Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Dekabr, 2025   |    ,

Toshkent shahri
Tong
06:14
Quyosh
07:39
Peshin
12:22
Asr
15:13
Shom
16:58
Xufton
18:17
Bismillah
12 Dekabr, 2025, ,

Ramazon oyining oxirgi o'n kunligi fazilati

02.05.2021   6328   3 min.
Ramazon oyining oxirgi o'n kunligi fazilati

Payg'ambarimiz sollollohu alayhi vasallam Ramazon oyining oxirgi o'n kunida boshqa kunlaridan ko'ra ko'proq ibodat qilar, u kunlarni etikof bilan o'tkazar va qadr kechasini ushbu kechalardan qidirar edilar[1].

Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi o'z sahihlarida Oisha onamiz roziyollohu anhodan rivoyat qiladilar: “Albatta Nabiy sollollohu alayhi vasallam, Ramazon oyining oxirgi o'n kuni kirib kelsa, ahllarini uyg'otar, tunlarini tiriltirar va bellarini mahkam bog'lar edilar”[2]

Hadisi sharifdagi Oisha onamizning: “Bellarini mahkam bog'lar edilar”,  degani Payg'ambar sollollohu alayhi vasallamning ibodatga odatdagidan ko'proq jiddu-jahd  qilib harakat qilganlaridan kinoya. Ba'zilar bu ayollaridan chetlashganlari, yaqinlik qilmaganlaridan kinoya deydilar.

“Tunlarini tiriltirar edi” deganlari esa, namoz va boshqa ibodatlar bilan tunning barchasini bedor o'tkazar edilar degan ma'noda. Oisha onamiz roziyollohu anhodan rivoyat qilingan boshqa hadisda: “ Men Rosululloh sollollohu alayhi vasallamni Ramazon oyidan boshqa biror paytda bir kechada Qur'oni karimning barchasini o'qiganlarini ham, tunning hammasini to tonggacha bedor bo'lganlarini ham, bir oy avvalidan oxirigacha to'liq ro'za tutganlarini ham bilmayman”[3] deganlar.

“Ahllarini uyg'otar edi” deganlari esa, ayollarini namozga uyg'otar edi degan ma'noda. Payg'ambar sollollohu alayhi vasallamning odatlaridan ma'lumki, U zot ahllarini boshqa kunlarda ham ibodatga uyg'otar edilar. Vitr o'qimoqchi bo'lsalar Oisha onamizni uyg'otganlari kabi.[4] Ammo Payg'ambar sollollohu alayhi vasallamning ahli oilalarini Ramazon oyining oxirgi o'n kunida uyg'otishlari yilning boshqa kunlariga nisbatan ko'proq bo'lar edi.  

 

 

Shayxontohur tumani “Islom nuri” jome  masjidi imom xatibi,

Toshkent Islom instituti o'qituvchisi

A. Sobirov

 

[1] Imom Muslim Oisha roziyollohu anho onamizdan rivoyat qilgan(1175)

[2] Imom Buxoriy rivoyati(1913)

[3] Imom Nasaiy rivoyati(1641)

[4] Imom Buxoriy rivoyati(952)

RAMAZON-2021
Boshqa maqolalar

“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

11.12.2025   2665   2 min.
“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida “O‘zbekiston musulmonlari idorasining respublika va xalqaro maydonida faoliyati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi boshlig‘i Muzaffar Kamolov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Shavkatjon Xamdamov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyatidagi vakili Musoxon domla Abbosiddinov ishtirok etdilar.

Uchrashuv avvalida Musoxon domla Abbosiddinov ishtirokchilarni mehmonlar bilan tanishtirib, tashrifning asosiy maqsadi va mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi. U kishining ta’kidlashicha, bunday uchrashuvlar talabalarning dunyoqarashini boyitish, amaliyotdagi islohotlar bilan yaqindan tanishtirish va ularni mas’uliyatli yo‘lga rag‘batlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Muzaffar Kamolov o‘z ma’ruzasida dinimiz ravnaqi, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, masjidlar faoliyatini takomillashtirish yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, bitiruvchi kurs talabalariga qaratilgan qimmatli tavsiyalar ham berildi. U kishi talabalarga amaliyot davomida biriktirilgan masjidlarda xolis niyat bilan, vijdonan va mas’uliyat bilan xizmat qilish, bu xizmatni Alloh roziligi uchun ado etish kerakligini ta’kidlab o‘tdilar.

Shavkatjon Xamdamov mamlakatimizda so‘nggi yillarda diniy soha va xalqaro aloqalar yo‘nalishida erishilayotgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi. Uning ta’kidiga ko‘ra: Diniy idoraning xalqaro nufuzi yuksalib bormoqda, bir qator nufuzli tashkilotlar bilan yangi memorandumlar imzolanmoqda, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hozirda 5 ta yirik xalqaro tashkilotga a’zo, shuningdek, Muftiylar kengashining ham to‘laqonli a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Shavkatjon Xamdamov bu imkoniyatlar diniy sohamizga berilgan katta e’tibor va ishonch belgilari ekanini, ularni qadrlash va mas’uliyat bilan ishlash zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi. Mehmonlarning ezgu fikr va tavsiyalari yosh avlodning mustaqil fikrlaydigan, bilimli, xalol va vijdonli diniy soha xodimi bo‘lib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’lim muassasasi Matbuot xizmati

“Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O'zbekiston yangiliklari