Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Noyabr, 2026   |   18 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:02
Quyosh
07:21
Peshin
12:16
Asr
15:14
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
28 Noyabr, 2026, 18 Jumadul soni, 1448

Dabdaba deb qarzga botish jabr-ku!

09.11.2023   3061   2 min.
Dabdaba deb qarzga botish jabr-ku!

Oila a'zolarimiz bilan ancha yildan buyon “Hidoyat” jurnalining har bir sonini intiqlik bilan kutib, katta qiziqish bilan o'qib boramiz. Unda chop etilgan maqolalarni oila davrasida mulohaza qilamiz.

Jurnalning 2023 yil 5-sonida to'ylarimiz haqida: “Jonini bersa beradi, lekin...” degan dolzarb va ajoyib maqola chop etilibdi. Maqolani o'qib, ba'zi fikrlarim bilan o'rtoqlashishni lozim topdim.

Hozirgi kunda to'ylarimiz kimo'zarga bo'layotgani hech kimga sir emas. Imkoni borni-ku, tushunsa bo'lar, ammo topish-tutishi o'rtamiyona yoki nochorroq oilalar ham imkoni bo'lsa-bo'lmasa qarzga botib, dabdabali to'y o'tkazayotganiga nima deysiz? Buning oqibatida og'ir ahvolga tushib qolayotganlar ham kam emas. Nahot to'ylarimizni qisqartirishning iloji bo'lmasa? Buning imkoni bor. Faqat o'zimiz xohlasak bo'lgani.

Yaqinda to'y qilib, ikki farzandimni uylantirdim. Har ikkala quda tomon bilan unashtiruv marosimi (biz tomonlarda “non sindirish” deyiladi)dan oldin, to'yni ixcham, isrofgarchiliklarsiz o'tkazishimni niyat qilganimni aytdim. Qudalar ham rozi bo'lgach, non sindirib, to'y kunini belgiladik. To'ydan oldingi va keyingi barcha marosimlardan voz kechdik. To'y dasturxoni kamtarona bo'ldi.

To'yda qishlog'imizdagi “Qirovul” jome masjidi imom-xatibi Uchqun domla Saidahmedov halol-harom, savob-gunoh va yangi qurilayotgan ikki oilaning Vatanimiz va jamiyatimiz oldidagi burch va vazifalari haqida chiroyli ma'ruza qildi. Hudoga shukr, to'yimiz fayzli o'tdi, kelin-kuyovlar hozirda tinch-totuv yashashmoqda.

Bu bilan hargiz maqtanish niyatim yo'q. Maqsadim – to'ylarimizni ixcham, dabdabalarsiz, isrofgarchiliklarsiz o'tkazish davri allaqachon kelganini bildirish xolos. Keling, hurmatli vatandoshlar, dabdabali to'y qilaman deb qarzga botib, o'zimizga, farzandlarimizga ham jabr qilmaylik.

Zero, Alloh taolo Qur'oni karimda bunday marhamat qiladi: “Kimki yaxshilik qilsa, bas, o'zi uchundir. Kimki yomonlik qilsa, bas, o'z zararigadir” (Josiya surasi, 15-oyat).

G'ulomiddin DUVLAYeV,
Kattaqo'rg'on tumani

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jumadan jumagacha 27-11-2026 yil

28.11.2026   1461   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Videolavhalar