Nabiy sollallohu alayhi vasallam qizlarining bittasidan rivoyat qilinadi:
U zot qizlariga tong otganida:
سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ لاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللهِ مَا شَاءَ اللهُ كَانَ وَمَا لَمْ يَشَأْ لَمْ يَكُنْ، أَعْلَمُ أَنَّ اللهَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ وَأَنَّ اللهَ أَحَاطَ بِكُلِّ شَيْءٍ عِلْمًا
«Subhanallohi va bihamdihi, laa quvvata illa billahi masha`allohu kana va ma lam yasha` lam yakun. A'lamu annalloha 'ala kulli shay`in qodiyr. Va annalloha qod ahato bikulli shay`in 'ilma», deb aytishni o'rgatar edilar. Chunki bu kalimalarni tong otganida aytgan kishi kech kirgunicha muhofaza qilinadi. Kech kirganida aytsa, tong otgunicha muhofaza etiladi.
Ma'nosi: Allohga hamd aytish bilan Uni poklab yod etaman. Allohdan boshqada quvvat yo'q. Alloh xohlagan narsa bo'ladi. Hohlamagan narsa bo'lmaydi. Bilamanki, Alloh har bir narsaga qodirdir. Va, albatta, Alloh har bir narsani ilmi bilan ihota qilgandir.
Abu Dovud rivoyatlari.
Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan
رَبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا
O‘qilishi: Robbirhamhumaa kamaa Robbayaaniy sog‘iyro
Ma’nosi: "Robbim! Meni (ular) go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin!" (Isro surasi, 24-oyat).
رَبَّنَا اغْفِرْ لِي وَلِوَالِدَيَّ وَلِلْمُؤْمِنِينَ يَوْمَ يَقُومُ الْحِسَابُ
O‘qilishi: "Robbanag‘fir liy va li vaalidayya va lilmuminiyna yavma yaquumul hisaab".
Ma’nosi: "Robbimiz! Hisob-kitob qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mo‘minlarni mag‘firat qilgin!" (Ibrohim surasi, 41-oyat).
Davron NURMUHAMMAD