977-yilda esa Shariat fakulteti dekani lavozimiga tayinlanib, 1993-yilgacha bu lavozimda ishlaydi. U arab, kurd, turk va ingliz tillarini yaxshi bilgan. Akademik faoliyati davomida u kitoblari, televideniya, radio va internet orqali keng ommaga diniy ta’lim yetkazgan. Uning Damashqdagi yirik masjidlardagi va’zlari ko‘p sonli kishilarni jamlagan.
Yevropalik tadqiqotchi Andreas Christmann ta’kidlaganidek, diniy amallarga rioya qilmaydigan hatto musulmon bo‘lmagan kishilar ham uning ma’ruzalariga qiziqish bildirgan [2]. 2005-yilda Dubay Qur’on Xizmat Kengashi uni "Namunali Islom Olimi" deb e’tirof etgan. 2012-yilda esa Iordaniya Qirollik Akademiyasi tomonidan tuzilgan eng nufuzli 500 musulmon ro‘yxatida 22-o‘rinni egallagan.
Butiy aqidada Ash’ariy kalom maktabiga ergashgan bo‘lib, salafiylik oqimiga tanqidiy yondashuvi bilan mashhur edi. Fiqhiy yo‘nalishda esa Shofi’iy mazhabiga mansub bo‘lgan.
Butiyning ilmiy faoliyatida birinchi yirik yutug‘i sifatida "ad-Davabitu’l-Maslaha fi’sh-Shari‘ati’l-Islamiyya" nomli doktorlik dissertatsiyasi bo‘lib, bu asar Islom huquqidagi "Maslaha" masalasini chuqur tahlil qilgani sababli tadqiqotchilar tomonidan muhim manba sifatida qadrlanadi.
Uning asl shuhrati esa "Fiqhus-siyra" asari orqali keng tarqalgan. Ushbu kitobda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayotlari asosida shar’iy va fiqhiy xulosalar chiqarilib, yangicha ilmiy uslubda taqdim etilgan.
Tahrirchi Bot, [16.05.2025 12:30]
Butiy 70 ga yaqin kitob va ko‘plab maqolalar muallifi bo‘lib, Islom ummati muammolariga bag‘ishlangan "Abhas fi’l-Kimme" nomli o‘nta risoladan iborat to‘plami ham e’tibor qozongan. Bu risolalarda u muammolarga yechimlarning o‘zini emas, balki ularning asl sabablari, xususan, G‘arb qarshisida musulmonlarning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan orqada qolish omillarini ochib berishga intilgan.
U butun umri davomida islomiy fikr, axloq va ma’rifatni targ‘ib etishda fidokorona xizmat qilgan. Afsuski, bu yuksak ilm va taqvo sohibi 2013 yil 21 mart kuni Damashqdagi Imom masjidida dars berayotgan paytida shahid bo‘ldi. Uning vafoti nafaqat Suriyada, balki butun Islom olamida chuqur iztirob bilan qabul qilindi. Shu tariqa Ramazon Butiy o‘zining boy ilmiy merosi va mardonavor xizmatlari bilan musulmon ummatining qalbida chuqur iz qoldirdi.
Muhammaddiyor MO‘MINOV,
Toshkent Islom instituti 402-guruh talabasi.
[1] Mahsum Aslan. Muhammed Said Ramazan el-Bûtî’nin hayatı, eserleri, ilmî kişiliği ve fıkıhçılığı "Muhammad Said Ramazon al-Butiyning Hayoti, Asarlari, Ilmiy Shaxsiyati va Fiqhchilig‘i" nomli magistrlik dissertatsiyasidan. Dijla Universiteti, Sotsial fanlar instituti, Diyarbakir, qisqartirma, 2014.– J.1. — B.1.
[2] Andreas Christmann. Islamic scholar and religious leader: A portrait of Shaykh Muhammad Sa’id Ramadan al-Būti “Musulmon Olim va Diniy Yetakchi: Shayx Muhammad Said Ramazon al-Butiy”, tarj. Muammer İskenderoğlu, Usul islomiy tadqiqotlar jurnali, Son: 2, Iyul-Dekabr, 2004. – 129-154, - B.130.