Jagannat universiteti (JU) davlat boshqaruvi kafedrasi assistenti Ritu Kundu 29 yil davomida qiyosiy din bo'yicha olib borilgan tadqiqotlardan so'ng Islomni qabul qildi.
U facebook ijtimoiy tarmog'iga o'z videosini yukladi va Islomni qabul qilgani haqida ma'lumot berdi.
«29 yildan so'ng men Qur'oni Karimning bangalcha tarjimasini o'rganmoqdaman. Bundan tashqari, Hadis ham o'qidim. Allohning xohishi bilan Islomni qabul qildim» deydi Ritu Kundu. — Bilasizmi, bu haqda hech qachon orzu qilmaganman. Bu ko'pchilik uchun aql bovar qilmaydigan bo'lib tuyulishi ham mumkin. Namoz o'qishim kerakligini angladim. Oilam va do'stlarimning qarshiliklariga qaramay, men Islomni qabul qilishga qarorim qat'iy ekanligini ularga aytdim. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamni sevib qoldim. Nima uchun u bizga ajoyib maslahat va ko'rsatma berganini tushundim va Allohga taslim bo'ldim.
Ritu Kundu Nilphamari nomli o'rta maktabni tamomlab, kollejda o'qishni davom ettiradi. Keyinchalik Dakka universitetining ijtimoiy fanlar fakul'teti davlat boshqaruvi bo'limida bakalavriat va aspiranturani tugatadi.
2013 yilda u Rangpur shahridagi Begum Rokeya universiteti davlat boshqaruvi bo'limida o'qituvchi bo'lib ishlaydi.
2017 yildan beri Jagannat universiteti davlat boshqaruvi bo'limida dars berib kelmoqda.
Hurshid Ma'ruf
tayyorladi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida “Qur’on tinchlikka buyuradi” shiori ostida “Zakovat” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.
Bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — diniy soha xodimlarining ilmiy-ma’rifiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ular o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada oshirishdan iborat.
Musobaqada shahar va tumanlardan jamlangan jamoalar Qur’oni karim, hadisi shariflar, islom tarixi, milliy qadriyatlar va mamlakatimiz qonunchiligiga oid savollar bo‘yicha o‘z bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — “Tafakkur” jamoasi
2-o‘rin — “Ittifoq” jamoasi
3-o‘rin — “Hikmat” jamoasi
G‘oliblar O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sirdaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati