Navbatdagi “juma suhbati” ko'rsatuvining mehmoni O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mutaxassisi Otabek domla Mamadiyev
Ulamolarimiz: Qur'oni karimdagi eng umidbaxsh oyat Zumar surasining 53-oyatidir, deb ta'riflaganlar.
Alloh taoloni mag'firatli zot ekanligi va barcha narsalarni U Zotdan so'rashlik lozimligi, bandalarning qilgan ibodatlari faqat o'zi uchun asqotishligi haqida kelgan hadislar.
Musulmon inson Alloh taoloning rahmatidan umidvor bo'lishi bilan, u zotga bilib bilmay qilgan gunohlariga azobda qolishligidan qo'rqishi darkor, ya'ni banda xavf va rajoning o'rtasida bo'lishi lozimligi haqida.
Ulug'larimiz gunohlarga mubtalo bo'lgan kishilarni gunohlardan tiyilishlariga yordam beruvchi nasihatlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan turli sohalar vakillari faxriy unvonlar, ordenlar va medallar bilan mukofotlandilar.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Kamilov Muzaffar Muratovich "Do‘stlik" ordeni bilan, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Abduxalikov Firdavs Fridunovich «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan, mazkur akademiyaning "Arab tili va adabiyoti al-Azhar" kafedrasi professori Islomov Zohidjon Mahmudovich «Imom Buxoriy» ordeni bilan va akademiya huzuridagi "Ziyo" media markazi direktori Muxtarov Abduxamid Abduaxatovich "Shuhrat" medali bilan taqdirlandilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi doimiy hamkor tashkilotlarimiz rahbarlari va ustozlarni mazkur yuksak mukofotlar bilan muborakbod etib, Alloh taolodan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va muborak dinimiz rivoji yo‘lidagi faoliyatlarida yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati