Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyul, 2025   |   30 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:35
Quyosh
05:12
Peshin
12:35
Asr
17:36
Shom
19:51
Xufton
21:20
Bismillah
25 Iyul, 2025, 30 Muharram, 1447

Mavlono Rumiy maydoni Turkiya ramziga aylanadi

08.04.2021   1389   2 min.
Mavlono Rumiy maydoni Turkiya ramziga aylanadi

Ko'nyadagi qurilish shaharni o'zgartirish uchun mo'ljallangan. Bu erda Mavlono maydoni, Mavlono bozori, Millat bog'i, to'rt minorali yangi masjid va juda ko'p boshqa binolar qurilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar beradi Anatoliya agentligi.

"Kuchli shaharlar – 2023 yilga borib kuchli Turkiya" dasturi doirasida shaharni o'zgartirish uchun mo'ljallangan Ko'nyada keng ko'lamli qurilish rejalashtirilgan.

Islomosferaga ko'ra, Mavlono maydoni, Mavlono bozori va Oltin bozori qurilishi rejalashtirilgan. Shaharsozlik va atrof-muhit Turkiya vaziri Murod Qurum bunday dedi: "Trafal'gar maydoni Buyuk Britaniyada san'at va madaniyat ramzi bo'lgani kabi, Aleksanderplats nemis mustaqillik ramzi bo'lgan kabi, Registon Samarqandda ilm-fan va san'at ramzi bo'lgani kabi, Bashcharshiya Sarayevo ramzi bo'lgani kabi, Mavlono Rumiy maydoni Turkiyaning ramzi bo'lib qoladi".

Sobiq shahar stadioni joyida 108 ming kvadrat metr maydonni egallagan Millat bog'ini qurish rejalashtirilgan. Bu erda bolalar tennis korti, basketbol maydoni, shaxmat o'ynash uchun joy, maydonchalar, kutubxona maydoni, hovuz, Turk-Islom bog'i, velosiped va piyodalar yo'llari ko'zda tutilgan. Shuningdek, bu bog'da Istanbuldagi Sulton (eng katta) masjidlar modelida ulkan masjid quriladi. Loyihaga ko'ra, gumbazining diametri 23 m, balandligi 59 m bo'lgan 4 ta minoraga ega bo'ladi va hovli bilan birgalikda masjid 14 400 nafar kishini o'z ichiga sig'diradi.

Rejalashtirilgan barcha ishlarning kattaligiga qaramay, ularni yoz oxirigacha tugatish rejalashtirilmoqda. "Inshaalloh, shu yilning avgust oyiga qadar loyihani yakunlab, Ko'nya ahli va yoshlarimiz uchun Millatlar bog'ini ochamiz", - deydi Murod Qurum.

Shu bilan birga, shaharning tarixiy merosigni asrab-avaylash rejalashtirilgan. Shaharning eng qadimiy turar-joyi bo'lgan Alouddin tepaligi atrofida qurilish va obodonlashtirish ishlari madaniy yodgorliklarga zarar etkazmaydigan tarzda amalga oshiriladi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bunday holatda namoz qaytadan o‘qiladimi?

21.07.2025   4860   1 min.
Bunday holatda namoz qaytadan o‘qiladimi?

Savol: O‘qilgan namozimdan ko‘nglim to‘lmadi. Shu namozni qayta o‘qishim kerakmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu masalaning biroz tafsiloti bo‘lib, unga ko‘ra namoz quyidagi holatlarda qayta o‘qilishi lozim:
•  Namozda biror farz amal bajarilmay qolib ketgan bo‘lsa;
•  Namozda biror vojib amal qasddan bajarilmay qolib ketsa;
•  Namozda biror vojib amal unutib bajarilmasa va namoz oxirida sajdai sahv ham qilinmay tugatilgan bo‘lsa.

Agar namozda sunnat amallar tark qilingan bo‘lsa yoki namoz makruhlik bilan o‘qilgan bo‘lsa, u holda namozni qayta o‘qish vojib emas, balki mustahab  (chiroyli sanalgan) ish hisoblanadi. Ushbu holatda qaytadan o‘qimasa ham gunohkor sanalmaydi.
Savolda so‘ralgan holatga kelsak, ko‘ngil to‘lmasligi yuqorida sanab o‘tilgan farz yoki vojib amal tark qilingan holatlar sababli bo‘lsa, namoz qayta o‘qilishi kerak. Ammo haqiqatda sobit bo‘lmagan shubha-gumonlar, vasvasalar sababli ko‘ngil to‘lmayotgandek bo‘lsa, u holda namozni qayta o‘qilmaydi. Chunki ko‘p hollarda “ko‘nglim to‘lmayapti”, deb namozni qayta-qayta o‘qiyverish insonni o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi va vasvasa kasaliga chalinishiga olib keladi.

Shunday ekan, namozda bajariladigan farz, vojib, sunnat amallar haqida yaxshi o‘rganish, eng asosiysi turli xayollarga chalg‘imasdan namozni e’tibor bilan ado etish lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.