O'zbekiston tarixi davlat muzeyida «Hindistonning yozma merosi: hind-islom hattotligining yozma san'ati» nomli ko'rgazma ochildi. Ko'rgazma Lal Bahodur Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi va O'zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda tashkillashtirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA Fanlar akademiyasi ma'lumotiga asoslanib.
Ko'rgazmada Hirot san'at maktabi buyuk hattotlarining XV-XIX asrlarda Hindistonning turli hududlarida yaratgan kufiy, nash, suls, nasta'liq, shikasta, ta'liq yo'nalishidagi ishlaridan namunalar namoyish etilmoqda.
Ushbu yozuv namunalari, ayniqsa, Qur'on oyatlarining nash va suls xatlarida nafis yozilishida keng qo'llanilgan.
Ko'rgazma 20 aprelgacha davom etadi.
O'zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati
Imom Abul Mu’in Nasafiy rahmatullohi alayh "Tabsiratul adilla" asarlarida Xuroson va Mavoraunnahr aholisi hanafiylikni Imomi A’zam rahmatullohi alayhning yetakchi shogirdi Imom Muhammad ibn Hasan Shayboniy, uning shogirdi Abu Suraymon Juzjoniy, uning do‘sti Shayx Abu Bakr Ahmad, Shayx Is'hoq Sobih Juzjoniy, Imom Abu Bakr Juzjoniy, Imom Abu Nasr Ahmad ibn Abbos Iyodiy Ansoriy va Imom Moturidiy silsilasi orqali o‘rgangan deb keltiradi. Imom Nasafiyning ta’kidlashlaricha bu olimlar ilk davrdan boshlab Movarounnahrning barcha hududlarida hamda Xurosonning Marv va Balx shaharlarida hanafiylik mazhabini yoyishda jonbozlik ko‘rsatishgan.
Imom Moturidiy rahimahulloh Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayhning e’tiqodiy qarashlarini yaxshi o‘zlashtirishdan tashqari mintaqamizda hanafiylik tarqalishida muhim hissa qo‘shganlar.
Kosonsoy tuman "Buzrukho‘ja" jome masjidi imom-xatibi
Sodiqjon Abdurahmanov
Manba: @Softalimotlar