Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Noyabr, 2026   |   17 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:01
Quyosh
07:20
Peshin
12:16
Asr
15:15
Shom
16:59
Xufton
18:16
Bismillah
27 Noyabr, 2026, 17 Jumadul soni, 1448

Hayo doimo yaxshilik keltiradi

09.11.2023   1844   1 min.
Hayo doimo yaxshilik keltiradi

Fotima raziyallohu anho vafotlaridan oldin bemor bo'lib yotib qoldilar. U kishini ziyorat qilish uchun Asmo bint Umays raziyallohu anho keldilar. Fotima raziyallohu anho: Ertaga vafot etsam tobutimni ko'tarib chiqqanlarida badanim ko'rinib qolishidan hijolat bo'lyapman, dedilar. Chunki, o'sha paytdagi tobutlar bir tekis taxtadan iborat bo'lib, ustiga qo'yilgan mayyit garchi kafanlangan bo'lsada, tanasining shakli bilinib turar edi. Shunda Asmo raziyallohu anho: Men sizga Habashistonda ko'rganimdek tobut yasattirib beraymi?-dedilar va to'rt tomonidan o'ralgan, huddi katta qutigan o'xshagan tobut yasattirib berdilar. Buni ko'rib Fotima raziyallohu anho: Meni avratimni yashirganing uchun Alloh taolo seni aybingni yashirsin, ey Asmo!-deb duo qildilar.

Subhanalloh! Mayyit holatida, besh qavat kafanga o'rangan holatida ham hayo qilgan Fotima onamizdan Alloh rozi bo'lsin. Aslini olganda, kafanni ichida ko'rinmasliklari ham aniq edi, qolaversa, tobutni kimlar ko'taradiyu, ularning qay biri mayyitga nazar solishga jur'at etadi. Bu holatning o'zi aslida fitnaga sabab bo'ladigan vaziyat ham emas, aslida. Lekin, Fotima raziyallohu anhoning mana shu o'rinda ham, ya'ni mayyitaga aylangan hollarida ham nomahramlarning nazaridan saqlanishga urinishlari, u zotning o'ta hayoli bo'lganlaridan dalolat qiladi.

Shuning uchun ham Alloh taolo Payg'ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga Jabroil alayhissalom orqali buyuk bashorat yubordi. Unda aytilishicha: Ey Muhammad! Fotimaga ayting, Alloh taolo uni jannat ahlining sayyidasi deb nomladi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati Malayziyada keng targ‘ib qilinmoqda

27.11.2026   6936   1 min.
O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati Malayziyada keng targ‘ib qilinmoqda

O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasida mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot hamda O‘zbekiston va Malayziya turoperatorlarining B2B formatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Tadbirda Butunjahon sufiylar markazi bosh kotibi shayx Abdul Karim Hadayd, “BUMITRA” sayyohlik kompaniyalari assotsiatsiyasi rahbariyati va mahalliy turoperatorlar ishtirok etdi.

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev ziyorat turizmi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida so‘zlab berdi. U musulmon davlatlari, jumladan, Malayziyadan keladigan ziyoratchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasi va Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratdi.

Ishtirokchilar ikki mamlakat o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik rivojlanib borayotgani va sayyohlar oqimi oshib borayotganini ta’kidladilar. Chet ellik sayyohlarni jalb qilish uchun Malayziya fuqarolariga vizasiz rejim amal qilmoqda, “Uzbekistan Airways” va “Batik Air Malaysia” aviakompaniyalari Toshkent va Kuala-Lumpur o‘rtasida haftasiga yetti marotaba to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni amalga oshirmoqda.

Ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida o‘tkazilgan B2B uchrashuvlar doirasida O‘zbekistonga sayyohlar oqimini oshirish maqsadida Malayziyada “ziyorat turizmi”, “madaniy turizm” va “qishki turizm” turpaketlarini keng sotish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari