Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Dekabr, 2025   |   26 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:17
Quyosh
07:43
Peshin
12:24
Asr
15:14
Shom
16:59
Xufton
18:18
Bismillah
17 Dekabr, 2025, 26 Jumadul soni, 1447

E'tiqod durdonalari: Valiylar Payg'ambarlarning ummatlaridir

07.05.2021   10935   7 min.
E'tiqod durdonalari: Valiylar Payg'ambarlarning ummatlaridir

34- وَلَمْ يَفْضُلْ وَلِيٌّ قَطُّ دَهْرًا     نَبِيًّا أَوْ رَسُولاً فِي انْتِحِالِ

 

Ma'nolar tarjimasi:

Qilingan da'volarda biror valiy hech bir zamonda nabiydan yo rasuldan aslo afzal bo'lmagan.

 

Nazmiy bayoni:

Valiy biror da'voda hech bir zamon,

Nabiy yo Rasuldan afzal bo'lmagan.

 

Lug'atlar izohi:

لَمْ nafiy, jazm va qalb harfi.

يَفْضُلْ ma'lum jahd fe'li.

وَلِيٌّ oilllikka ko'ra raf bo'lib turibdi. Lug'atda “yaqin bo'luvchi”, “to'xtovsiz ergashuvchi” kabi ma'nolarni anglatadi. Bu ism فَعِيلٌ vaznida bo'lganiga ko'ra unga ismi foil yo ismi maf'ul ma'nosini berish mumkin. Ismi foil ma'nosi berilsa: “Biror isyon aralashmasdan toat ibodati bardavom bo'luvchi”  ma'nosini anglatadi. Ismi maf'ul ma'nosi berilsa: “Alloh taoloning fazlu marhamati unga to'xtovsiz yog'ilib turgan”, ma'nosini anglatadi.

قَطُّ o'tgan zamon “istig'roqi” uchun keltirilgan zarfi zamon.

دَهْرًا bu kalima “zamon”, “asr” va “uzun umr”  ma'nolarini anglatadi. Bu erda zamon ma'nosi iroda qilingan. Zarflikka ko'ra nasb bo'lib turibdi.

نَبِيًّا maf'ullikka ko'ra nasb bo'lib turibdi. Lug'atda “xabardor qilingan” yo “xabar beruvchi” ma'nolarini anglatadi.

أَوْ – “tafsiyl” ma'nosida kelgan atf harfi.

رَسُولاً – ma'tuf. Lug'atda “elchi” ma'nosini anglatadi.

فِي “zarfiyat” ma'nosida kelgan jor harfi.

انْتِحِالِ – bu masdar o'ziga tegishli bo'lmagan narsani da'vo qilishga nisbatan ishlatiladi. Bu erda biror valiydan naql qilingan so'z yoki boshqalarning valiylar haqidagi so'zlari iroda qilingan. Ya'ni har qancha ulug'likka dalolat qiladigan da'volar bo'lmasin, valiy hech qachon payg'ambardan afzal bo'lmagan, deb e'tiqod qilish lozim. 

 

Matn sharhi:

Valiylar hech qachon biror-bir payg'ambarning martabasiga eta olmagan. Bunday e'tiqod qilishga ushbu hadisda ochiq-oydin dalolat bor:       

عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ قَالَ رَآنِي رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَمْشِي اَمَامَ أَبِي بَكْرٍ فَقَالَ يَا أَبا الدَّرْدَاءِ اَتَمْشِي اَمَامَ مَنْ هُوَ خَيْرٌ مِنْكَ فِي الدُّنْيَا وَ الآخِرَةِ مَا طَلَعَتِ الشَّمْسُ وَلاَ غَرَبَتْ عَلَى أَحَدٍ بَعْدَ النَّبِيِّينَ وَالْمُرْسَلِينَ أَفْضَلَ مِنْ أَبِي بَكْرٍ.   رَوَاهُ أَحْمَدُ بْنُ حَنْبَل

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening Abu Bakrning oldida yurganimni ko'rdilar va: “Ey Abu Dardo, dunyoda ham, oxiratda ham o'zingdan afzal bo'lgan kishining oldida yurasanmi? Nabiylar va rasullardan keyin Abu Bakrdan afzalroq biror kishining tepasiga quyosh chiqmagan ham, botmagan ham”, – dedilar”. Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan.    

Ya'ni barcha sahobalarning ulug'i, valiylar sultoni Abu Bakr roziyallohu anhu Nabiylar va Rasullardan keyin tursa, qolganlar shak-shubhasiz ulardan past darajada bo'ladilar.

Aslida, ushbu bayt ham karromiylar deb atalgan buzg'unchi toifaning qarashlaridan ommani ogohlantirish ma'nosida keltirilgan. Chunki valiy payg'ambarga ergashishi bilangina ushbu maqomga etishadi. Ergashuvchi esa ergashilgandan afzal bo'lmasligi hech kimga sir emas.  Qolversa, payg'ambarlar ma'sum va yomon xotimadan omonda bo'lgan zotdirlar.

