Shayx Alboniy va hadis ilmida usuliy alloma bo'lmish shayx Abdulfattoh Abu G'udda o'rtasida ilmiy munozara bo'lgan edi. Bu xabarni menga vafotidan oldin shayx Muhammad Munir rahimahulloh Madina shahriga kelganida aytib bergan edi.
Bu munozara Riyoz shahrida bo'ldi.
Shayx Abdulfattoh:
– Siz hadis ilmining olimi va muhaddismisiz?, – deya so'radi.
Shayx Alboniy:
– Shunday deyishadi, – deb javob berdi.
Shayx Abdulfattoh:
– Unda bu ilm sanadlarini qaysi olimdan olgansiz, ya'ni qaysi ulamodan o'rgangansiz?
Shayx Abdulfattoh:
– Hadis ilmi hadis ahlidan o'rganilmas ekan, kitobdan ilm olgan inson muhaddis hisoblanmaydi! – dedi va yana davom etdi:
- Siz nahv va sarf (arab tili grammatikasi) va boshqa ilmlarda ham olimmisiz, deb so'radi va u erdagilarga "Sahihul Buxoriy"ni keltirishlarini aytdi. "Sahihul Buxoriy" kitobi keltirildi.
Shayx Abu G'udda kitobning G'azot bo'limini ochib, uni shayx Alboniyga uzatdi va:
– Bizga mana shu hadisni o'qib bering, – dedi.
Shayx Alboniy hadisni o'qiy boshladi. Hadisdagi "irba'uu" kalimasiga etganida esa fatha bilan "arba'uu", deya o'qidi.
Ushbu kalima fatha bilan "arba'uu" deb o'qilsa "to'rt oyoqlab yuring", degan ma'noni ifodalaydi. Agar kasra bilan "irba'uu", deyilsa, unda "to'rt kishi bo'lib yuringlar", degan ma'noni anglatadi. (mazkur hadisda esa muloyim bo'linglar, degan ma'noda keltirilgan).
Shunda shayx Abu G'udda:
– Bo'ldi, sizning ilmingiz darajasiga "to'rt oyoqlab yurish"ingiz kifoya, ilmda mohir emasligingizga mana shu etadi, – dedi.
So'ngra:
– Ey "to'rt oyoqlab yuruvchi", borib avval lug'at ilmini o'rganing, so'ngra esa hadis ilmi bilan shug'ullanasiz, – dedi.
Ammo Saudlar oilasi hadis ilmida ilmsizliklari bois, shayx Alboniyni Islomiy universitetda bir muddat hadis ilmi bo'yicha mudarris qilib tayinlashdi.
O'sha mudarrislik muddatida Alboniy shogirdlarga bunday degan edi:
– Agar qo'limdan kelganida edi, Madina masjididan Rasulullohning qabrini chiqarib tashlab, masjidning yashil qubbasini buzib tashlagan bo'lar edim.
Uning shogirdlaridan biri bo'lmish Juhaymon (Utaybiy) esa 1400 hijriy yil boshida (1979 yil 20 noyabr) bomdod vaqtida haramga qurol-aslahali qo'shin bilan kirib Ka'batullohni egallab oldi. Haramning eshiklarini yopib olib, yaqinlaridan birini “imom Mahdiy” deya e'lon qildi. Ka'bani to'plardan o'qqa tutdi. Hoji va umrachilardan 1400 ga yaqin halok bo'ldi yoki jarohatlandi.
Juhaymon bu ishlarida Alboniydan olgan darslariga asoslangan edi.
Ushbu fitnali ishlaridan so'ng Alboniyni Saudiyadan chiqarib yuborishdi. Ba'zi odamlar esa bu insonga aldanib qolishgan va hanuz aldanishmoqda. Ko'plab olimlar, xususan shayx Abdulfattoh Abu G'udda, shayx Abdulloh Sirojiddin Halabiy bu haqda so'zlashgan.
Bu inson haqida shayx, muhaddis Muhammad Avvoma:
– Alboniy Islom ummatini parchalab tashladi, – degan edi.
Mustaqilligimizning 35 yillik ayyomi hamda yangi o‘quv yili munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli xayriya tadbirlari o‘tkazildi.
Mazkur xayrli tashabbus asosida Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 2 161 ta masjid xodimlari ishtirokida 11 144 nafar kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga maktab formalari va o‘quv qurollari beg‘araz hadya qilindi.
Ushbu aksiya doirasida ajratilgan ko‘makning umumiy miqdori 4 milliard 929 million 995 ming so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, joriy yilda «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan ham 1500 nafar yetim va chin yetim bolalarga bayram sovg‘alari hamda maktab formalari va o‘quv qurollari hadya qilindi. Xususan, Farg‘ona viloyatida 302 nafar, Samarqand viloyatida 243 nafar va Qashqadaryo viloyatida 215 nafar boquvchisini yo‘qotgan o‘quvchilarga yordamlar ko‘rsatildi.
Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh avlodning sifatli ta’lim olishiga ko‘maklashish, ularni yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash hamda qalblarida bayram quvonchi ulashishdir.
Istiqlol bayrami arafasida amalga oshirilayotgan bunday xayriya tadbirlari yurtimizda inson qadri, bolalar manfaatlari va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganining amaliy namunasi, deyish mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati