Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Oktabr, 2025   |   1 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:25
Quyosh
06:44
Peshin
12:12
Asr
15:48
Shom
17:34
Xufton
18:47
Bismillah
23 Oktabr, 2025, 1 Jumadul avval, 1447

Davriy nashrlarda: M'yanmada Islom

03.04.2021   1526   3 min.
Davriy nashrlarda: M'yanmada Islom

M'yanma Respublikasi – Janubi-sharqiy Osiyoda, Hindi­xitoy yarim orolining shimoli-g'arbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni – 678,5 ming km2. Aholisi 42 million kishi. Poytaxti – Yangon shahri. Ma'muriy jihatdan 14 ma'muriy hududga bo'linadi.

Davlat tuzumi – respublika. Konstitutsiyaga binoan, davlat boshlig'i – prezident, qonun chiqaruvchi hokimiyat – Millat majlisi; ijro hokimiyati hukumat zimmasida.

Tabiati. M'yanma – tog'li mamlakat. Eng baland joyi 5881 metr (Kxakaborazi tog'i). Sharqida Shan tog'i va uning dengiz bo'yigacha cho'zilgan tizmalari, g'arbida Rakxayn (Arakan-Yoma), Patkay va boshqa tizmalar bor.

Yirik shaharlari: Yangon, Mandalay, Molam'yan.

M'yanma 1948 yildan beri BMT a'zosi. O'zbekiston Respublikasi bilan diplo­matik munosabatlari 2001 yil fevralda o'rnatilgan.

Aholisi. M'yanma – ko'p millatli davlat. Mamlakatda 76 ga yaqin millat va elat bor. M'yanmada (birmaliklar) karen, shan, chin, kachin, mon va boshqa xalqlar yashaydi. Hindlar, xitoylar, evropaliklar (asosan, inglizlar) ham bor. Rasmiy tili – m'yanma tili. Dindorlari, asosan, buddaviylar (70 foiz), musulmon, hindu va nasroniy jamoalari ham bor.

M'yanmada musulmonlar soni 2,5 mil­liondan ziyod. Mamlakat aholisining 4,3 foizini tashkil qiladi. Shundan rohinja musulmonlari 1 million nafardan ortiq.

M'yanmaning shimoli-g'arbidagi Rak­xayn shtatida musulmon-rohinjalarga qarshi zo'ravonliklar kuzatilgan. BMT ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi 4 yil mobay­nida mazkur mintaqadagi 120 ming odam tazyiqlar tufayli o'z uylarini tashlab, boshqa joylarga ko'chib ketishga majbur bo'lgan.

Islom Hamkorlik Tashkiloti bayonoti­da M'yanma­da davom etayotgan mantiqsiz voqealarga nisbatan o'z yondashuvini bil­dirib, mam­lakatdan rohinja-musulmon­larining quvilishi, ularni o'ldirish bilan qo'r­qitish, o'z erlarida yashash huquqidan mah­rum qilish jinoyat ekani ta'kidlangan.

Ma'lumotlarga ko'ra, M'yanmaning Ara­kan viloyatida tabiiy boyliklarning ju­da katta erosti zaxirasi mavjud. Aynan rohinja aholisi yashaydigan hududda 1,2 trillion kub-metr tabiiy gaz va 2,1 milliard bar­rel' neft' konlari borligi taxmin qi­linmoqda. Bu esa mintaqada davom etayotgan mojarolarning asl sababini ilg'ashga im­kon beradi.

O'zbekiston hukumati M'yanmadagi holat yuzasidan o'z munosabatini bildirib, 2017 yil 18 sentyabr' kuni zarur mahsulotlar­dan iborat insonparvarlik yordamini Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatining Dakkadagi milliy bosh qarorgohiga etka­zib bergan. Bu insonparvarlik yordami Bangladeshda bo'lib turgan 50 mingdan ortiq qochoq ehtiyojini qondirishga xiz­mat qilgan.

Nurmuhammad NOSIROV tayyorladi.

“Hidoyat” jurnalining 3-sonidan olindi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qur’ondan uzoqda yuraveramizmi?

23.10.2025   468   1 min.
Qur’ondan uzoqda yuraveramizmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bilasizmi? Qur’on sizni faqat jannatga olib borish bilangina cheklanib qolmaydi, balki sizni jannatning eng oliy martaba va darajalarigacha ko‘taradi, yuksaltiradi.


Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis bor. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Qur’on sohibiga: “Qiroat qilib ko‘tarilaver. Dunyoda qandoq tartil qilgan bo‘lsang, xuddi shundoq tartil qil. Albatta, sening manziling oxirgi qiroat qilgan oyatingning makonidan bo‘ladi”, deyiladi» (Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan).


Shunday keyin ham Qur’ondan uzoqda yuraveramizmi?

Maqolalar