— Odatda iftorlikka qo'shnilar, yaqin qarindoshlar chaqiriladi. Lekin ularning orasida ba'zan tutmaganlari ham bo'ladi. Bir safar tanishimni iftorlikka chaqirsam: “Sog'lig'im sababli ro'za tutolmadim, iftorlikka borolmayman, borsam iftorlik qilgan odamning savobini kamaytirib qo'yaman”, dedi. Do'stimning gapi to'g'ri-mi? Faqat ro'za tutganlar uchun iftorlik qilish kerak-mi?
— Bismillahir Rohmanir Rohim. Iftor qildirish degani ro'za tutgan kishini kunning oxirida biron taom yoki ichimlik bilan ikrom qilish ma'nosidadir. Shuning uchun iftor dasturxoniga ro'zadorlar chaqiriladi. Ammo shar'iy sabab bilan ro'za tutmagan kishilar u dasturxondan taomlanishlari joiz. Savobi kamayib qoladi, degan gap noto'g'ri.
Muhammad Ayyub HOMIDOV
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Jannatga kirdim va uning eshigida sadaqa o‘n (barobar savob), qarz esa o‘n sakkiz (barobar savob) bilan (mukofotlanadi) degan yozuvni ko‘rdim. Shunda "Ey Jabroil, qanday qilib sadaqa o‘n, qarz o‘n sakkiz barobar bo‘ladi?" dedim. Jabroil alayhissalom: "Chunki sadaqa boyning ham, faqirning ham qo‘liga tushaveradi. Qarz esa, faqat muhtojning qo‘liga tushadi", dedi.