Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Yanvar, 2026   |   10 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:37
Peshin
12:41
Asr
15:54
Shom
17:39
Xufton
18:54
Bismillah
29 Yanvar, 2026, 10 Sha`bon, 1447

Masjid tomon bosilgan qadamlarning mukofoti

06.04.2021   2094   1 min.
Masjid tomon bosilgan qadamlarning mukofoti

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim o'z uyida tahorat qilib, Allohning uylaridan biriga Allohning farzlaridan birini ado etish uchun yurib borsa, uning ikki qadamidan biri ila xatosi o'chadi, boshqasi ila darajasi ko'tariladi», dedilar» (Muslim, Nasaiy va Termiziylar rivoyat qilganlar).

Hadisi sharifda yaxshi niyat bilan masjid tomon bosilgan har bir qadam behuda ketmasligi ajoyib uslubda vasf qilinmoqda.

Ehtimol, masjidga jamoat namoziga qatnaydigan har bir kishi ham o'zining qilayotgan amali naqadar ulkanligini tasavvur eta olmas. Agar haqiqatda tasavvur eta olmasa, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisi shariflari ila yaxshilab tanishib olsin. Unday odam masjidga jamoat namozi o'qish uchun borish niyatida tahorat qilib, birinchi qadamini bosishi bilan bir gunohi yuviladi, ikkinchi qadamini bosishi bilan darajasi bir pog'ona ko'tariladi. Masjidga etib borgunicha har qadamda darajasi ko'tarilib boraveradi.

Tahorat va namoz uchun beriladigan savoblar, kechiriladigan gunohlar alohida bo'ladi. Shuningdek, darajalar masalasi ham o'ziga yarasha bo'ladi.

Demak, farz namozlarni doimo masjidda, jamoat ila ado qilishga urinishimiz, iloji boricha masjid tomon bosadigan qadamlarimizni ko'paytirishimiz lozim.

 

«Hadis va hayot» kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sog‘lom turmush tarzi — ma’naviy hayotning asosi

28.01.2026   2255   1 min.

 

Musobaqada soha tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlardan tuzilgan jamoalar ishtirok etib, o‘zaro qiziqarli va murosasiz bellashuvlar namoyish etdilar. Qiziqarli va keskin o‘tgan o‘yinlar yakunida g‘oliblar aniqlandi. 

Yakuniy natijalarga ko‘ra, volleybol musobaqasida O‘zbekiston tumani jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shaxmat turida O‘zbekiston tumani “Imom Ja’far” masjidi imom-noibi Payg‘amov Niyozbek birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qo‘shtepa tumani “Sulaymonbek hoji” masjidi imom-noibi Mirzarahimov Muhammadyunus esa stol tennisi musobaqasida g‘olib deb topildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib va sovrindorlarga diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Sog‘lom turmush tarzi — ma’naviy hayotning asosi Sog‘lom turmush tarzi — ma’naviy hayotning asosi Sog‘lom turmush tarzi — ma’naviy hayotning asosi Sog‘lom turmush tarzi — ma’naviy hayotning asosi Sog‘lom turmush tarzi — ma’naviy hayotning asosi Sog‘lom turmush tarzi — ma’naviy hayotning asosi Sog‘lom turmush tarzi — ma’naviy hayotning asosi Sog‘lom turmush tarzi — ma’naviy hayotning asosi Sog‘lom turmush tarzi — ma’naviy hayotning asosi
O'zbekiston yangiliklari