Valiylar va ularning karomatlari haqida “Aqoidun Nasafiy” asarida shunday deyilgan:

كَرَامَاتُ الاَوْلِيَاءِ حَقٌ فَيُظْهِرُ الْكَرَامَةَ عَلَى طَرِيقِ نَقْضِ الْعَادَةِ لِلْوَلِىِّ مِنْ قَطْعِ الْمَسَافَةِ الْبَعِيدَةِ فِى الْمُدَّةِ الْقَلِيلَةِ وَظُهُورِ الطَّعَامِ وَالشَّرَابِ وَاللِّبَاسِ عِنْدَ الْحَاجَةِ وَالْمَشْىِ عَلَى الْمَاءِ وَالطَّيَرَانِ فِى الْهَوَاءِ وَكَلاَمِ الْجَمَادِ وَالْعَجْمَاءِ وَغَيْرِ ذَلِكَ مِنَ الاَشْيَاءِ وَيَكُونُ ذَلِكَ مُعْجِزَةً لِلرَّسُولِ الَّذِى ظَهَرَتْ هَذِهِ الْكَرَامَةُ لِوَاحِدٍ مِنْ اُمَّتِهِ لاِنَّهُ يَظْهَرُ بِهَا اَنَّهُ وَلِىٌّ وَلَنْ يَكُونَ وَلِيًّا اِلاَّ اَنْ يَكُونَ مُحِقًّا فِى دِيَانَتِهِ وَدِيَانَتُهُ اَلاِقْرَارُ بِرِسَالَةِ رَسُولِهِ.

“Valiylar karomati haqdir. Uzoq masofani qisqa muddatda bosib o'tish, muhtoj paytda oziq-ovqat, ichimlik va kiyimlarning paydo bo'lishi, suv ustida yurish, havoda uchish, jonsiz va tilsiz narsalarning gapirishi va bulardan boshqa narsalarni (Alloh taolo)  valiyga g'ayrioddiy yo'lga ko'ra paydo qiladi. Ummatlaridan biriga karomat sifatida paydo bo'lgan ushbu narsalar payg'ambarga mo''jiza bo'ladi. Chunki o'sha karomat sababli uning valiy ekani zohir bo'ladi. Valiy faqat va faqat o'z diyonatida haqiqiy bo'lishi bilan valiy bo'la oladi. Uning diyonati esa payg'ambarining payg'ambar ekaniga iqror bo'lishidir”[1]

Ha, valiylar payg'ambarlarning ummatlaridirlar, ular payg'ambarlari keltirgan shariatni mahkam tutib yashashga boshqalardan ko'proq intiladigan zotlar bo'lganlar. Ularning barchalariga Alloh taoloning rahmati bo'lsin.

 

 

KYeYINGI MAVZU:

Valiylar sultoni haqida

 

[1] Sa'duddin Taftazoniy. Sharhu aqoid. – Misr: “Maktabatul Azhariy”, 2000. – B. 131.

 

Kutubxona
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Blizkoye sopernichestvo luchshix yegipetskix talantov v oblasti Korana v "State of Recitation"

17.12.2025   169   2 min.
Blizkoye sopernichestvo luchshix yegipetskix talantov v oblasti Korana v

V sedmom i vosmom epizodax programmi po poisku talantov v oblasti Korana "State of Recitation" v Yegipte uchastniki prodemonstrirovali svoi sposobnosti v chtenii i tadjvide ayatov Korana.
Po soobsheniyu IQNA so ssilkoy na "Al-Dustur", sedmoy i vosmoy epizodi programmi po poisku talantov v oblasti Korana "State of Recitation" v Yegipte vishli v efir v proshluyu pyatnitsu i subbotu.
Sedmoy epizod vklyuchal v sebya sorevnovaniye mejdu: Reza Moxammad Reza, Moxammad Axmad Xasan Ismail (Al-Kuladji), Ashraf Seyf Salex, Valid Salax Atiyya, Moxammad Maxer Shafik i Maxmud as-Said Abdulla.
Rezultati uchastnikov v sedmom epizode programmi bili sleduyushimi:
Ashraf Seyf Salex nabral 268 ochkov.
Reza Moxammad Reza nabral 266 ochkov.
Moxammad al-Kuladji nabral 271 ochko.
Moxammad Maxer nabral 267 ochkov.
Valid Atiyya nabral 263 ochka.
Maxmud as-Said Abdulla nabral 267 ochkov.
Posle etix rezultatov Reza Moxammad Reza i Valid Salax Atiyya uchastvovali vo vtorom raunde, chtobi opredelit, kto iz nix proydet v sleduyushiy etap, a kto vibudet. V konse konsov, sudi vibrali Rezu Moxammada Rezu dlya sleduyushego etapa.
Takje chtetsami, uchastvovavshimi v vosmom epizode, bili: Atiyya Alla Ramadan, Axmad Djamal Abdel Vaxxab, Muxanna Rabi Abdel Monem, Ali Moxammad Mustafa, Moxammad Kamel i Omar Naser Axmad Ali.
Daleye vi mojete posmotret chteniye Atiyi Alla Ramadana, slepogo chtetsa etogo epizoda programmi "State of Recitation", kotoroye bilo ispolneno s osobim entuziazmom i chuvstvom.
Programma nachalas s 32 uchastnikami, i kolichestvo uchastnikov postepenno umenshalos v kajdom epizode, poskolku kajdiy raz odin ili neskolko uchastnikov vibivali, poka ne bili opredeleni pobediteli dvux razdelov programmi, a imenno "Chteniye" i "Tadjvid".
Programma "State of Recitation" vixodit v efir kajduyu pyatnitsu i subbotu v 9 chasov vechera na kanalax "An-Nas", "Al-Xayat", "Si-Bi-Si" i kanale Svyashennogo Korana, a takje na platformax Ministerstva vakufov Yegipta i platforme "Watch It".

Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana

Dunyo yangiliklari