Buxoro – Naqshbandiya tariqatining etti buyuk pirlari vatani. Bu erda tasavvufning buyuk vakillari yashab, diniy va ijtimoiy faoliyatni yuritib, Buxoroi sharifning gullab-yashnashi, ravnaqi va ma'naviy tarbiyasiga hissa qo'shganlar.
Buxorodan 12 kilometr uzoqlikda joylashgan Hoja Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi o'ziga xos tarixiy inshoot va musulmon maqbarasidir. Bu mamlakatimizda turli mamlakatlardan kelgan mehmonlar tashrif buyuradigan asosiy ziyoratgohlardan biridir.
"Dunyo" axborot agentligi muxbiri Zafar Yo'ldoshqulov musulmon olamidagi eng aziz qadamjolardan biri haqida fotosuratlar tili bilan hikoya qiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Jakarta shahridagi Sharif Hidoyatullah universiteti hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida nufuzli xalqaro anjuman tashkil etildi.
Mazkur anjumanda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari D.Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Obidjon Qodirov ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning boy ma’naviy merosi alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Indoneziya o‘zining diniy bag‘rikengligi, ilmiy salohiyati va madaniy xilma-xilligi misollarda ko‘rsatib o‘tildi.
Xususan, Indoneziya Din ishlari vazirligi vakili, doktor A.Salim:
"Islom ilmi birgina jumla orqali cheksiz ma’nolarni ochib bera oladi. Bu uning hayotiyligi va doimo rivojlanib borishidagi kuchidir," – deya ta’kidladi.
Shuningdek, anjumanda Indoneziya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, jumladan, Prezident Sokarnoning Imom Buxoriy maqbarasini qayta kashf etishdagi roli, Valisongo orqali islomning tarqalishi kabi mavzular keng yoritildi.