Marhum qoldirgan mol uning dafniga sarflanib, qarz va vasiyatlari o'talganidan so'ng, qolgani Qur'oni karim, sunnat va ummatning ijmosiga binoan merosxo'rlarga quyidagi tartibda taqsimlanadi:
1. Farz egalari. Merosga eng birinchi haqdor kishilar “farz egalari”, deyiladi. Mayyitdan qolgan molning ularga qancha tegishi aniq belgilab qo'yilgan.
2. Asabalarga. Asabalar farz egalari bo'lmaganda, tarikaning barchasini, farz egalari bo'lganda, ulardan ortganini oladigan vorislardir.
3. Valo egasi. Ya'ni marhumni qullikdan ozod qilgan shaxs. Hadisda: “Valo (ozod bo'lganning mavloga tegadigan merosi) ozod qiluvchiga tegadi”, deyilgan.
4. Zavul-arhom. Marhumning qizining farzandlari, onasining otasi, amma, tog'a, xolalar “zavul-arhom” deyiladi.
5. Mavlal-muvalot. Nasabi noma'lum kishi nasabi ma'lum kishi bilan birodarlashib: “O'lsam, merosxo'rim bo'lasan, jinoyat qilsam, xunini to'laysan”, deydi va nasabi ma'lum kishi qabul qildim desa, o'rtada birodarlik sobit bo'ladi.
6. Marhum: “Mening nasabimdan”, deb iqror bo'lgan shaxs. Marhum tirikligida hech kim nasl-nasabini bilmaydigan kishini “mening akam” yoki “ukam” deb bu iqroridan o'lgunicha qaytmasa va nasabi noma'lum shaxs esa uning gapini tasdiq ham, inkor ham qilmasa, merosxo'r bo'ladi. Ya'ni yuqoridagi merosxo'rlardan hech kim bo'lmasa, marhumning moli mana shu kishiga beriladi.
7. Mayyit hamma molini vasiyat qilgan kishi. Ma'lumki, vasiyat hamma molning uchdan birdan ortmasligi kerak. Agar kimgadir molining hammasini vasiyat qilgan bo'lsa va shu ergacha sanalgan merosxo'rlar sinfidan hech kim bo'lmasa, u holda qolgan meros o'sha kishiga beriladi.
8. Baytul-mol. Marhumning birorta merosxo'ri bo'lmasa, uning moli umummusulmonlar manfaati uchun u erga beriladi.
Tartib bo'yicha avval kelganlaridan hech narsa qolmasa, keyingilari hech narsa olmaydilar.
Alloh taolo marhamat qiladi: “Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada erkaklarning nasibasi bor. Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada ayollarning ham nasibasi bor. U oz bo'lsin, ko'p bo'lsin – farz qilingan nasibadir” (Niso surasi, 7-oyat).
Erkak merosxo'rlar: 1. O'g'il. 2. O'g'ilning o'g'li (qancha pastlasa ham, ya'ni o'g'il o'g'lining o'g'li va h.). 3. Ota. 4. Otaning otasi (qancha yuqorilasa ham, ota otasining otasi va h.). 5. Tug'ishgan aka-uka. 6. Ota bir aka-uka. 7. Ona bir aka-uka 8. Tug'ishgan aka-ukaning o'g'li. 9. Ota bir aka-ukaning o'g'li. 10. Tug'ishgan amaki. 11. Ota bir amaki. 12. Tug'ishgan amakining o'g'li. 13. Ota bir amakining o'g'li. 14. Er. 15. Qulni ozod qilgan xoja.
Ayol merosxo'rlar: 1. Qiz. 2. O'g'ilning qizi (qancha pastlasa ham, ya'ni, o'g'il o'g'lining qizi va h.). 3. Ona. 4. Onaning onasi (qancha yuqorilasa ham, ya'ni ona onasining onasi va h.). 5. Otaning onasi (qancha yuqorilasa ham, ya'ni ota, otasining onasi va h.). 6. Tug'ishgan opa-singil. 7. Ota bir opa-singil. 8. Ona bir opa-singil. 9. Hotin. 10. Qulni ozod qilgan ayol beka.
Saidjamol MASAYITOV,
Fatvo markazi bosh mutaxassisi
Mir Arab oliy madrasasi hamda Qozog‘istonning Olmaota shahrida joylashgan Nur-Muborak universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat ikki diniy oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan:
Tashrif doirasida Nur-Muborak universiteti rektori Doktor Muhammad Vardani hamda universitet mas’ul xodimlari bilan rasmiy uchrashuv va samimiy suhbat tashkil etildi.
Muloqot chog‘ida ta’lim sohasidagi istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, tomonlar o‘rtasida tashkil etiladigan turli xalqaro musobaqalar, tanlovlar va olimpiadalarda talabalarning faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Ushbu kelishuv kelgusida ikki nufuzli ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stona va ilmiy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Manba: https://t.me/Mirarabuz/45875
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati